1976-yil 25-aprelda Portugaliyada keyirlgi 50 yil davomida erkin demokratik saylovlar o’tkazildi. 1973yilda tashkil etilgan sotsialistik partiya eng ko ‘p ovoz oldi. Uning yetakchisi Mariu Soarish (1924-yilda tug’ilgan) hukumatni tuzish huquqiga ega bo’ldi. Biroq ushbu partiya parlamentda unchalik ko’p o’ringa ega emas va mavqei ham mustahkam emas edi. Bundan tashqari mamlakatda hukumat va sotsialistik partiya ahvolini yanada og’irlashtiruvchi iqtisodiy tanglik boshlandi. 1978-yili Mariu Soarish hukumati iste’fo berdi. Portugaliyada siyosiy beqarorlik davri boshlandl. Ikki yarim yil ichida hokimiyatda 5 marta hukumat o’zgardi. 1981-yildan o’ng markaziy koalitsiya hukumati mamlakatni boshqardi, 1983-1985-yillarda sotsialistlar va sotsial-demokratlar koalitsiyasidan iborat hukumat tuzildi. 1987 -yilgi parlament saylovlarida sotsialdemokratlar partiyasi g’alaba qozondi va unirlg kotibi Anibal Kavacho Silva(1939-yilda tug’ilgan) bos vazir etib saylandi. O’ng kuchlar parchalanib, mamlakat taraqqiyotida faol ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo’ldi. Qo’shin va zobitlar korpusi so’llarni qo’llab-quvvatladi. Agrar islohotlar natijasida yirik latifundistlar-yirik yer egalari o’z mavqeini yo’qotdi. Yirik kapital esa endigina paydo bo’lmoqda edi. Parlamentdagi bunday vaziyat va so’l kuchlar hukmronligi Portugaliya siyosiy hayotida turg’unlikni yuzaga keltirdi. Portugaliya chinnigul inqilobining o’tish davri so’l kuchlar foydasiga hal bo’ldi. 1987-yildan 1991-yilgacha sotsial-demokratlar partiyasi va mustaqil partiyalar vakillaridan iborat koalitsiya hukumatni boshqardi. 1991- yildan boshlab esa sotsial-demokratlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi va hukumat tepasiga sotsialistlar partiyasi hamda mustaqil partiyalar koalitsiyasi keldi. 1986-yilda Portugaliya YIL tarkibiga kirdi. YIL talablariga muvofiq 1989-yil 1-iyundan parlament bir qator qonunlar qabul qildi. Unga ko’ra ilgari davlat ixtiyoriga berilgan sanoat korxonalari xususiy mulkchilikka o’tkazildi, shuningdek, bozor iqtisodiga keng yo’l ochib beruvchi iqtisodiy qonunlarni liberallashtirdi. Mamlakatda iqtisodiy o’sish boshlandi. MetalIurgiya va elektrotexnika sanoati, mashinasozlik hamda neft kimyo tarmoqlari rivojlana bordi. .
Ayni paytda Portugaliyada inflyatsiya 9 foiz atrofida, aholining turmush darajasi esa Yevropada eng past ko’rsatkichni tashkil qilar edi. Mamlakatda 500 ming ishsiz (aholi mehnatga qobiliyatli qismining 11 foizi) mavjud bo’lib, ulardan atigi 14 foizi ishsizlik nafaqasini olgan. Aholining 15-16 foizi savodsiz edi. 1996-yil yanvardagi prezidentlik saylovlarida Lissabon merisotsialistik Xorxe Sampayo g’alaba qozondi. So’nggi portugal mustamlakasi tugatildi va Makao oroli Xitoyga o’tdi. 2002-yilda parlament saylovlarida SDP yetakchisi Xose Barosso boshchiligidagi sotsial-demokratlar va Xalq partiyasidan tashkil topgan o’ng markazchi hukumat hokimiyatga keldi.