Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet25/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

1949-yil oxirida GFR iqtisodi urushdan oldingi dara­jaga yetdi. 50-yillar birinchi yarmida sanoat mahsulot­larining yillik o’sishi 12,3 foizga ko’tarildi, 1960-yilga kelib sanoat ishlab chiqarish hajmi urushdan oldingi darajadan 2,5 marta oshib, tayyor mahsulot eksportining qiyosiy hajmi borasida Fransiyadan o’tib ketdi va Angliyaga tenglashdi. G’arbiy Germaniya sanoati yangi texnologiya asosida rivojlana bordi, uning barcha strukturalari qayta tuzildi, neft-kimyo, elektronika, sun’iy tola ishlab chiqaqsh kabi yangi tarmoqlar tashkil etildi. Ayniqsa, mashinasozlik, elektroenergetika, kimyo va po’lat quyish sanoati tez sur’atlarda rivojlana boshladi. Nisbatan qoloq rayonlar rivojlanishi va sanoatlashtirish jarayoni kuchaydi. Koreyadagi urush (1950-1953-yillar) tufayli Germaniya sanoatida ular uchun maqbul iqtisodiy sharoit yuzaga kelgan edi. Yuzaga kelgan yetishmovchi­lik tufayli jahon bozorida g’arbiy germaniyaliklarning mahsulotlari to’lib ketdi. Bunday vaziyat sanoatchilarga yangi buyurtmalarni keltirdi va yangi bozorlarni egallash muammosini yengillashtirdi. G’arbiy Germaniya iqtisodining jadal rivojlanishida davlat boshqaruvining o’z variantini yaratishi katta ahamiyat kasb etdi. Mazkur dasturda tadbirkor­ning shaxsiy tashabbusi va davlat boshqaruvi elementla­riga ega erkin raqobatchilik uyg’unlashuvi ko’zda tutilgan edi. Qisman davlat boshqaruvi aralashuvidan asosiy maqsad - narx-navo tizimining me’yorida bo’lishini qo’llab-quvvatlash, ayrim monopoliyalar suiiste’moliga yo’l qo’ymaslik, soliq olish, ijtimoiy xarajatlarga va iqti­sodiyotning ilg’or tarmoqlari rivoji uchun kreditlar hamda byudjetdan ajratilgan mablag’lardan foydalanish bo’lgan. 50-yillarda "ijtimoiy yo’naltirilgan bozor xo’jaligi" doktrinasi G’arbiy Germaniya iqtisodini rivojlantirish manfaatlariga nisbatan to’liq mos keldi. Muhimi, erkin kapital, ichki va tashqi bozor hajrnining mavjudligi, arzon ish kuchi massasi va davlat boshqaruvining cheklanganligi G’arbiy Germaniya iqtisodining muvaf­faqiyatli rivojlanishini ta’minladi.Umumiy iqtisodiy ko’tarilish qishloq xo’jalik holati va strukturasiga chuqur ta’sir ko’rsatdi. Uning asosiy xususiyati ishlab chiqarish sanoat uslublarini keng tatbiq etish edi. Shu asosda agrosanoat kompleksi tashkil etil­di. Qishloq xo’jalik mahsulotlarining o’sishi mamlakatni o’zlari ishlab chiqarayotgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’liq ta’minlash imkonini berdi. 50-yillar o’rtalariga kelib esa Germaniyada oziq-­ovqat muammosi hal etilgan edi. Bundan tashqari, 50­-yillar oxirida GFR eksportga oziq-ovqat mahsulotlarini olib chiqa boshladi. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining yuksalishi "ijti­moiy yo’naltirilgan bozor xo’jaligi" dasturiga kiritildi. Oziq-ovqat mahsulotlarini arzonlashtirish arzon ish kuchini berdi va G’arbiy Germaniya sanoatining raqo­batbardoshligini kuchaytirdi. Eksportning doimiy ravishda importga nisbatan kuchayishi GFR hukumatiga qimmatli valyuta jamg’arish imkoniyatini berdi va bu borada u jahonda AQSHdan so’ng ikkinchi o’ringa chiqib oldi. Nemis tovarlarining o’ta sifatli ekanligi tufayli tashqi iqtisodiy ekspansiya kengaydi.Kuchli iqtisodiy imkoniyat va mustahkam valyutaga suyangan holda G’arbiy Germaniya boshqaruvi rahbar­lari Yevropa integratsiyasi tashabbusi bilan chiqdi. GFR 1958-yil yanvaridan "Umumiy bozor" a’zosi bo’lib qoldi. Mamlakat industriyasi "Umumiy bozor" ishlab chiqarayotgan barcha mahsulotning 44 foizini berar edi. Yevropa integratsiyasidagi ishtiroki nemis industriyasi rivojlanishiga yana bir kuchli turtki berdi.Umumiy bozor tashkil