Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet23/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

Jak Shirak - (1932 yil tug’ilgan. Fransiya primer ministri ( 1974-1976, 1986-1988 yillar) va prezidenti.(1995-1997). Iqtisodni ko’tarish bo’yicha ommaviy bo’lmagan choralar qabul qildi va bu ishsizlar sonining oshishiga hamda birinchi holda zarur tovarlar narxining oshishiga olib keldi. 1997-yili J. Shirak kutilmaganda muddatidan oldin parlament Saylovlari o’tkazilishini e’lon qildi. Uning fikricha, bunday qadam yagona Yevropa valyutasi tizi­miga qo’shilish uchun barcha zarur choralarni ko’ra oladigan shunday parlamentni saylashga erishish boy berilmas siyosiy harakatdir. J.Shirak ayni parlament Fransiyaning barcha ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini hal etadi, uning Yevropa mintaqasida gegemon bo’lishi­ga ko’maklashadi va jahon siyosatiga ko’rsatadigan ta’sirini kuchaytiradi, deb hisoblar edi. Biroq J.Shirak yengildi. 1997 -yil may oyidagi saylovda sotsialistlar kommunistlar bilan birga parlamentda ko’pchilik ovozga ega bo’ldi. Sotsialistlar yetakchisi Lionel Jaspen prem­yer-ministr bo’ldi. J.Shirak unga bo’ysunuvchi emas, aksincha muxolifat parlamentga ega bo’ldi. 2002-yilgi saylovda sotsialistlar mag’lubiyatga uchradilar va Milliy majlisda ko’pchilik gollistlar qo’liga o’tdi. Shu yili J. Shirak ikkinchi marta prezident bo’lib saylandi.


11-§. GFR: URUSHDAN KEYINGI TIKLANISH
Qrim va Potsdam konferen­siyasiga muvofiq mamlakat okkupatsiya zonalariga bo’lindi. Har bir zonada ma’muriyatni okkupatsiya qo’shinlari bosh qo’mondoni boshqarardi. Butun Germaniyaga tegishli masalalar esa 4 bosh qo’mondondan iborat Nazorat kengashining yakdil ovoz berish tamoyili asosida hal etilar edi. . Mamlakat hududi va aholisining 1/3 qismi (sharqiy qismi) SSSR okkupatsiya qilgan zonada, 2/3 qismi esa AQSH, Angliya va Fransiya tomonidan okkupatsiya qilingan zonada qoldi. Germaniyaning g’arbiy qismi Mamlakat­ning aholisi zich va sanoati rivojlangan qismi edi. Germaniya iqtisodi qayta tashkil etila boshlandi, faqat ittifoqchilar yetkazib bergan oziq-ovqat mahsulot­larigina nemislarni ochlikdan saqlab qoldi. Yonilg’i yetishrnas, elektrostansiyalar umuman ishlamas edi. O’n minglab odarnlar uy-joyidan ayrildi. Lagerlar va qamoqxonalarda ezilgan antifashistlar uylariga kela boshladi. Emigratsiyadagilar ham Germaniyani qayta tiklash va yangi demokratik davlat tashkil etishda faol qat­nashish uchun vatanlariga qaytishdi.1945-yil 11-iyunda Kom­munistik partiya (GKP) yagona tinch va demokratik Germaniyani tiklash bora­sidagi maqsad hamda vazi­falari manifestini e’lon qildi, 1946-yil bahorida esa o’z tuzilmasini tikladi. Bir yildan so’ng ushbu par­tiyaning a’zosi 324 ming kishiga yetdi. Bu butun Germaniyadagi boshqa barcha partiyalar a’zolari soniga teng edi. Ular mahalliy boshqaruv organlari ishida faol ishtirok etib, kasaba uyushmalarida mustahkam o’rin egalladi. Ayni paytda Germaniya sotsial-demokratlar partiyasi (GSDP) ham jadal sur’atlarda tiklana bordi. 1945-yil mayda Gannoverda "Shumaxer byurosi" yuzaga keldi. Uni reyxstagning sobiq deputati K.Shumaxer (1895­-1952) boshqarar edi. Byuro yangi dastur asosini yaratdi, unda energetika va tog’-kon sanoati tarmoqlari, yetakchi banklarni davlat ixtiyoriga o’tkazish, yirik yer egaligini cheklash, korxonalarda ishchi vakillarini kengaytirish masalalari ko’rib chiqilgandi. Shu bilan birga GSDP g’oyalariga va burjua parlament tizimi tamoyillariga sodiq qolishini bildirdi.
Yirik nemis burjuaziyasining eski partiyalari obro’sizlanib yetarli darajada ijtimoiy bazaga ega emas edi. Biroq, Katolik markazining roli kuchaydi. Uning asosida 1945-yilda yangi partiya tuzilib, Xristian demokratik ittifoqi (XDI) deb yuritila boshladi. Uning muassislari katolik ruhoniylari, sanoatchilar, bankirlar, ziyolilar, xizmatchilar edi. Xristian demokratlar antifashist tarafdori ekanliklarini e’tirof etib, yangi Germaniyada umumiy farovonlikka erishish, monopo­liyani bartaraf qilish, ishchilarga korxonalarni boshqarish imkoniyatini berishga va’da qildilar. Ularing dasturida bir qator sanoat tarmoqlarini "ijtimoiylashtirish" ko’zda tutilgan edi. Natijada ishchilar, ayniqsa, dindorlar tomonidan xristian-demokratlar qo’llab-quvvatlandi. Amerika okkupatsiya hukumatining talabi bilan partiya yetakchisi sifatida Kyolnning sobiq burgomistri Konrad fon Adenauer saylandi. Ayni yilda partiyaning Bavariya filiali - Xristian­ sotsial ittifoqi (XSI) ham tuzilib, u XDIga qaraganda ancha konservativ qarashga ega edi. G’arbiy zonada burjua partiyalari ichida ta’sir ko’rsa­tish darajasiga ko’ra ikkinchi o’ringa 1948-yilda tuzilgan Ozod demokratik partiya chiqib oldi. U xususiy mulkchi­lik va erkin raqobat tarafdori ekanligini ta’kidladi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish