Jahon tarixi 11 1-§. "Sovuq urush"ning boshlanishi



Download 0,91 Mb.
bet35/112
Sana02.04.2022
Hajmi0,91 Mb.
#524737
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112
Bog'liq
21 11-JAHON TARIXI

16-§. GDR 50-90- YILLARDA
Germaniya taslim bo’lgach, mamlakatning sharqiy vilo­yatlari - Saksomya, Tyuringiya, Meklenburg va Brandenburg (hududi - 108 ming kv. km va aholisi 17 million kishi) SSSR zabt etilgan zonaga o’tdi. Berlin ham ushbu zonada qoldi, ammo Potsdam konferensiyasi qaroriga ko’ra u 4 qismga bo’lindi, shundan uchtasi g’arb davlatlari nazoratida edi. 1945-yil iyun-iyul oxirida Sharqiy Germaniyada asosiy siyosiy partiyalar - Germaniya Kommunistik partiyasi (GKP), Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP), Xristian Demokratik Ittifoqi (XDI) va Germaniya liberal-demokratik partiyasi (GLDP) shakl­landi. GKP va GSDP 1946-yil aprelda Germaniya Sotsialistik Birlashgan partiyasi (GSBP) nomli yagona partiyaga birlashdi. Partiyaning asosiy maqsadi Germaniyada sotsializm qurish edi. Germaniyadagi Sovet harbiy ma’muriyatining (GSHM) buyrug’iga ko’ra nemis monopoliyalari, harbiy jino­yatchilar, fashist partiyalarining mulki ekspropriatsiya (mahrum) qilindi. Ushbu asosda davlat mulkining poy­devori yaratildi. Mahalliy boshqaruv organlari tuzilib, bunda GSBP asosiy rol o’ynadi. 1947-yil dekabrda Berlinda I Nemis xalqi kongressi bo’lib o’tdi va unda Germaniyani birlashtirish fikri ilgari surildi. II Nemis xalq kongressi 1948-yili harakatning ijroiya organi sifati­da Nemis xalq kengashini sayladi. 1949-yil may oyida III Nemis xalq kongressi konstitutsiya matnini ma’qul­ladi va bu urushdan keyingi Germaniya davlat quri­lishining asosi bo’lishi lozim edi. 1949-yil 7-oktyabrda Germaniya Demokratiya Respublikasi tashkil etilganligi e’lon qilindi. Deyarli barcha rahbarlik lozimlarini GSBP vakillari egalladi. Prezident etib Germaniyadagi inqilobiy harakat faxriysi - Vilgelm Pik saylandi: Otto Grotevol bosh vazir lozimini egalladi: Nemis xalq kengashi muvaqqat Xalq palatasi (parlament)ga aylanti­rildi va u mamlakat konstitutsiyasini qabul qildi. Konstitutsiya davlat hokimiyati sifatida proletariat dik­taturasini tasdiqladi. GDRda GSBPdan tashqari yana uchta partiya- XDI, Germaniya dehqonlar demokratik partiyasi (GDDP) va Milliy-demokratik partiya mavjud bo’lgan. 1950-yil iyulida GSBP III s’ezdida iqtisodiy rivojlanish besh yillik rejasi ma’qullandi. Besh yillik davomida 79 ta korxona va 100 ta yangi korxona tiklandi. Rostok, Vismar, Shtralzund va Varnemyundagi kemasozlik kor­xonalari, ikkita yirik metallurgiya kombinatlari shular jumlasidan. Bunday ulkan qurilish 20-30-yillarda SSSRda olib borilgan edi. Biroq ko’p o’tmay GDRda bunday ko’lamdagi qurilishlarni davom ettirish uchun mablag’ yo’qligi ma’lum bo’ldi. Natijada ijtimoiy maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’larni qisqartirish­ga to’g’ri keldi. GFRning iqtisodiy yutuqlari oldida GDR ahvoli inqirozli darajada edi. 1953-yil 16-17-iyunda ochiqdan-ochiq mavjud tuzumga qarshi namoyishga aylanib ketdi. Butun mam­lakat bo’ylab namoyish bo’lib o’tdi, ish to’xtab qoldi. Katta shaharlarda do’konlarga o’t qo’yildi va vayron qilindi. Namoyishchilarga qarshi qurol ishlatildi. Uch kundan so’ng g’alayon bostirildi va tartib o’rnatildi. Bu norozilik chiqishlari GFR ig’vogarlari tomonidan uyushtirilgan fashistlar fitnasi deb baholandi. Shunga qaramay GDR rahbariyati yon berishga majbur bo’ldi: keng xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish ko’paydi, narx-navo biroz pasaytirildi, SSSR esa bundan buyon reparatsiya to’lovlaridan voz kechdi. 50-yillar davomida sanoatni "sotsiallashtirish" tadbirlari olib borildi va nati­jada xususiy kapital tugatilib, korxonalar natsionalizat­siya qilindi. Qishloqlarni yoppasiga kollektivlashtirish boshlandi. 1960-yil tarixda "qishloqda sotsialistik bahor" deb nom oldi. Chunki shu yili erkin fermerlik tugatilib, uning o’rniga qishloq xo’jalik ishlab chiqarish kooperativlari paydo bo’lgan edi. Jami qishloq xo’jalik maydonlarining 84 foizi kooperativlar tomonidan qayta ishlandi. 1960-yildan 1983-yilgacha sanoat yalpi mahsuloti 9,5 baravar ko’paydi. Ayniqsa, ilmiy-­texnik taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega yangi sanoat tarmoqlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib ketdi. Ular hissasiga jami tovarlarning 10 foizi to’g’ri kelar edi. Sanoatda kompleks avtomatlashtirish keng quloch yoydi. GDR ishlab chiqarish hajmi bo’yicha jahondagi sanoati rivojlangan o’nta mamlakat qatoriga qo’shildi. Sanoat ishlab chiqarishi tez o’sishi bilan birga iqti­soddagi davlat sektori ham shunchalik jadallik bilan ken­gayib ketdi. 1972-yili sanoatni qayta tashkil etish nati­jasida yalpi sanoat ishlab chiqarishidagi davlat ulushi 83 dan 99 foizga o’sdi. Oqibatda butun sanoat miqdor ko’rsatkichiga ishlay boshladi. Korxonalarning ko’pgina qismi foyda bermas va ular keltirgan zarar boshqa kor­xonalar hisobiga qoplanar edi. Sanoat ishlab chiqarishi og’ir sanoat hisobiga tez (23 yil davomida ishlab chiqa­rish 4 baravar) o’sdi, iste’mol buyumlari ishlab chiqarish esa atigi 2,5 baravar ko’paydi. Ayni paytda qishloq xo’jalik o’ta darajada sust sur’at­lar bilan rivojlanar edi. 1971-yil mayida GSBPning birinchi kotibi etib Erix Xonekker saylandi. U mam­lakatdagi jqtisodiy ahvolni va aholining turmush dara­jasini yaxshilashga erishdi. Biroq, xalq demokrat­lashtirishni talab qilar edi. Mamlakatdan aholining ommaviy sur’atda qochishi boshlandi. 1970-1980-yillar oralig’ida GDR aholisi deyarli bir million kishiga kamayib ketdi. Ularning bari GFRga qochib o’tishgan edi.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish