3-§. Franklar imperiyasi
1. Franklar imperiyasi asoschisi va uning necha yil davlatni boshqarganligini toping.
A) Buyuk Karl/53 yil
B) Buyuk Karl/46 yil
C) Xlodvig/46 yil
D) Xilperik/40 yil
2. Quyidagi sanalarni izohlang.
1) 768-814-yillar; 2) 800-814-yillar; 3) 772-804-yillar.
a) Buyuk Karl hukmronlik yillari;
b) Buyuk Karlning sakslarga qarshi yurishi bo`lgan yillar;
c) Buyuk Karl imperatorligi yillari.
A) 1-a, 2-c, 3-b
B) 1-a, 2-b, 3-c
C) 1-b, 2-a, 3-c
D) 1-b, 2-c, 3-a
3. Franklar qiroli Karlga "Buyuk" nomi nima uchun berilgan?
1) ko`plab harbiy yurishga boshchilik qilib, yirik saltanat tuzgani uchun;
2) langobardlarni bosib olganligi uchun;
3) xalq maktabiga asos solganligi uchun;
4) davlatda yangi qonunlar, maorif va madaniyatga asos solgani uchun;
5) Rim papalari davlati bilan ittifoq tuzganligi, Arablarni ma’glubiyatga uchratganligi uchun.
A) 1,3,4
B) 1,2,3,4,5
C) 2,5
D) 1,4
4. Buyuk Karlning ismidan qaysi unvon kelib chiqqan?
A) ”qarol” ya`ni xizmatkor
B) ”regent” ya`ni taxt vorisi
C) "korol", ya'ni "qirol" unvoni
D) hech qanday unvon kelib chiqmagan
5. Buyuk Karlning dastlabki harbiy yurishi qayerga qaratilgan edi?
A) Italiya
B) Ispaniya
C) Britaniya
D) Reyn daryosining o`ng oqimi
6. Buyuk Karl bilan bog`liq quyidagi sanalarni ular sodir bo`lgan yil bilan moslashtiring.
1) 773-yil; 2) 843-yil; 3) 778-yil; 4) 800-yil.
a) Ispaniyaga qarshi yurish qilindi;
b) Verden shahrida shartnoma imzolandi;
c) Buyuk Karlga toj kiydirildi;
d) langobardlarga qarshi yurish qilindi;
e) Lev III ga qarshi isyon ko`tarildi.
A) 1-d, 2-b, 3-a,c, 4-e
B) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c,e
C) 1-b, 2-c, 3-e, 4-d,a
D) 1-e, 2-c, 3-b, 4-d,a
7. Karl tomonidan qilingan yurishlarni ularga xos javoblar bilan moslashtiring.
1) sakslarga qarshi yurish; 2) langobardlarga qarshi yurish; 3) Ispaniyaga qarshi yurish.
a) Roland halok bo`ldi;
b) 30 yildan ortiq davom etdi;
c) bo`ysundirilgan qabilalarni xristian diniga o`tkazdi;
d) bosib olingan hudud franklarning chegara viloyatiga aylantirildi;
e) bosib olingan hudud grafliklarga bo`lindi.
A) 1-b,c; 2-e; 3-a,d
B) 1-b; 2-c,e; 3-a,d
C) 1-a,c; 2-d,b; 3-e
D) 1-b; 2-d,e; 3-a,c
8. Fransuz xalq og'zaki ijodining sevimli qahramoni Roland haqida yaratilgan doston qanday nomlanadi?
A) ”Sid haqida qo`shiq” dostoni
B) ”Burgundlar haqida qo`shiq” dostoni
C) ”Nibelunglar haqida qo`shiq” dostoni
D) "Roland haqida qo'shiq" dostoni
9. Pireneya yarim orolining arablardan tortib olingan hududlarida tuzilgan franklar davlatining chegara viloyati qanday nomlangan?
A) Ispan markasi
B) Amlok
C) Markgraf
D) Denlo
10. Saks qabilalari qaysi hududda yashaganlar?
A) Elba daryosining yuqori oqimida
B) Flandriyaning sharqiy qismida
C) Reyn daryosining o'ng sohilida
D) Luara daryosi bo’ylarida
11. Germanlarning Karlga bo'ysunmagan so'nggi yirik qabilasini belgilang.
A) yutlar
B) angllar
C) sakslar
D) keltlar
12. Buyuk Karl davlatini qaysi davlat bilan bemalol taqqoslasa bo'lar edi?
A) Vizantiya imperiyasi
B) Qadimgi Yunoniston
C) A. Makedonskiy imperiyasi
D) G'arbiy Rim imperiyasi
13. Rim mahalliy zodagonlarining papa Lev III ga qarshi isyoni kim tomonidan bostirilgan?
A) Pipin Pakan tomonidan
B) Buyuk Karl tomonidan
C) Langobardlar qiroli Dezideriy tomonidan
D) avliyo Pyotr tomonidan
14. Qaysi yilda Lev III Karlga imperatorlik tojini kiydirgan?
A) 801-yil, dekabrda
B) 800-yil, dekabrda
C) 800-yil, noyabrda
D) 810-yil, noyabrda
15. Karl davrida franklar yirik zodagonlari, yer egalari yig`ini bir yilda necha marta chaqirilgan?
A) uch marta
B) ikki marta
C) bir marta
D) besh marta
16. Buyuk Karl franklar imperiyasining mutlaq hukmdoriga aylangach uning farmonlari qay tariqa qabul qilingan?
A) senat tomonidan
B) gersog va graflar kengashida
C) xalq majlisi tomonidan
D) yirik zodagonlar, yer egalari yig`inida
17. Buyuk Karl davlatining poytaxtini belgilang.
A) Reyms
B) Parij
C) Ruan
D) doimiy poytaxti bo`lmagan
18. Buyuk Karl davrigacha mavjud bo`lgan va undan so`ng vujudga kelgan harbiy qism to`g`ri berilgan javobni toping.
A) a`nanaviy xalq lashkari/otliq ritsarlar qo'shini
B) ritsarlar qo`shini/piyoda qo`shinlar
C) piyoda qo`shin/otliqlar bo`linmasi
D) otliq ritsarlar qo`shini/piyodalar bo`linmasi
19. Ritsar so’zining lug’aviy ma’nosini belgilang.
A) shamshirdor
B) chopqir
C) otliq
D) kuchli
20. Quyidagi qaysi atamalar nemis tilidan olingan?
1) marka; 2) senor; 3) allod; 4) markgraf; 5) gersog; 6) graf; 7) ritsar; 8) karol.
A) 1,2,4,5,7
B) 1,4,5,6,7
C) 1,3,5,6,8
D) 2,4,5,7,8
21. Franklar imperiyasida ritsarlar bo’linmalarida kimlar xizmat qilgan?
1) faqat boy zamindorlar;
2) faqat bosib olingan qabilalar;
3) jangovar ot va qurol-aslahalar sotib olishga imkoniyati bo'lgan kishilar;
4) faqat frank qabilasiga mansub kishilar;
5) franklardan bo`lmagan kishilar.
A) 2,5
B) 1,3,5
C) 1,2,3
D) 1,3
29. Franklar imperiyasida hukmdorlar ritsarlarga ot, qurol-aslahasini tartibga saqlashi va oilasini ta`minlashi uchun qanday imtiyoz joriy qilishgan?
A) yer-mulk in'om etgan
B) oylik berishgan
C) soliqlardan ozod qilib qo`ygan
D) jangchining lavozimini oshirgan
30. Franklar imperiyasida feod ...
A) harbiy xizmat evaziga taqdim etilib, keyinchalik qirolga qaytarilgan
B) harbiy xizmat evaziga taqdim etilib, keyinchalik merosiy mulkka aylangan
C) harbiy xizmat evaziga berilgan va keyinchalik qaytarib olingan
D) qirolga ko`rsatgan sadoqati uchun ma`ulm muddatga berilgan
32. Buyuk Karlning saroy xizmatkorlari ayni paytda qanday vazifani ham bajargan?
A) saroy soqchilari vazifasini
B) vazirlar vazifasini
C) elchilik vazifasini
D) barcha javoblar to’g’ri
33. Franklar davlatidagi muhim lavozimlarni belgilang.
1) moliya a'yonlari; 2) bakovul; 3) soliq a'yonlari; 4) diniy a`yonlar; 5) harbiy a'yonlar; 6) cherkov a`yonlari; 7) dasturxonchi; 8) markgersog; 9) yepiskop; 10) otxona boshlig'i
A) 2,4,6,8,10
B) 1,3,6,7,9
C) 1,3,5,7,10
D) 1,3,5,7,9
34. Franklar davlatida yirik qabilalarni kimlar boshqarishgan?
A) gersoglar
B) graflar
C) markgraflar
D) burgomistrlar
36. Franklar davlatida yirik bo`lmagan hududlarni kimlar boshqargan?
A) xalq saylagan gersog
B) imperator tayinlagan gersog
C) imperator tayinlagan graflar
D) xalq saylagan graflar
35. Quyidagi atamalarni ularning ma`nosiga ko`ra moslashtiring.
1) Gersog; 2) graf; 3) markgraf; 4) marka.
a) saylangan harbiy yo'lboshchi, keyinchalik merosiy qabila boshlig'i;
b) chegara harbiy viloyati;
c) chegara viloyati hokimi;
d) qirol tayinlagan amaldor
A) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d
B) 1-a, 2-d, 3-c, 4-b
C) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a
D) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c
38. Franklar davlatida gersog va graflar o’z lavozimlarini qay tariqa egallaganlar?
A) gersog va graflar xalq tomonidan saylangan
B) gersog va graflar xalq tomonidan tayinlangan
C) graf unvoni avvaldan merosiy bo'lsa, gersoglarni imperator tayinlagan
D) gersog unvoni merosiy bo'lgan, graflarni imperator tayinlagan
39. Qaysi unvon franklar davlatida zamonlar o’tgach eng yuqori lavozimlardan biriga aylangan?
A) karol
B) markgraf
C) gersoglar
D) graflar
40. Buyuk Karl o'z davlati chegaralarini mustahkamlash maqsadida qanday choralar ko’rgan?
A) burglar barpo etgan
B) markalar tuzgan
C) chegara hududlarda mudofaa devor bunyod etgan
D) chegara hududlarda tosh qal`lar barpo etgan
43. Kimlar Franklar davlatida imperatorning joylardagi vakillari sifatida uning buyruqlarini bajargan?
A) yepiskoplar, yirik monastirlar abbatlari
B) gersog va prokonsullar
C) ritsarlar va ruhoniylar
D) markgraflar va kardinallar
45. Buyuk Karl tekshiruv ishlarida o'zi barcha graflik va yepiskopliklarni aylanib chiqishi qiyin ekanligidan kelib chiqib qanday yo’l tutgan?
A) xudojo`y ruhoniylarni mamlakat bo`ylab jo`natgan
B) o`z oila a`zolaridan birini mamlakat bo`ylab jo`natgan
C) o'zi ishongan davlat vakillarini mamlakat bo'ylab jo'natgan
D) bunday ishlar bilan uning lashkarboshisi shug`ullangan
46. Buyuk Karl mamlakat bo’ylab graflik va yepiskopliklarni tekshirish uchun yuborgan vakillariga qanday huquqlarni bergan?
1) mahalliy hokimlarni jazolash;
2) mahalliy hokimlarni almashtirish;
3) mahalliy hokimlarni sud qilish;
4) mahalliy hokimlardan jarima undirish.
A) 2,4
B) 1,3
C) 2,3
D) 1,2
47. Qaysi omil Franklar davlatida nazoratni murakkablashtirgan?
A) graflarning bo’ysunmaslikka intilishi va isyonlari
B) Franklar mamlakati hududlari behad katta bo'lishi
C) Rimliklar bilan muntazam kelishmovchilik
D) yepiskop va arxiyepiskoplarning xunrezliklari
49. O'z elchilari orqali Karlga Quddusdagi Iso payg'ambar qabri joylashgan yerni ham taqdim etgan arab xalifasini kim edi?
A) Xalifa Ali
B) Horun ar-Rashid
C) Xalifa Ma`mun
D) Xalifa Muta`zid
50. Qaysi omil franklar davlatida graflarning hokimiyatini kuchaytirgan?
A) qirolning sud ishlarini boshqarishni graflarga topshirishi
B) graflarga viloyatlarni boshqarishni ishonib topshirilganligi
C) graflarga diniy masalalarni hal qilish, cherkovni nazorat qilish huquqining berilishi
D) qirolning harbiy harakatlarida qatnashish vazifasining topshirilishi
51. Verden shartnomasiga ko`ra Franklar imperiyasi o`rnida keyinchalik qanday davlatlar tashkil topadi?
A) Fransiya, Germaniya va Ispaniya
B) Fransiya, Burgundiya va Italiya
C) Fransiya, Angliya va Ispaniya
D) Fransiya, Germaniya va Italiya
Do'stlaringiz bilan baham: |