etilganidan uch yil o’tgach, GFR unda yetakchi o’rinni egallab ulgurdi. Mamlakat industriyasi Yevropa iqtisodiy ittifoqi (YeII) mamlakatla­riga sanoat asbob-uskunalari, mashinasozlik mahsulotlari yetkazib bera boshladi va ulardan yengil sanoat mahsu­lotlarini import qilishga kirishdi. XDI/XSI bloki o’zini xalq partiyasi deb e’lon qildi. Moslashuvchan ijtimoiy siyosat tufayli mazkur partiya jamoatchilik va siyosiy oqimlar e’tiborini qozondi. Ko’pgina mayda partiyalar XDI safiga qo’shilib ketdi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor xo’jaligi" dasturi mehnatkashlarning moddiy ahvolini yaxshilashga qaratil­gan keng ijtimoiy tadbirlarni o’tkazishga mo’ljallangan edi. Yirik kapitalning misli ko’rilmagan darajada boyishi va muvaffaqiyatli konyuktura ushbu dasturni ta’minlash uchun moddiy imkoniyat yaratdi. 1950-yildan 1959-yil­gacha ishchilarning ish haqi ko’payib, ish haftasi qisqar­tirildi, yillik ta’til qonuniy mustahkamlandi. Narx-navo oshishiga mos ravishda qarilik nafaqasi va bolalar hamda ko’p bolali oilalarga beriladigan nafaqa oshib bordi. Tanqis mahsulotlarni ishlab chiqarish har ikki-uch yilda bir necha marta ko’paydi. Bu hol mamlakatda yuqori bozor ehtiyojini yuzaga keltirdi va mehnat unum­dorligi oshishini rag’batlantirib bordi. 1 949-yildan. 1954­-yilgacha ish samaradorligi elektrotexnika sanoatida – 45 foiz (AQSHda 13 foiz), kimyo sanoatida - 57 foiz (AQSHda 27 foiz), mashinasozlikda - 32 foiz (AQSHda 14 foiz) va avtomobilsozlikda - 2 baravar (AQSHda 12 foiz) oshdi. 50-yillarda ishchilarni boshqaruv tizimiga jalb etish va mulkdorlar sinfini kengaytirish maqsadida ularga korxonalarning arzon aksiyalarini - "xalq aksiyalari"ni sotishga to’g’ri keldi. 50-yillar davornida GFR ishlab chiqarish hajrni bo’yicha birin-ketin ko’pgina mamlakat­larni quvib o’ta boshladi, aholining turmush darajasi ancha ko’tarildi. Bular bari 1953, 1957 va 1961-yillarda­gi parlament Saylovlarida XDI/XSlning muvaffaqiyat qozonishiga hamda federal kansleri K.Adenauerning yanada obro’si oshishiga sabab bo’ldi. Xristian demokratlar GFRni nemis xalqining yago­na qonuniy vakili deb hisobladi va shu bois GDRni "bosib olingan sovet zonasi" deb yurita boshladi. 1955 ­yilda GFR hukumati "Xalshteyn doktrinasi"ni e’lon qildi. Unga ko’ra GDR bilan diplomatik aloqa o’rnatganhar qanday davlatga nisbatan GFR o’z diplomatik alo­qalarini to’xtatadigan bo’ldi. K. Adenauer SSSR bilan janjalga bormaslik uchun bu doktrinani faqat unga nis­batangina qo’llamaslikni lozim topdi. 1955-yili K Adenauer Moskvaga keldi va GFR-SSSR o’rtasida diplomatik hamda savdo aloqalari o’rnatildi. GFR tomonidan GDR mavjudligini doimiy ravishda nazar-­pisand qilmaslik va uning iqtisodini izdan chiqarishga intilishi sababli GDR hukumati 1961-yili "Berlin devori"ni qurdi. Bu devor to’siq tizimi shaharning shar­qiy qisrnini g’arbidan ajratib turardi. Shundan so’ng ular o’rtasidagi bordi-keldi alohida ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladigan bo’ldi. Monopoliya pozitsiyasini mustahkamlagan umumiy bozor" mehnatkashlarga kat­ta zarba berdi. Arzon xorijiy ish kuchining ko’plab jalb etilishi nemis ishchilari uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Boshlanib ketgan inflyatsiya barqaror iqtisodiy rivojlanishni to’xtatib qo’ydi. Mamlakatda ish tashlash boshlandi. Xristian demokratlarning ma’naviy obro’si tushib ketdi. Bir qator XDI/XSI rahbarlarining millatchilikka aloqador janjalli o’tmishi ochib tashlandi, shuningdek, uning yuqori doiradagi rahbarlari o’rtasidagi korrupsiya fosh etildi. Moliyaviy tovlamachilikka va siyosiy "o’yin"larga aralashib qolgan XSI yetakchisi F.Shtraus 1963-yili mudofaa ministrligi lozimidan iste’foga chiqishga majbur bo’ldi.
