Jahon tarixi 1-dars


-§. Franklar. Franklar davlatining tashkil topishi



Download 227,76 Kb.
bet3/167
Sana03.01.2022
Hajmi227,76 Kb.
#316833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167
Bog'liq
1-DARS

2-§. Franklar. Franklar davlatining tashkil topishi
1. Buyuk ko'chishlar boshlanishiga qadar franklar qaysi hududlarda yashaganlar?

A) Reyn daryosi yuqori oqimida

B) Reyn daryosi quyi oqimida

C) Reyn daryosi o’rta oqimida

D) Elba daryosi shimoliy qismlarida

2. Franklarda qabila yo'lboshchilari kimlardan saylab qo'yilgan?

A) qabila ichida obro’ qozongan kishilardan

B) harbiy ishda alohida jasorat ko'rsatgan kishilardan

C) dehqonchilikni yaxshi bilgan kishilardan

D) qabila oqsoqollarining urug’laridan

3. Quyidagilardan franklarga xos bo`lgan ma`lumotlarning to`g`risini toping.

1) Rim-gallar bilan yaqin qo'shnichilik munosabatlarida bo'lgan;

2) Elba daryosining quyi oqimida yashagan;

3) hayvon terisidan kiyim kiyib yurishgan;

4) arablar bilan savdo-sotiq munosabatlarini o`rnatgan;

5) tashqi ko'rinishi boshqa german qabilalaridan ancha farqlangan;

6) matodan kiyim-bosh kiyishgan va soch-soqollarini olib yurishgan.

A) 1,2,6
B) 2,4,5


C) 1,5,6
D) 2,3,4

4. Qaysi german qabilalari hayvon terisidan kiyim kiyishgan?

A) gotlar va langobardlar

B) sakslar va franklar

C) franklar

D) arablar

5. Franklarda kimlar uzun soch bilan yurishlari mumkin bo'lgan?

A) faqat harbiy yo’lboshchilar

B) faqat qirol oilasiga mansub kishilar

C) faqat janglarda alohida jasorat ko’rsatgan kishilar

D) faqat ruhoniylar

6. G'arbiy Rim imperiyasining inqirozidan keyin Galliyada mustaqil knyazlik tuzgan rim noibi kim edi?

A) Xlodvig

B) Romul


C) Egidiy

D) Siagriy

7. Qaysi voqeadan so’ng franklarning Galliyaga hujumlari yanada kuchaygan?

A) Vandallarning G’arbiy Rim imperiyasiga bosqinidan so’ng

B) Galliyada rim noibi Egidiy mustaqil knyazlik tuzganidan so’ng

C) Xunnlarning Yevropaga bosqinidan so’ng

D) Xristianlik dini qabul qilinganidan so’ng

8. Franklarning Galliyaga yurishlariga … sardori … boshchilik qilgan.

A) karolinglar/Pipin

B) merovinglar/Xlodvig

C) xunnlar/Attila

D) franklar/Xilperik

9. Frank qabilalarida kim o'z raqiblarini yengib, barcha frank qabilalari ustidan hukmronligini o'rnatgan?

A) Merovey

B) Xlodvig

C) Siagriy

D) Suasson

10. 486-yilda sodir bo’lgan voqeani aniqlang.

A) Xlodvig Franklar davlatiga asos slogan.

B) G’arbiy Rim imperiyasiga vandallar ikkinchi bor bosqinchilik yurishini amalga oshirgan

C) Germanlarning dastlabki davlatiga asos solindi.

D) Franklar Xilperik tomonidan xristian diniga o’tkazilgan

11. Franklar tuzgan davlat dastlab qanday atalgan?

A) qabila nomi bilan

B) xalqning umumiy nomi bilan

C) sulolalar nomi bilan

D) hukmdorlar nomi bilan

12. X asrda Fransiya tarixida qanday muhim voqea ro’y bergan?

A) Fransiya tarixida birinchi marotaba general shtatlar ta’sis etildi va unga uch toifa vakillari kiritildi.

B) butun Fransiya hududi yagona hukmdor qo’l ostida birlashtirildi.

C) Karolinglar sulolasi hukmronligi barham topib uning o’rniga Kapetinglar sulolasi hokimiyatga keldi.

D) Parij atrofidagi viloyat Li de Frans davlat nomiga asos boladi va u Fransiya deb atala boshlandi.

13. Quyidagilardan qaysilari Xlodvigning xristian dinini qabul qilishi bian bog`liq?

1) Franklar Xlodvig qarorini yoqlamagan, lekin o'z qirollaridan qo'rqqanliklari uchun bosh ko’tarmagan;

2) franklarda gersog unvonining mavqei ko`tarilgan;

3) Rim madaniyatining turli sohalari franklar davlatiga kirib kela boshlagan;

4) franklar va rimliklar asta-sekin yaqinlashib borgan;

5) Xlodvigni aholi orasida ta'siri kuchli bo’lgan gall yepiskoplari qo'llashini ta’minlagan.

6) Xlodvig tomonidan Parijda xristianlik ibodatxonasi qurilgan;

7) Xlodvig tomonidan Papa viloyati tashkil etilgan.

A) 1,2,5,6
B) 1,3,4,5
C) 1,3,4,7
D) 2,4,6,7

14. Rimliklar tomonidan Xlodvigning xristian dinini qabul qilish munosabati bilan aytilgan iborani toping.

A) "Sizning yangi diningiz, bu bizning g'alabamiz”

B) “Har qanday hokimiyat xudodan”

C) «Xudo bizning o`zimizdadur»

D) «Avval hech narsa bo`lmaganida, hozir ham hech narsa bo`lmas edi»

15. Franklar davlatida mahalliy aholining asosiy qismini kimlar tashkil qilgan?

A) rim-gallar

B) angl-sakslar

C) gall-yutlar

D) normanlar

16. Franklar davlatida asosiy ishchi kuchi kimlar bo’lgan?

A) dehqonlar va harbiylar

B) ayollar va bolalar

C) harbiylar va qullar

D) qullar va kolonlar

17. Franklar davlatining qaysi hududida yashagan german qabilalari uzoq yillar urug' jamoa bo'lib yashashda davom etgan?

A) Reyn daryosining quyi oqimida yashagan german qabilalari

B) Luara daryosidan shimolda yashagan german qabilalari

C) Elba daryosidan shimolda yashagan german qabilalari

D) Po daryosidan shimolda yashagan german qabilalari

18. Benefetsiy bilan bog`liq ma`lumotlardan to`g`rilarini toping.

1) qirollar tomonidan alohida xizmatlari evaziga jangchilar va yaqin hamkorlariga taqdim etilgan;

2) bunday yerlar davlat hokimiyatini mustahkamlash maqsadida taqdim etilgan;

3) lotincha so’zdan olingan;

4) senorning o'z vassaliga harbiy xizmati evaziga in'om etgan yer-mulkdir;

5) sharqda u iqto` deb atlagan.

6) ixtiyorida qaram dehqonlari va mayda feodal-vassallari bo'lgan yer egasi;

7) yunon tilidan olingan;

8) bir feodalning boshqa feodalga bo`ysunish tartibi.

A) 1,2,3,4,5
B) 1,3,6
C) 2,4,6,7,8
D) 1,7
19. Quyidagi atamalarni ularning ma`nolari bilan moslashtiring.

1) senyor; 2) vassallik; 3) allod.

a) ixtiyorida qaram dehqonlari va mayda feodal-vassallari bo'lgan yer egasi;

b) bir feodalning boshqa feodalga bo'ysunish tartibi;

c) yerga to`la egalik qilish;

d) feodal jamiyatida avloddan-avlodga meros bo`lib o`tadigan mulk;

e) lotincha “katta” degan ma`noni bildiradi.

A) 1-a, 2-b,e, 3-d

B) 1-b, 2-c, 3-a

C) 1-b,e, 2-a, 3-c,d

D) 1-a, 2-b,e, 3-c,d

20. Franklar davlatidagi feodallar yerlarida VI asr oxirida kimlar ishlaganlar?

1) qullar; 2) kulbali qullar; 3) kolonlar; 4) erkinligini yo'qotgan franklar; 5) vassal feodallar; 6) gall va langobardlar.

A) 1,2,6


B) 2,4,6

C) 1,3,4

D) 1,3,5

21. Franklar davlatida yangi jamiyatning asosiy toifalari kimlar edi?

A) shaharliklar va qishloqliklar

B) dehqonlar va hunarmandlar

C) feodallar va qaram dehqonlar

D) feodallar va harbiylar

22. Frank qirolligi qaysi hududda tashkil topgan?

A) Janubiy Galliyada

B) Markaziy va janubiy Galliyada

C) Luara daryosining shimolida

D) Shimoliy Galliyada

23. Xlodvigning vorislari tomonidan egallangan hududlarni belgilang.

A) Normandiya va Anju

B) Burgundiya va Provansni

C) Britaniya va Marsel

D) Provans va Normandiya

24. Franklar germanlarning qaysi qabilalarini har yili o'lpon to'lashga majbur etgan?

A) angllar, sakslar, yutlar

B) ostgotlar, vandallar, bavarlar

C) tyuring, alemann, bavarlar

D) skotlar, frizlar, normannlar

25. Franklar davlatida xalq yig'inlarining chaqirilmay qo’yilishi qaysi jarayon bilan bog’liq bo’lgan?

A) xristian dinining qabul qilinishi bilan

B) qirollar hokimiyati kuchayib borishi bilan

C) buyuk ko’chishlar bilan

D) Rim imperiyasining qulashi bilan

26. Franklar davlatida qirol tomonidan qabul qilingan yangi qonunlar ...

A) xalq yig’inlarining ahamiyatini oshirib borgan.

B) dehqonchilik, chorvachilik va savdo-sotiq rivojiga turtki bo’lgan.

C) xususiy mulkchilik va tengsizlikni mustahkamlashga xizmat qilgan.

D) barcha javoblar to’g’ri

27. Franklar davlatida qirol hokimiyatining tayanchi bo’lgan omilni belgilang.

A) feodallar toifasi

B) yepiskop va arxiyepiskoplar toifasi

C) shahar aholisi

D) zodagonlar va yepiskoplar

28. Franklarda Xlodvig davrida mamlakat ... bo’linib, ularni ... tayinlagan ... boshqara boshlagan?

A) tumanlarga/qirol/gersoglar

B) viloyatlarga/qirol/graflar

C) markalarga/qirol/markgraflar

D) viloyatlarga/yepiskop/gersoglar

29. Franklar davlatida graflar qanday vakolatlarga ega bo’lishgan?

1) aholidan soliqlarni yig'ib olish va sud qilish;

2) o'z hududlarini qirol nomidan boshqarish;

3) harbiy qo'shinga boshchilik qilish;

4) qonunlar ishlab chiqish;

5) aholini hashar ishlariga jalb etish;

6) yuzlik yig`inlar tashkil etish.

A) 4,5,6
B) 1,3,5
C) 1,3,6

D) 1,2,3


30. Franklar davlatida sudning qarori bilan yig'ilgan jarimalarning qancha qismi qirol xazinasiga yuborilgan?

A) 1/4 qismi

B) 1/5 qismi

C) 1/2 qismi

D) 1/3 qismi

31. Franklar soliq tartiblarini kimlardan qabul qilganlar?

A) rimliklardan

B) vizantiyaliklardan

C) osiyoliklardan

D) misrliklardan

32. Franklar davlatida urug' jamoachilik an'analari qay ko’rinishda saqlanib qolgan?

1) har yili o'tkaziladigan harbiy ko'rik tarzida;

2) diniy aqidalarga e’tiqod qilish tarzida;

3) mahalliy boshqaruvda;

4) sud jarayonlarida;

5) soliq va boshqaruvda.

A) 3,5
B) 2,4
C) 1,3
D) 2,5

33. Franklar davlatida mahalliy boshqaruv asosini nima tashkil qilgan?

A) erkin franklarning yuzlik yig'inlari

B) qirol tomonidan tayinlangan graflik boshqaruv tartibi

C) har bir aholi yashaydigan hududning oqsoqollari boshqaruvi tartibi

D) markazlashgan qirol hokimiyati boshqaruvi

34. Franklarda erkin franklarning yuzlik yig’inlarini boshqargan yuzboshi qanday atalgan?

A) takin


B) tudun

C) tungin

D) xvabu

35. Qachondan boshlab franklarning chek yerlari dehqon oilasining sotishi yoki in'om etishi mumkin bo'lgan allodga aylanadi?

A) VI asr boshlaridan

B) V asr oxirlaridan

C) VII asr o’rtalaridan

D) VI asr oxiridan

36. Franklar davlatida qirol Xilperik tomonidan chiqarilgan yangi qonunning mohiyati qaysi javobda to’g’ri izohlangan?

A) oilada o’g’il voris bo’lmasa mulkdorning qolgan yeri qishloq jamoasi orasida taqsimlangan

B) o’g’il voris bo’lmasa mulkdorning mulkini uning yaqin qarindoshlariga berishgan

C) o'g'il voris bo'lmasa yerni jamoaga emas, marhumning qizi, singlisi yoki ukasiga o'tish huquqi

D) o’g’il voris bo’lmasa yer davlatga o`tkazilish huquqi

37. Franklar davlatida qaysi qirol buyrug'iga binoan franklarning an'anaviy odatlari to'plami yozilgan?

A) Xlotar

B) Teodorix

C) Xlodvig

D) Buyuk Karl

38. Quyidagilardan qaysi biri «Sali haqiqati»ga xos.

1) Yevropadagi eng mashhur odat huquqlari yodgorligiga aylangan

2) franklarning an’anaviy odatlari to‘plami hisoblangan;

3) franklarda feodal jamiyat tugaganligini anglatgan;

4) qirol unga qadimgi odatlardan o‘ziga foyda keltiradiganlarini kiritgan;

5) u xristian dini ta`siri ostida paydo bo`lgan;

6) u dengiz va qirg`oq bo`ylarida yashovchi franklar tomonidan yaratilgan;

7) u franklarda qirol hokimiyatining kuchayganini ko‘rsatadi;

8) qonunlar to`plamida franklar hayoti, ularning urf-odatlari, xo‘jaligi, diniy e’tiqodlariga oid ko‘plab ma’lumotlar mavjud;

9) franklardan tashqari gallar va langobardlar ham bu qoidalarga amal qilgan;

10) qonunlar to`plamida franklarning soliq tizimi hamda boshqaruvi haqida ma`lumotlar mavjud.

A) 1,2,3,5,9


B) 2,4,6,9,10
C) 1,2,4,7,8
D) 1,2,5,6,8

39. «Sali haqiqati» qoidalariga ko`ra «sotuvchi»ning yeridagi yashil shoxcha yoki poyaning «oluvchi» yeriga berilishi nimani tasdiqlagan?

A) yerning boshqa xo‘jayinga o‘tishini
B) yerga ekin ekilganligini
C) yer bog`dorchilik uchun mo`ljallanganligini
D) yerning shudgor qilinishi kerakligini

40. "Sali haqiqati" qonunlar to’plamiga franklarning qaysi qabilasi qonunlari kiritilgan?

A) sali qabilasi

B) ripuar qabilasi

C) alleman qabilasi

D) tyuringlar qabilasi



Download 227,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish