1-§. German qabilalari va Rim imperiyasi
1. Milodning ilk asrlarida Osiyodagi qaysi xalqlarda mulkiy tabaqalanish kuchayib, Rim imperiyasiga bosqinlarini kuchaytirishgan?
A) xunn
B) vandal
C) qipchoq
D) qalmoq
2. Milodning ilk asrlarida Yevropadagi qaysi xalqlarda mulkiy tabaqalanish kuchayib, Rim imperiyasiga bosqinlarini kuchaytirishgan?
A) vandal
B) german
C) pecheng
D) drevlyan
3. Milodiy IV-VI asrlarda Yevropani qanday jarayon qamrab olgan?
A) “bosqinchilik urushlari” jarayoni
B) “xalqlarning buyuk ko'chishlari” jarayoni
C) “xristian dinining keng tarqalishi” jarayoni
D) “Rim imperiyasiga qarshi qo’zg’olonlar” jarayoni
4. Xalqlarning buyuk ko'chishlarini kim boshlab bergan?
A) xunn qabilalari
B) frank qabilalari
C) german qabilalari
D) slavyan qabilalari
5. Yevropada sodir bo’lgan xalqlarning buyuk ko'chishlarining sabablari nimalardan iborat?
1) aholining ko'payishi natijasida yerlarga talabning oshishi;
2) xristian dining tarqalishi;
3) germanlarda mulkiy tengsizlikning kuchayishi;
4) xunnlarning Sharqdan hujumlari;
5) dehqonchilikning yuksaka darajada taraqqiy etishi;
6) iqlimning sovishi.
A) 1,3,4
B) 1,2,3
C) 2,5,6
D) 1,4,6
6. Ilk o’rta asrlarda Yevropada milodiy qaysi asrdan boshlab iqlim soviy boshlagan?
A) II asrdan
B) I asrdan
C) III asrdan
D) IV asrdan
7. Quyidagi qaysi voqealar IV asrda sodir bo`lgan?
1) Vestgot qirolligining tashkil topishi;
2) Yevropada ekinzorlarning qo`riqqa, suv havzalariga yaqin yerlarning botqoqlikka aylanishi;
3) xunnlarning Sharqdan varvar qabilalariga hujum uyushtirishi;
4) german qabilalari xo`jaligida dehqonchilikning ahamiyati oshishi;
5) ikki dalali almashlab ekishning boshlanishi;
6) germanlarda mulkiy tengsizlikning kuchayishi.
A) 2,4,5
B) 1,5,6
C) 3,5,6
D) 2,3,5
8. Rim imperiyasining shimoliy chegaralari bo'ylab joylashgan varvar qabilalari milodiy asr boshlarida …
A) ilk davlat birlashmalarini endigina tuzgan edilar.
B) qo’shni qabilalarni bosib olishni boshladilar.
C) urug'chilik jamoasi darajasida yashar edilar.
D) yakkahukmronlik uchun urushlarni boshlab yubordilar.
9. Qadimgi german qabilalari qaysi javobda to’g’ri berilgan?
1) franklar; 2) vestgotlar; 3) ostgotlar; 4) chexlar; 5) burgundlar; 6) polyaklar; 7) vandal; 8) ruslar; 9) langobardlar; 10) xunnlar.
A) 1,2,4,7,8,9
B) 4,5,6,7,9,10
C) 1,2,3,5,7,9
D) 1,2,4,5,8,10
10. Quyidagilardan qaysilari germanlarning eng katta qabilalaridan bo`lgan?
1) franklar; 2) gotlar; 3) burgundlar; 4) vandal; 5) alleman; 6) langobard.
A) 1,2,4
B) 4,5,6
C) 1,2,5
D) 2,3,5
11. Qadimgi german qabilalari qaysi daryolar havzasida yashaganlar?
A) Po va Tibr
B) Tibr va Reyn
C) Reyn va Elba
D) Volga va Elba
12. German qabilalarining asosiy mashg’uloti nima bo’lgan?
A) chorvachilik
B) dehqonchilik
C) savdo-sotiq
D) baliqchilik
13. German qabilalarida milodiy asr boshlaridan aholi sonining ko'payishi …
A) xo’jalikda hunarmandchilikning ahamiyatini oshiradi.
B) xo’jalikda savdo-sotiqning ahamiyatini oshiradi.
C) xo'jalikda dehqonchilikning ahamiyatini oshiradi.
D) xo’jalikda chorvachilikning ahamiyatini yanada oshiradi.
14. Qaysi omil germanlarda keyinchalik mehnat unumdorligini va olinadigan hosilni oshirgan?
A) dehqonchilikda yangi ekinlarni yetishtirilsihi
B) omochdan temir plugga o'tilishi
C) omochdan keng samarali foydalanish
D) yangi ekin yerlarini ochilishi
15. Rimliklar madaniy taraqqiyotning ancha quyi pog’onasida turuvchi xalqlarni qanday ataganlar?
A) normannlar
B) varyaglar
C) varvarlar
D) finnlar
16. Qadimgi germanlar tarixi haqidagi boy ma'lumotlarni qaysi manbalarda uchratishimiz mumkin?
A) “Tarix”, “Qushlar bilan ov qilish” asarlarida
B) “Aleksandrning harbiy yurishlari” asarida va Vizantiya tarxchilari manbalarida
C) "Galliya urushi haqida xotiralar", "Germaniya" asarlarida
D) “Ziroatchilik qonunlari” va “Germaniya” asarlarida
17. Quyidagilarni moslashtiring.
1) Sezar; 2) Tatsit.
a) “Germaniya urushi haqida xotiralar”; b) “Ziroatchilik qonunlari”; c) “Tarix”; d) “Germaniya”; e) “Galliya”; f) “Galliya urushi haqida xotiralar”.
A) 1-a, 2-d
B) 1-b, 2-c
C) 1-f, 2-d
D) 1-a, 2-e
18. Qaysi omil german qabilalarini hosil miqdorini oshishi va ekinzorlarni tez-tez almashtirish zaruriyatidan xalos etgan?
A) ikki dalali almashlab ekishga o’tilishi
B) omochdan temir plugga o’tilishi
C) katta miqdorda yangi yerlarni o’zlashtirilishi
D) hunarmandchilikka o’tilishi
19. Germanlarda hunarmandchilikning qaysi sohalari taraqqiy etgan?
1) ishlab chiqarish; 2) degrezlik; 3) tog’-konchilik; 4) yog’ochsozlik; 5) kulolchilik; 6) temirchilik; 7) to`qimachilik; 8) zargarlik; 9) teri-ko`nchilik; 10) tikuvchilik.
A) 1,2,7,10
B) 3,4,5,8
C) 4,7,8,9
D) 2,3,6,10
20. Germanlar hunarmandchiligining yog`ochsozlik sohasida xususan qanday mahsulot yasash yuqori taraqqiy etgan?
A) uy yasash
B) qal`a qurish
C) qayiq
D) qurol yasash
21. German qabilalarida ichki savdoda eng muhim ashyo nima edi?
A) oziq-ovqat mahsulotlari
B) kiyim-kechaklar
C) teri mahsulotlari
D) temir buyumlar
22. Quyidagilarni moslashtiring.
1) German qabilalari tomonidan rimliklarga yetkazib berilgan mahsulotlar;
2) Rimliklar tomonidan german qabilalariga yetkazib berilgan mahsulotlar.
a) qullar, b) nafis gazlamalar; c) chorva mollari, d) teri; e) sopol idishlar; f) zeb-ziynat buyumlari; g) vino; j) tuz; i) qahrabo; k) ipak.
A) 1-b,e,f,g; 2- a,c,d,i
B) 1-a,b,c,d,e; 2-f,g,j,i,k
C) 1-a,c,d,i; 2-b,e,f,g
D) 1-f,g,j,i,k; 2- a,b,c,d,e
23. Germanlarning qaysi hududlarida rim puli ishlatilgan?
A) Rim imperiyasi bilan savdo qiladigan savdogarlar yashaydigan mahallalarda
B) Germanlarning Bretan orolida yashagan aholisi o’rtasida
C) Rim imperiyasi bilan chegara hududlarda
D) Rim impriyasiga qarashli bo’lgan Pireney yarim oroliga chegara hududlarda
24. Germanlar va rimliklar o`rtasidagi savdo qanday shaklda bo`lgan?
A) mol ayirboshlash
B) naqd pul ko`rinishida
C) chek usulida
D) chek usuli va naqd pul ko`rinishida
25. Germanlar jamoasi davlat vujudga kelgunga qadar qanday tuzumni boshdan kechirgan?
A) urug'chilik bosqichini
B) ibtidoiy to’da bosqichini
C) qabilalar ittifoqini
D) ibtidoiy jamoa tuzumini
26. Germanlarda mulkiy tengsizlik kuchayishi natijasida qanday toifalar shakllangan?
1) zodagonlar; 2) erkin kishilar; 3) yarim ozod kishilar; 4) qullar; 5) xizmatkorlar; 6) ruhoniylar; 7) dvoryanlar; 8) shaharliklar.
A) 2,4,8
B) 1,5,6
C) 4,5,7
D) 1,2,3
27. Mulkiy tabaqalanish natijasida germanlarda shakllangan qatlamni belgilang.
A) ruhoniylar
B) yirik dehqonlar
C) konunglar
D) hunarmandlar
28. Quyidagilardan qaysilari konung atamasiga xos.
1) qabila boshlig'i;
2) feodallarning yuqori qatlami;
3) zodagonlarning oliy vakili;
4) dehqon xo`jaligida ishlovchi xizmatkorlar;
5) normann qabilalarida harbiy yo'lboshchi;
6) bosh vazir.
A) 1,2,6
B) 2,4,6
C) 2,3,4
D) 1,3,5
29. Quyidagilardan qaysi biri qahrabo atamasiga xos.
A) german qabilalarida qabila yo’lboshchilari
B) qattiq, qatronli (smolali) va tiniq sariq rangli ma'dan
C) germanlarda yerga ishlov berish moslamasi
D) Rim imperiyasida savdogarlar ishlatga muomaladagi pul
30. Nima sababdan german qabilalarida undirilgan harbiy o'ljaning katta qismi yo'lboshchiga tegishli bo'lgan?
A) qo’shin oldida jang qilganligi va jangchilarni ruhlantirib turganligi uchun
B) bo’linmasi jangchilarini ot, qurol-aslaha, turar-joy, oziq-ovqat bilan ta'minlagani uchun
C) german qabilalari udumlariga muvofiq shunday an’ana saqlanib qolganligi uchun
D) bo’lg’usi janglarga zahira sifatida o’ljalar saqlanishi lozimligi va bu ish yo’lboshchilarga topshirilganligi uchun
31. German qabilalari IV-V asrlarda …
A) urug’ jamoalariga ajrala boshladilar.
B) ommaviy ravishda shimoliy hududlar sari ko’cha boshladilar.
C) keng hududlarni nazorat qiluvchi qabila ittifoqlariga birlasha boshlaydi.
D) o’rmonlarni tozalab yangi dehqonchilik yerlarini o’zlashtira boshlaydi.
32. Quyidagilardan qaysilari germanlarning eng katta qabilalaridan bo`lgan?
1) franklar; 2) gotlar; 3) burgundlar; 4) vandal; 5) alleman; 6) langobard.
A) 1,2,4
B) 4,5,6
C) 1,2,5
D) 2,3,5
33. German qabilalarida qabilalarning oliy organi qanday atalgan?
A) xalq yig'ini
B) xalq xurali
C) xalq vechesi
D) yuzlar kengashi
34. Quyidagilardan qaysi biri germanlarning ijtimoiy taraqqiyotini yanada tezlashtirgan?
A) xristianlik dini tarqala boshlashi natijasida
B) buyuk ko’chishlar natijasida
C) Rim yerlarini o’zlashtirishlari natijasida
D) Rim chegara hududlariga o’rnashishlari natijasida
35. Dastlabki varvarlar davlati qaysi edi?
A) Ostgotlar davlati
B) Vestgot qirolligi
C) Vandal qirolligi
D) Franklar davlati
36. Vestgot qirolligi qachon tashkil topgan?
A) V asrning ikkinchi yarmida
B) V asr o’rtalarida
C) V asr boshlarida
D) IV asr boshlarida
37. Vestgot qirolligi qayerda tashkil topgan?
A) Germaniyada
B) Buyuk Britaniya orolining janubiy qismlarida
C) Pireneya yarim oroli va Galliyaning bir qismida
D) Afrikaning shimoliy qismida
38. German qabilalari va ular tomonidan tuzilgan davlatlar bir-biriga mos berilgan javobni toping.
1) franklar; 2) vandallar; 3) angl-sakslar; 4) ostgotlar.
a) Shimoliy Afrikada; b) Italiyada; c) Galliyada; d) Britaniyada.
A) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b
B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
C) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a
D) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b
Do'stlaringiz bilan baham: |