1961-yilgi bundestag Saylovlarida K. Adenauer siyosatiga nisbatan norozilik kuchayganligi namoyon bo’ldi. Uning partiyasi ko’pchilik mandatni boy berdi. 1963-yil oktyabrda 87 yoshli K. Adenauer iste’foga chiqdi. "Adenauer davri" tugadi."Ijtirnoiy yo’naltirilgan bozor xo’jaligi" konsepsiyasi umumiy bozor sharoitida samarasiz bo’lib chiqdi. Tashqi siyosat umumxalq muhokamasini keltirib chiqardi. Alamzada va rnillatchilarning tor doirasidan boshqa hech kim bu siyosatni yoqlab chiqmadi. 1966-yil kuzida XDI/XSI va Ozod demokratik partiya (ODP) koalit­siyasi parchalanib, ODP hukumat tarkibidan chiqib ketdi. 1969-yilgi Saylovlarda GSDP va ODP muvaffaqiyat qozondi hamda koalitsion hukumat tuzishga erishdi. GFR tashkil etilgandan 20-yil o’tib, ilk bor sotsial-­demokratlar vakili, fashizmga qarshi kurash harakatining faol arboblaridan biri Villi Brandt mamlakat federal kanslerligiga saylandi. U ichki va tashqi siyosatda chuqur islohotlarni boshlab yubordi.Villi Brandt – 1913 yil tug’ilgan.Asl ismi Gerbert Karl From. GSDP raisi (1964-1987). GFRning federal kansleri (1969-74). Uning davrida GFRning SSSR, PXR, GDR bilan iqt. Aloqalari o’rnatildi. GFR BMTga qabul qilindi.
Ish haqi va nafaqa oshirildi, korxonalarda tadbirkor­lar o’zboshimchaligini cheklovchi ishlab chiqarish ken­gashlari tuzildi, kvartira to’lovlarining ma’lum chegarasi belgilandi. Kommunistik partiyaning legal faoliyati tik­landi. Tashqi siyosatda ham tub o’zgarishlar ro’y berdi. "Yangi sharqiy siyosat"ni ishlab chiqish V.Brandt nomi bilan bog’liq. U gitlerchilar agressiyasidan zarar ko’rgan Sharqiy Yevropa mamlakatlari, avvalo, Polsha, Chexoslovakiya va SSSR bilan munosabatlarini yaxshi­lash lozim, deb hisobladi. 1970-yili SSSR bilan shartno­ma imzolandi va, unga ko’ra, GFR mavjud chegaralarni buzmaslik majburiyatini oldi. Xuddi shunday shartno­malar Polsha va Chexoslovakiya bilan ham imzolandi. GFR va GDR o’rtasidagi munosabatlar to’g’risidagi Shartnomada har ikki nemis davlati bir-birining mus­taqilligi va yaxlitligini tan olish hamda hurmat qilish majburiyati ko’rsatilgan edi. Shartnomalar tizimi Yevropada yangi siyosiy muhit yaratdi va G’arb hamda Sharq o’rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga ko’maklashdi. Jahon siyosatida kutilgan barqarorlik Y.Brandtning "yangi sharq siyosati" bilan chuqurlashib ketdi. Mamlakat ichida bu siyosat g’arbiy germaniyalik o’ch oluvchilar va millatchilarga qattiq zarba berdi. XDI/XSI bloki-bundestagdagi shartnomalar ratifIkatsiyasini chippakka chiqarishga urindi, biroq muvaf­faqiyatsizlikka uchradi. Shartnomalar kuchga kirdi, "yangi sharq siyosati" ko’pchilik aholi tomonidan qo’llab-quv­vatlandi. Bu GFR tarixidagi yangi burilish bo’ldi. Mamlakat dunyo bilan sivilizatsiya asosida rivojlanish yo’liga kirdi. 1972-yilgi Saylovlarda Y.Brandt hukumati xalq ishonchini qozondi. 1974- yil may oyida hukumat sot­sial-demokrat Gelmut Shmidt (1918-yilda tug’ilgan) boshqaruviga o’tdi, vitse-kansler va tashqi ishlar ministri etib ODP rahbari Xans Ditrix Gensher saylandi. Hukumat almashuvi GFR siyosatida jiddiy o’zgarishlarga olib kel­madi. V. Brandt GSDP raisi sifatida qoldi. Ayni paytda 1980-yilning ikkinchi yarmidan iqtisodiy sur’at pasayishi boshlanib, 1981-1982-yillarda bu hol iqtisodiy tanglikni keltirib chiqardi. Ishsizlar soni har qachongidan ham ko’payib, 2,5 million kishiga yetdi. Inflyatsiya aholi xarid quvvatining pasayishiga olib keldi. Bu, 1982-yil kuzida boshqaruv koalitsiyasining parcha­lanishini keltirib chiqardi. ODP XDI/XSI bilan bitta blokka kirdi. G.Shmidt bundestagda ko’pchilik tomonidan qo’llab-quvvatlanmadi va iste’foga chiqishga
majbur bo’ldi. XDIning yangi rahbari Gelmut Kol federal kansler lavozimiga ko’tarildi. XDI o’zi uchun kerakli xulosalarni chiqardi. Ger­maniya muammosini kuch bilan hal etish usuli tanaz­zulga uchradi va partiyalar qadriyatlarni qaytadan baholashga tushdi. 1982-yili G.Kol tomonidan boshqari­layotgan va "yangi neokon­servatizm" deb nom olgan siyosiy oqim kuchaydi. Uning mohiyati jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotidagi davlat rolini mustahkamlash hamda ken­gaytirishni talab qilishdan iborat edi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish