JAHON TARIXI-7.
3-DARS
3.3. MAVZULASHTIRILGAN TESTLAR
11-§. Arab xalifaligi
1. Xalifa so’zining luag’aviy ma’nosi nima?
A) o’rinbosar B) boshliq
C) shogird D) ustoz
2. Quyidagi arab xalifalarini ularning hukmronlik yillari bilan moslashtiring.
1) Abu Bakr; 2) Umar; 3) Usmon; 4) Ali.
a) 656-661-yillar; b) 632-634-yillar; c) 644-656-yillar; d) 634-644-yillar.
A) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a
B) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a
C) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b
D) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b
3. Qaysi arab xalifalari Eronga yurish qilgan?
1) Abu Bakr; 2) Umar; 3) Usmon; 4) Ali.
A) 1,2
B) 1,4
C) 2,3
D) 2,4
4. Quyidagilardan arab xalifalar va ularga xos bo`lganlarini moslashtiring.
1) Abu Bakr; 2) Umar; 3) Usmon; 4) Ali.
a) Arabiston yarim oroli aholisi islomni to'liq qabul qildi;
b) uning hukmronligi o'z raqiblari bilan to'xtovsiz urushlarda o'tadi;
c) arab qo'shinlari Dog'istonni egallab Amudaryo sohillariga chiqadi;
d) Eron to'liq bosib olindi
e) Qur'on oyatlari to'planib yagona kitob holiga keltirildi;
f) o'zining sahiyligi, adolatparvarligi va din masalalarida qat'iyligi bilan shuhrat qozongan;
A) 1-a, 2-f, 3-c,d,e, 4-b
B) 1-a, 2-f,d, 3-c,e, 4-b
C) 1-f, 2-a,c, 3-d,b, 4-e
D) 1-a,b, 2-c, 3-d, 4-e,f
5. Umar xalifalik davrida qaysi hududlar istilo qilingan?
1) Falastin; 2) Suriya; 3) Kichik Osiyo; 4) Liviya; 5) Eronning katta qismi; 6) Xuroson; 7) Misr; 8) Lidiya; 9) Movaraunnahr; 10) Efiopiya.
A) 1,2,4,5,7
B) 2,6,8,9,10
C) 3,4,6,7,8
D) 1,2,3,4,5
6. Arab xalifaligi qo'shinlari VIII asr boshlarida qaysi hududni to'liq bo'ysundiradi?
A) Pireney yarim orolini
B) Shimoliy Afrikani
C) Old Osiyoni
D) Sharqiy Afrikani
7. Quyidagi yillarni unda sodir bo`lgan voqealar bilan moslashtiring.
1) 711-yil; 2) 732-yil; 3) 756-yil.
a) xalifalikdan ajrab chiqqan birinchi mustaqil amirlik tashkil topdi;
b) arablar Ispaniyani bosib oldi;
c) Puate jangida arablar mag`lub bo`ldi.
A) 1-a, 2-c, 3-b
B) 1-b, 2-a, 3-c
C) 1-b, 2-c, 3-a
D) 1-c, 2-a, 3-b
8. Quyidagilarni moslashtiring.
1) 630-1258-yillar; 2) 661-750-yillar; 3) 750-1258-yillar.
a) Arab xalifaligi hukmronlik qilgan yillar;
b) Ummaviylar sulolasi hukmronlik qilgan yillar;
c) Abbosiylar sulolasi hukmronlik qilgan yillar;
A) 1-a, 2-b, 3-c
B) 1-c, 2-b, 3-a
C) 1-b, 2-c, 3-a
D) 1-a, 2-c, 3-b
9. Arab xalifaligi Ispaniyaga qaysi hudud orqali yurish qilgan?
A) Italiya
B) Gibraltar bo`g`ozi
C) Fransiya
D) Adriatika dengizi
10. Jabal at Tariq - "Toriq tog'i" so'zidan qaysi bo`g`oz nomi olingan?
A) Bering
B) Bordo
C) Gibraltar
D) Adriatika
11. Ispaniyani bosib olgan arab qo`shinlariga kim boshchilik qilgan?
A) Xisrav I
B) xalifa Umar
C) Karl Martell
D) Toriq ibn Said
12. Arablarning Yevropaga yurishlari qaysi shahar bo'sag'alariga qadar davom etgan?
A) Bordo shahri
B) Birma shahri
C) Parij shahri
D) Barselona shahri
13. Arablarning Fransiyaga yurishlari kim tomonidan to’xtatilgan?
A) franklar hukmdori Karl Martell
B) graf Lotar
C) qirol Lyudovik XI
D) franklar hukmdori Buyuk Karl
14. Sharqda arablar qaysi hududlarni bosib olib, aholini islom diniga o'tkazadi?
A) O'rta Osiyo, Kavkazortini
B) Old va Sharqiy Osiyoni
C) Kavkazorti va Qipchoqlar yurtini
D) Manjuriya, Turkistonni
15. Xalifalikning Sharqqa yurishlari qaysi shaharlargacha davom etgan?
1) O`rta Osiyoda; 2) Hindistonda.
a) Talos; b) Farg`ona; c) Dehli; d) Mo`lton.
A) 1-b, 2-d
B) 1-a, 2-d
C) 1-b, 2-c
D) 1-a, 2-c
16. Arablar istilo qilgan barcha mamlakatlardagi yerlar …
A) davlatniki deb e'lon qilingan
B) vaqf mulklari deb e`lon qilgan
C) xususiy yerlar deb e`lon qilgan
D) xalifaning xususiy yerlari deb e`lon qilgan
17. Suriya va Eron istilo etilgach, arab zodagonlari xalifaga qanday masalada murojaat qilganlar?
A) bosib olgan yerlarda masjidlar qurish taklifi bilan
B) bosib olgan yerlarga yangi soliq solish taklifi bilan
C) bosib olingan yerlarga musulmonlarni joylashtirish taklifi bilan
D) bosib olingan yerlarni taqsimlash taklifi bilan
18. Qaysi xalifa bosib olingan yerlarni egalarida qoldirishni buyurgan?
A) xalifa Umar
B) xalifa Usmon
C) xalifa Ali
D) xalifa Abu Bakr
19. Quyidagi soliqlarni ularning ma`nosiga ko`ra moslashtiring.
1) xiroj; 2) jizya; 3) zakot.
a) yer solig'i; b) islomni qabul qilmaganlardan olingan soliq; c) chorva mollari va savdodan olingan soliq.
A) 1-a, 2-c, 3-b
B) 1-c, 2-b, 3-a
C) 1-b, 2-c, 3-a
D) 1-a, 2-b, 3-c
20. Arablar davrida joriy etilgan soliqlarni uning miqdori bilan moslashtiring.
1) xiroj; 2) jizya; 3) zakot.
a) boylardan 48, o‘rtahollardan 24, kambag‘al dehqon va hunarmandlardan 12 dirham hajmida;
b) 1/40 hajmida;
c) 1/3 hajmida.
A) 1-a, 2-c, 3-b
B) 1-c, 2-a, 3-b
C) 1-b, 2-c, 3-a
D) 1-c, 2-b, 3-a
21. Quyidagilardan arab xalifaligiga qarshi qo`zg`olonlar va ular sodir bo`lgan yillar mos berilgan javobni toping.
1) Iroqning Kufa shahrida ko`tarilgan qo’zg’olon;
2) Abu Muslim qo`zg`oloni;
3) Muqanna qo`zg`oloni.
a) 769-783-yillar;
b) 747-yil;
c) 685-687-yillar.
A) 1-a, 2-b, 3-c
B) 1-c, 2-b, 3-a
C) 1-b, 2-c, 3-a
D) 1-a, 2-c, 3-b
22. Arablarga qarshi Abu Muslim boshchiligidagi qo’zg’olon qaysi hududlarni qamrab olgan edi?
A) Movarounnahr va Xurosonni
B) Xuroson va Eronni
C) Eron va Xorazmni
D) Xorazm va Iroqni
23. Quyidagilardan "qizil ko'ylaklilar" nomli qo'zg'olonga xos bo`lgan javoblarni toping.
1) Ozarbayjonda bo`lib o`tgan;
2) 815-yilda sodir bo`lgan;
3) Bobak boshchilik qilgan;
4) 20 yildan ortiq davom etgan;
5) Aholining barcha toifalari ishtirok etgan;
6) shiori «Qirq yil qul bo‘lib yashagandan bir kun ozod bo‘lib yashagan ma’qul!» bo`lgan;
7) Qo`zg`olon natijasida Ummaviylar sulolasi tugatilib, Abbosiylar hokimiyatga kelgan.
A) 1,2,3,4,5
B) 1,2,4,6,7
C) 1,2,3,4,6
D) 2,3,4,5,7
24. Quyidagilardan Abu Muslim qo'zg'oloniga xos bo`lgan javoblarni toping.
1) Aholining barcha toifalari ishtirok etgan;
2) Qo`zg`olon natijasida Ummaviylar sulolasi tugatilib, Abbosiylar hokimiyatga kelgan;
3) Movaraunnahr markazi Sug`diyonada bo`lib o`tgan;
4) O`rta Osiyoning janubi Marv vohasida ko`tarilgan;
5) qo`zg`olonda arab va forslar – shahar kambag`allari va hunarmandlar qatnashgan;
6) 20 yildan ortiq davom etgan.
A) 1,3,5
B) 1,2,4
C) 1,2,5
D) 3,5,6
25. Quyidagilardan Iroqning Kufa shahrida ko`tarilgan qo`zg`olonga xos bo`lgan javobni toping.
A) Qo`zg`olon natijasida Ummaviylar sulolasi tugatilib, Abbosiylar hokimiyatga kelgan
B) Movaraunnahr markazi Sug`diyonada bo`lib o`tgan
C) qo`zg`olonda arab va forslar – shahar kambag`allari va hunarmandlar qatnashgan
D) 20 yildan ortiq davom etgan
26. Quyidagi qaysi omillar Arab xalifaligining siyosiy inqiroziga sabab bo‘lgan?
1) xalq qo‘zg‘olonlari; 2) urushlar; 3) hokimiyat uchun kurashlar; 4) soliqlarning ko`pligi; 5) yerning unumsizligi; 6) ocharchiliklar.
A) 2,4,6
B) 1,2,3
C) 4,5,6
D) 1,3,4
27. Arab xalifaligidan ajrab chiqqan birinchi mustaqil amirlik qayerda tashkil topgan?
A) Ispaniyada
B) Movaraunnahrda
C) Italiyada
D) Xurosonda
28. Ispaniyada tashkil topgan Qurdoba amirligining yana bir nomi nima edi?
A) Kordiko
B) Kordova
C) Granada
D) Sevilya
29. IX asrda qaysi hududlar Arab xalifaligidan ajrab mustaqillikka erishgan?
1) Misr, 2) Eron; 3) Kichik Osiyo; 4) Xuroson; 5) Ispaniya; 6) Liviya; 7) Movarounnahr; 8) Yaqin Sharq.
A) 1,4,5,7
B) 2,3,5,6
C) 2,3,6,8
D) 1,2,4,7
30. Movarounnahr va Xuroson hududlari ajrab mustaqillikka erishgach arab xalifaligi ta’sirida qaysi hududlar qolgan?
A) Janubiy Osiyo va Hindiston
B) Yaqin Sharq va Arabiston yarim oroli
C) Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika
D) Shimoliy Afrika va Arabiston yarim oroli
31. Quyidagi jumlani to`ldiring.
“… mo'g'ul xoni Xuloku …Bag'dodni olib, Arab xalifaligiga yakun yasagan”.
A) 1256-yil/Damashq
B) 1258-yil/Damashq
C) 1258-yilda/Bag`dod
D) 1260-yilda/Bag`dod
12-§. Hindiston
1. Chandragupta I haqida bildirilgan fikrlardan to`g`risini aniqlang.
1) Pataliputra shahriga asos solagan;
2) Kushonlar imperiyasining inqirozidan so`ng hokimiyatni egallagan;
3) Guptalar sulolasi asoschisi;
4) 320-340-yillarda hukmronlik qilgan.
5) eftaliylarni mag`lubiyatga uchratgan;
6) 302-340-yillarda yashab o`tgan.
A) 1,3,4
B) 1,2,6
C) 2,3,5
D) 2,3,4
2. Guptalar davlatining poytaxti qaysi shahar bo’lgan?
A) Pataliputra shahri
B) Dehli shahri
C) Kalikut shahri
D) Xarappa shahri
3. Quyidagi qaysi voqealar IV asrning so`ngida sodir bo`lgan?
1) Guptalar imperiyasi gullab-yashnadi;
2) Syuan Szyan Hindistonga keldi;
3) Hindistonda mulkchilik munosabatlari vujudga keldi;
4) Guptalar imperiyasi parchalandi;
5) musulmon davlatlari hukmdorlari Hindistonga hujum boshladi.
A) 1,2,3
B) 4
C) 1,3
D) 2,4,5
4. Ilk o‘rta asrlarda Hindiston aholisi qanday toifalarga bo‘lingan?
1) braxmanlar; 2) chandallar; 3) kshatriylar; 4) vayshilar; 5) shudralar; 6) rojalar; 7) baptistlar; 8) xaumanalar.
A) 1,2,7,8
B) 4,5,6,7
C) 1,3,4,5
D) 1,2,3,8
5. Hindistonda shakllangan ijtimoiy munosabatlar sof feodal ko'rinishda bo'lmasdan ...
A) to’liq eski qulchilik tartiblarini eslatar edi
B) urug’chilik davrining tartiblarini esga solar edi
C) ularga keng imtiyozlar berilganligi bilan ajralib turar edi
D) qulchilik udumlari ham ma'lum darajada saqlanib qolgan.
6. Ilk o`rta asrlarda hindlardagi qulchilik munosabatlariga oid ma`lumotlardan to`g`risini toping.
1) qullar mehnatidan ko’pincha uy yumushlariga foydalanishgan;
2) xo’jayin qulni yegulik bilan ta’minlagan;
3) qullar xizmatidan harbiy harakatlarda ham foydalanishgan;
4) qulchilik tuzumi Qadimgi Rim qulchilik tartiblarini eslatar edi;
5) qullar mehnatidan ko`pincha ishlab chiqarishda foydalanilgan;
6) xo`jayin qulga yilda bir marta kiyim olib bergan.
A) 1,2,6
B) 3,4,5
C) 2,5,6
D) 1,3,4
7. Quyidagi asrlarni ularda sodir bo`lgan voqealar bilan moslashtiring.
1) VI asr; 2) VII asr; 3) XI asr.
a) Syuan Szyan Hindistonga keldi;
b) Guptalar imperiyasi parchalandi;
c) musulmon davlatlari hukmdorlari Hindistonga hujum boshladi.
A) 1-b, 2-c, 3-a
B) 1-a, 2-b, 3-c
C) 1-c, 2-a, 3-b
D) 1-b, 2-a, 3-c
8. Hindistonda Guptalar imperiyasi kimlarning hujumlari natijasida parchalangan?
A) kidariylar
B) arablar
C) eftaliylar
D) xioniylar
9. Hindistonda bo’lgan Xitoy tarixchisi kim edi?
A) Syuan Szyan
B) Sim Szyan
C) Chjan Szyan
D) Chjan Xe
10. Syuan Szyan yozishicha, ilk o`rta asrlarda Hindistonda bo`lgan katta-kichik knyazliklar soni qancha edi?
A) 60 ga yaqin
B) 50 ga yaqin
C) 90 ga yaqin
D) 70 ga yaqin
11. Hindistonda mavjud yer egaligni ularga xos bo`lgan xususiyatlar bilan moslashtiring.
a) patta; b) grass.
1) rojalar tomonidan amaldorlarga ma’lum muddatga foydalanish uchun berilgan yer;
2) in’om etilgan yer maydoni;
3) «yorliq» yoki «yorliqqa olingan yer» ma`nolarini anglatgan;
4) «bo‘lak» yoki «qultum» degan ma`nolarni anglatadi;
5) uni olgan shaxs harbiy xizmat o‘tab berishi lozim bo‘lgan;
6) undan alohida xizmat ko‘rsatgan kishilarni taqdirlash uchun ham foydalanishgan.
A) a-1,3,6; b-2,4,5
B) a-1,3,5; b-2,4,6
C) a-2,4,5; b-1,3,6
D) a-1,2,6; b-3,4,5
12. Hindistonda mulkchilik munosabatlari mustahkamlanib borishi bilan patta yer egaligi …
A) davlat tomonidan qaytarib olinib yirik feodallarga bo’lib berilgan.
B) barcha patta yerlari harbiylar ixtiyoriga o’ta boshlagan.
C) avloddan-avlodga o'tadigan merosiy mulkka aylana boshlagan
D) yerga egalik shakllari tugatilib barcha yerlar davlat ixtiyoriga olingan.
13. G'azna hukmdori Mahmud G’aznaviyning Hindistonga necha marotaba yurish qilgan?
A) 19 marta
B) 11 marta
C) 14 marta
D) 17 marta
14. Hindistonda XI asr boshlarida …
A) Guptalar imperiyasi gullab-yashnadi
B) Mahmud G’aznaviy qo'shinlari yurish qildi
C) Syuan Szyan keldi
D) Guptalar imperiyasi parchalandi
15. Sharq xalqlari ertaklarida qaysi davlat afsonaviy boyliklar mamlakati sifatida tasvirlangan?
A) Xitoy
B) Hindiston
C) Vizantiya
D) Arab xallifaligi
16. Yevropada qaysi davlat amaldorlarining boyliklari haqida turli afsonalar tarqalgan?
A) misr firavnlari
B) hind rojalari
C) xitoy imperatorlari
D) arab zadagonlari
17. Ilk o`rta asrlarda Hindistonda yetishtirilgan qaysi mahsulotlar asrlar o`tib qo`shni mamlakatlarga tarqalgan?
1) kunjut; 2) qovoq; 3) jo’xori; 4) sholi; 5) paxta; 6) anor; 7) shakarqamish; 8) qovun; 9) ziravorlar; 10) choy.
A) 2,4,5,7,8
B) 4,5,7,9,10
C) 1,3,6,8,9
D) 1,2,4,6,10
18. Hind hunarmandlari tomonidan tayyorlangan qanday mahsulotlar chetda ham yuksak baholangan?
1) zargarlik buyumlari; 2) jundan to`qilgan gazlamalar; 3) odam va hayvon haykalchalari;4) oltin va kumushdan yasalgan idishlar; 5) sopol buyumlar.
A) 1,3,5
B) 2,4
C) 2,3,5
D) 1,4
19. Hindistonda fil suyagi, yog‘ochning qattiq navlaridan yasalgan qanday haykalchalar xorijiy davlatlar hukmdorlari saroylarini bezagan?
A) xudolar haykalchalari
B) budda va Krishna haykalchalari
C) rojalar haykalchalari
D) odam va hayvonlar haykalchalari
20. Quyidagilarni moslashtiring.
1) Hindistoning bu qismida ko`plab dengiz porti shaharlari bo`lgan;
2) Hindistoning bu qismiga Mahmud G`aznaviy yurish qilgan;
3) Hindistonning bu qismi musulmon hukmdorlari tomonidan to`liq bosib olingan.
a) shimol; b) janub; c) sharq; d) g`arb.
A) 1-d, 2-a, 3-a
B) 1-a, 2-a, 3-a
C) 1-b, 2-a, 3-a
D) 1-c, 2-a, 3-c
21. O’rta asrlarda Hindistondagi eng yirik port shahar va uinng hokimiga berilgan nom mos berilgan javobni toping.
A) Dehli/ “ulug` roja”
B) Kalikut / “dengiz xo`jayini”
C) Bombay/ “yengilmas armada”
D) Kalkutta/ “Oliy Inka”
22. O`rta asrlarda qaysi davlat savdogarlari mato, zargarlik buyumlari, atir-upalar, ziravorlar olish maqsadida hind shaharlariga kelishardi?
1) Xitoy; 2) Afrika; 3) Kichik Osiyo; 4) Arabiston; 5) O‘rta Osiyo; 6) Kavkaz; 7) Eron; 8) Yaponiya.
A) 1,2,4,5
B) 1,2,5,7
C) 2,4,5,7
D) 2,4,6,8
13-§. Xitoy (IV–X asrlarda)
1. Quyidagi asrlarni unda sodir bo`lgan voqealar bilan moslashtiring.
1) III asr; 2) VII asr; 3) VI asr.
a) Xan quldorlik imperiyasi inqirozga uchrab, parchalanib ketdi
b) Xitoyda shaharlar birmuncha yuksaldi;
c) Xitoyda yagona pul joriy etildi.
A) 1-a, 2-c, 3-b
B) 1-b, 2-c, 3-a
C) 1-a, 2-b, 3-c
D) 1-c, 2-a, 3-b
2. Quyidagi atamalarni ularning ma`nolari bilan moslashtiring.
1) syan; 2) mu; 3) Tan.
a) Li Yuan asos solgan sulola nomi;
b) Xitoyda joriy etilgan yagona pul;
c) Xitoydagi o`lchov birligi nmoi.
A) 1-a, 2-c, 3-b
B) 1-b, 2-c, 3-a
C) 1-b, 2-a, 3-c
D) 1-c, 2-a, 3-b
3. Xitoydagi Xan davlati o`rnida tashkil topgan davlatlarni belgilang.
A) Vey, Shu va Sya
B) Vey, Shu va U
C) Vey, Shan va U
D) Tan, Suy va Vey
4. Xitoyda yerga egalik munosabatlari qachon shakllana boshlagan?
A) milodiy II asrdan
B) milodiy VI asrdan
C) milodiy III asrdan
D) milodiy VI asrdan
5. VI asrning ikkinchi yarmida Xitoyning birlashuviga qaysi omil turtki bo’lgan?
A) Xitoyni markazlashtirishga bo’lgan talab
B) savdo-sotiq, hunarmandchilik va dehqonchilikni qayta tiklash
C) bosqinchilik urushlarini olib borish
D) Turk xoqonligi hujui xavfi
6. Qaysi sulola davrida Xitoyda markazlashuv nihoyasiga yetgan?
A) Tan sulolasi
B) Suy sulolasi
C) Min sulolasi
D) Vey sulolasi
7. Xitoyda mavjud bo`lgan sulolarni ularning hukmronlik yillariga ko`ra moslashtiring.
1) Suy; 2) Tan; 3) Sun.
a) 589-618-yillar; b) 960-1279-yillar; c) 618-907-yillar.
A) 1-a, 2-b, 3-c
B) 1-b, 2-c, 3-a
C) 1-b, 2-a, 3-c
D) 1-a, 2-c, 3-b
8. Xan sulolasi chek qo`ygan o`zaro urushlar qancha davom etgan edi?
A) 3 asr
B) 2 asr
C) 6 asr
D) 4 asr
9. Ilk o’rta asrlarda qaysi sulola vakillari Xitoyda soliqlarni tartiblashtirib, pul islohoti o'tkazgan?
A) Vey sulolasi
B) Tan sulolasi
C) Xan sulolasi
D) Suy sulolasi
10. Xitoyda Buyuk kanal qurilishdan maqsad nima edi?
1) mamlakat viloyatlari orasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash;
2) aholi suv ta’minotini yaxshilash;
3) Xuanxe va Yanszi daryolari oralig'idagi hududlarni savdo-sotiq munosabatlariga tortish
4) tashqi savdoni rivojlantirish;
5) ichki savdoni rivojlantirish.
A) 1,3
B) 2,4
C) 1,5
D) 2,5
11. Qaysi omil Xitoyning sharqiy viloyatlarini dengizga chiqishi uchun sharoit yaratgan?
A) pul islohotining o’tkazilishi
B) Buyuk kanalning qurilishi
C) ortiqcha mahsulotlarning paydo bo’lishi
D) yerga egalik munosabatlarining shakllanishi
12. O`rta asrlarda Xitoyda mamlakat miqyosida yagona suv yo`lining barpo etilishi nima bilan bog`liq edi?
A) syanning joriy etilishi
B) Buyuk kanalning qurilishi
C) Hindiston bilan munosabatlarning rivojlanishi
D) geografiya fani taraqqiyoti
13. Tan sulolasi asoschisi haqida bildirilgan fikrlardan to`g`risini aniqlang.
1) Li Yuan ismli shaxs bo`lgan;
2) Suy Yuan ismli shaxs bo`lgan;
3) Xitoyning shimoli-g'arbidagi mahalliy hokimlardan biri hisoblangan;
4) Xitoyning janubi-sharqiy hududlari hukmdori hisoblangan;
5) 640-yilllarda taxtni egallagan;
6) 618-yilda taxtni egallagan.
A) 1,4,6
B) 2,4,6
C) 1,3,6
D) 1,3,5
14. Tan imperiyasi boshqaruvi davrida Xitoyda …
A) barcha yerlar amaldorlar o’rtasida taqsimlangan
B) barcha yerlar davlatniki deb e'lon qilingan
C) barcha yerlar dehqonlarga bo’lib berilgan
D) har bir dehqon oilasiga 200 mu dan yer maydonlari taqsimlab berilgan
15. Xitoyda 624-yilda qabul qilingan qonun mazmuni qaysi javobda to’g’ri izohlangan?
1) har bir xo'jalik 80 mugacha yerni ijaraga olish huquqiga ega bo'lgan;
2) dehqon o'z hovlisi va tomorqasini sotishi va garovga qo'yishi mumkin bo’lgan;
3) davlat tomonidan ajratilgan yerni sotish taqiqlangan;
4) barcha yerlar davlatniki deb e`lon qilingan;
5) dehqon o`z tomorqasini sotishi mumkin bo`lmagan;
6) barcha yerlar sun`iy sug`orish inshootlari bilan ta`minlangan.
A) 4,56,
B) 1,3,5
C) 2,4,6
D) 1,2,3
16. Xitoy yer o’lchovida l mu qancha ekin maydonini tashkil qiladi?
A) 6 sotix
B) 10 sotix
C) 12 sotix
D) 80 sotix
17. Tan imperiyasi davrida har bir xonadon o'z bog'ida nima o’stirishi majburiy edi?
A) beda
B) o’rik
C) tut
D) limon
18. Tan imperiyasi davrida Loyan hududida Buyuk kanal qurilishiga (a) hamda Buyuk Xitoy devorini qurish va ta'mirlashga (b) qancha kishi jalb etilgan?
1) 1 milliondan ortiq kishi; 2) 2 milliondan ortiq kishi; 3) 2 million; 4) 1 million.
A) a-1, b-3
B) a-4, b-2
C) a-4, b-1
D) a-3, b-1
19. Xitoyda Tan imperatorlari kimlarga yirik yer maydonlarini taqdim etgan?
1) o'z a'yonlari; 2) lashkarboshilar; 3) tabiblar; 4) ruhoniylar; 5) amaldorlar; 6) sex oqsoqollari; 7) zodagonlar; 8) shahar aholisi.
A) 1,2,5,7
B) 3,4,6,8
C) 1,5,6,7
D) 2,3,7,8
20. Tan imperatorlari tomonidan ayrim a'yonlarning unvon va lavozimlariga qarab qanchagacha yer taqdim qilingan?
A) 1000 dan 8 ming mugacha
B) 300 dan 6 ming mugacha
C) 6000 dan 12 ming mugacha
D) 500 dan 10 ming mugacha
21. Tan imperatorlari tomonidan harbiy yoki amaldorga alohida xizmatlari uchun qanchagacha yer berilgan?
A) 1000 dan 8 ming mugacha
B) 300 dan 6 ming mugacha
C) 6000 dan 12 ming mugacha
D) 500 dan 10 ming mugacha
22. Xitoyda Tan imperiyasi davrida qaysi yerlar soliqlardan ozod qilingan?
A) ijaraga berilgan yerlar
B) aholining tomorqa yerlari
C) ibodatxonaga qarashli yerlar
D) imperator taqdim etgan yerlar
23. Xitoyda VII asrda qaysi shaharlar rivojlangan?
1) Guanchjou; 2) Pekin; 3) Nankin;4) Xanchjou; 5) Yanchjou; 6) Kayfin
24. Xitoydagi Xanchjou, Kayfin, Yanchjou shaharlarining yuksalishi nima bilan bog`liq edi?
A) yagona pulning joriy etilishi bilan
B) ortiqcha mahsulotlarning paydo bo’lishi
C) savdo va hunarmandchilikning yuksalishi bilan
D) yerga egalik munosabatlarining shakllanishi
25. Xitoyda Tan imperatorlari tomonidan qanday ta’qiq joriy qilingan?
A) hunarmandchilik bilan alohida shug’ullanish
B) shaharlarda kechasi ko'chaga chiqish
C) shaxsiy tomorqalarni sotish
D) sariq rangli matolar kiyib yurish
26. Tan imperiyasi davrida shahar devoridan oshib o’tganlarga qanday chora qo’llanilgan?
A) shahardan haydab yuborilgan
B) qulga aylantirilgan
C) 70 darra kaltaklangan
D) 100 syan miqdorida jarima solingan
27. VII-VIII asrlarda Xitoyda qaysi sohalar yuksalgan?
1) ipak matolar to’qish; 2) tuz ishlab chiqarish; 3) tog'-konchilik; 4) temir buyumlar tayyorlash; 5)
28. O`rta asrlarda Xitoydagi eng yirik bozor qayerda joylashgan edi?
A) Pekin
B) Yanchjou
C) Xanlin
D) Loyan
29. Quyidagi qaysi shahar suv va quruqlik savdo yollari kesishgan joyda joylashgan?
A) Koreyaga qarshi
B) Yaponiyaga qarshi
C) Turk xoqonligiga qarshi
D) Qoraxoniylarga qarshi
31. Tan sulolasi quyidagi qaysi davlatlarga nisbatan urushlar olib borgan?
1) Arab xalifaligi; 2) Koreya; 3) G`arbiy Turk xoqonligi; 4) Vizantiya; 5) Gaochan; 6) Magadxa.
1) Samarqand; 2) Buxoro; 3) Gaochan; 4) Pxenyan.
A) 3,4
B) 3
C) 1,2
D) 1,2,3
33. Xitoy tomonidan Gaochan davlati mag`lub etilgan (a) va Koreyaga qarshi urush boshlangan (b) yillarni toping.
1) 668-yil; 2) 679-yil; 3) 680-yil; 4) 640-yil.
A) a-4, b-3
B) a-1, b-3
C) a-4, b-1
D) a-1, b-2
34. Xitoy Gaochanni bosib olgach, qaysi xalqlar bilan uzoq yillar davomida urushlar olib borgan?
A) mo’g’ullar
B) uyg’urlar
C) koreyslar
D) dovonliklar
35. Xitoy va G`arbiy Turk xoqonligi o`rtasida sodir bo`lgan urushlar haqidagi to`g`ri ma`lumotlarni aniqlang.
1) Xitoy g`alabasi bilan tugagan;
B) 1,3
C) 1,5
D) 2,5
36. Tan sulolasi davrida Xitoy yurish qilgan Koreyaning poytaxti qayer edi?
A) Seul
B) Nankin
C) Pxenyan
D) Keson
37. Xitoy VII-VIII asrlarda qaysi davlatlar bilan diplomatik aloqalar o'rnatgan?
1) Turk xoqonligi; 2) O'rta Osiyo; 3) Eron; 4) Arab xalifaligi; 5) Vizantiya; 6) Yaponiya; 7) Hindiston; 8) Misr.
A) 1,4,5,6,7
B) 1,2,3,5,8
C) 1,2,3,4,7
D) 2,3,4,6,8
38. Sun sulolasi davrida Xitoy qaysi hududlar bilan savdo-sotiq qila boshlagan?
1) Turk xoqonligi; 2) O'rta Osiyo; 3) Hindiston; 4) Arab xalifaligi; 5) Hindixitoy; 6) Misr.
A) 1,2,4
B) 1,3,5
14-§. Osiyo mamlakatlari madaniyati
1. Arablar dastlab qaysi xalqlarga nisbatan qoloq bo`lgan?
1) yunonlar; 2) xunnlar; 3) varvarlar; 4) yahudiylar, 5) suriyaliklar; 6) gotlar; 7) forslar; 8) sug‘diylar; 9) mo`g`ullar; 10) uyg`urlar.
A) 1,3,4,5,8
B) 1,4,5,7,8
C) 2,3,6,9,10
D) 2,3,5,8,9
2. Arab xalifaligida qaysi fanlar taraqqiyoti hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga olib kelgan?
1) matematika; 2) geografiya; 3) tibbiyot; 4) musiqa; 5) ilohiyot; 6) astronomiya.
A) 1,2,6
B) 1,2,3
C) 2,4,6
D) 2,3,5
3. Quyidagi asrlarni ularga xos voqealar bilan muvofiqlashtiring.
1) IX asr boshlari; 2) X asr.
a) musulmon adabiyoti fors tiliga tarjima qilina boshladi;
b) musulmon adabiyoti arab tiliga tarjima qilina boshladi;
c) “Bayt ul-hikma” tashkil etildi.
A) 1-b, 2-a
B) 1-c, 2-a
C) 1-b, 2-c
D) 1-c, 2-b
4. Matematika tarixida birinchi bo‘lib algebra faniga kim asos solgan?
A) Al-Farg`oniy
B) Beruniy
C) Muhammad Xorazmiy
D) Mirzo Ulug`bek
5. Matematikada foydalaniladigan hind raqamlari Yevropaga qanday nom bilan tarqalgan?
A) nol raqami
B) rus raqamlari
C) krillitsalar
D) arab raqamlari
6. Qaysi xalifaning saroyida "Bayt ul-hikma" - "donishmandlik uyi" tashkil etilgan?
A) Umar
B) xalifa Amun
C) xalifa Ma`mun
D) Horun ar-Rashid
7. Arab xalifaligida quyidagi qaysi fanlar taraqqiyoti hunarmandchilik va savdoning yukasalishiga olib kelgan?
1) matematika; 2) tibbiyot; 3) geografiya; 4) musiqa; 5) ilohiyot; 6) astronomiya.
A) 1,2,5
B) 1,2,3
C) 2,4,6
D) 1,3,6
8. Globus va usturlob qaysi davlatda yaratilgan?
A) Arab xalifaligida
B) Xitoyda
C) Hindistonda
D) Vizantiyada
9. Quyidagi qaysi fanlar bir xil ma`noni anglatadi?
A) handasa/matematika
B) aruz/morfologiya
C) astrolyabiya/usturlob
D) ilmu hayat/tarix
10. Yevropa tibbiyoti XVII asrning o'rtalariga qadar bilim va amaliy qaysi allomalar asarlaridan olgan?
A) Abu Rayhon Beruniy va Abu Nasr Forobiy
B) Zamaxshariy va Moturidiy
C) Marg`inoniy va Xorazmiy
D) Abu Ali ibn Sino va Abu Bakr ar-Roziylar
11. Arab xalifaligining qaysi shaharlarida rasadxonalar barpo etilgan?
A) Makka va Madinada
B) Hijoz va Yamanda
C) Bag’dod va Damashqda
D) Sheroz va Hijozda
12. Yevropaliklardan bir necha asr avval arab sayyohlari bo`lib qaytgan hududlarni toping.
1) O`rtayer dengizi; 2) Hindiston; 3) Xitoy; 4) Koreya; 5) Afrika; 6) Lotin Amerikasi; 7) Sharqiy Yevropa; 8) Old Osiyo.
A) 1,2,3,6
B) 1,2,4,5
C) 2,3,5,7
D) 2,3,7,8
13. Hindiston, Xitoy, Afrika va Sharqiy Yevropaning chekka hududlari haqida asarlar yozib, xaritalarini tuzgan arab sayyohlari kim edi?
1) Ibn Dast; 2) Al-Ma'sudiy; 3) Al-Xolidiy; 4) Ibn Fadlan; 5) Ibn Battuta; 6) Ibn Solih; 7) Ibn Arabshoh; 8) Ibn Muborak.
A) 1,2,3,4
B) 1,2,4,5
C) 2,3,5,7
D) 5,6,7,8
14. Quyidagi jumlani to`ldiring.
“Musulmon adabiyoti dastlab … yaratilgan va u keyinchalik … tarjima qilingan”.
A) fors tilida/arab tiliga
B) arab tilida/hind tiliga
C) arab tilida/fors tiliga
D) fors tilida/turk tiliga
15. Arab savdogarlari va sayyohlari sarguzashtlari, afsona va ertaklari asosida vujudga kelgan arab adabiyotining durdonasi qaysi edi?
A) “Ming bir kecha”
B) “Nodir hikoyalar”
C) “Saodat asri”
D) “Arab xalq ertaklari”
16. Xalifalik san’atining barcha sohalariga nisbatan taraqqiy etgan soha nima edi?
A) naqqoshlik
B) to’quvchilik
C) me’morchilik
D) xattotlik
17. Quyidagi Arablar davri me’morchiligi namunalarini ular joylashgan hududlar bilan moslashtiring.
1) Al-Hamro saroyi; 2) Hasan masjidi; 3) Ismoil Somoniy maqbarasi.
a) Buxoro; b) Granada; c) Qohira.
A) 1-c, 2-b, 3-a
B) 1-b, 2-c, 3-a
C) 1-a, 2-b, 3-c
D) 1-a, 2-c, 3-b
18. Al-Hamro saroyi va Kordovadagi masjidga xos umumiy xususiyatni belgilang.
A) har ikkalasi ham Ispaniyada joylashgan
B) har ikkalasi ham 100 ta xonadan iborat
C) har ikkalasi ham Italiyada joylashgan
D) har ikkalasi ham forslar tomonidan qurilgan
19. Arablar davrida Kordova shahrida qanday inshoot bunyod etilgan?
A) maqbara
B) masjid
C) saroy
D) ibodatxona
20. Yevropalik olimlar Osiyo mamlakatlarining qaysi sohalardagi yutuqlarini o‘zlashtirishgan?
1) matematika; 2) geografiya; 3) tibbiyot; 4) musiqa; 5) ilohiyot; 6) astronomiya; 7) geometriya; 8) kartografiya.
A) 1,2,6,7
B) 1,3,6,8
C) 4,5,6,8
D) 3,4,5,7
21. Musulmon tasviriy san`ati qaysi sohada o`zining yuksak cho`qqisiga erishgan?
A) rasm chizish sohasida
B) haykaltaroshlik sohasida
C) kulolchilik sohasida
D) kitoblarni bezash sohasida
22. Islom dinida nimani tasvirlash taqiqlangan?
A) o’simliklarni tasvirlash
B) yulduzlar va sayyoralarni tasvirlash
C) tirik jonzotlarni tasvirlash
D) osmonni tasvirlash
23. Musulmonlar san'atining asosi tasvir emas, balki …
A) xattotlik, ya'ni chiroyli yozish san'ati bo'lgan.
B) inson ihcki go’zalliklarini ifoda qilish bo’lgan.
C) chiroyli amallarni ko’rsatish san’ati bo’lgan.
D) insonning zohiriy go’zalliklarini ifodalash san’ati bo’lgan.
24. Quyidagilardan qaysilari arab yozuviga xos?
1) fors yozuvi asosida yaratilgan;
2) oromiy alifbosi asosida yaratilgan;
3) 36 ta harfdan iborat;
4) 28 ta harfdan iborat;
5) chapdan o`ngga tomon yoziladi;
6) o‘ngdan chapga tomon yoziladi.
A) 2,4,6
B) 1,4,6
C) 2,4,5
D) 1,3,5
25. Xattotlik san’atining yuksalishiga qaysi hududlar vakillari qo’shgan hissa beqiyos bo’lgan?
A) Misr, Eron, Iroq
B) Eron, Xuroson, Movarounnahr
C) Movaraunnahr va Old Osiyo
D) Kichik Osiyo, Misr, Kavkazorti
26. O’rta asrlarda hind olimlari qaysi sohalarda katta yutuqlarga erishgan?
1) matematika; 2) geografiya; 3) astronomiya; 4) tibbiyot; 5) okeanshunoslik; 6) kartografiya.
A) 4,5,6
B) 1,3,5
C) 1,3,4
D) 1,2,3
27. Quyidagilardan hind madaniyatiga xos bo`lgan javoblarni toping.
1) tarixiy solnomalar tuzishga alohida e`tibor qaratilgan;
2) rassomchilikning devoriy rasmlar chizish sohasi ayniqsa rivojlangan;
3) yirik shaharlarda tashkil etilgan maktablarda bo`lajak amaldorlar tayyorlangan;
4) tadqiqotlar natijasida Yerning aylana shaklda ekanligi va o‘z o‘qi atrofida aylanishi faraziga kelishgan;
5) tabiblar og‘riqni bosadigan dori-darmonlar ko‘magida jarrohlik muolajalarini o‘tkazgan;
6) davolashda maxsus tayyorlangan suyuq va quyuq dorilardan foydalanilgan.
A) 4,5,6
B) 1,3,5
C) 2,3,5
D) 2,4,6
28. Quyidagilardan qaysilari Ajanta ibodatxonasiga xos?
1) g'or ichida o'yib ishlangan;
2) Janubiy Hindistonda joylashgan;
3) Markaziy Hindistonda joylashgan;
4) 29 ta xonadan iborat;
5) 59 ta xonadan iborat;
6) miloddan avvalgi II asrdan – milodiy VII asrga qadar bunyod etilgan
A) 1,2,4,6
B) 1,3,5,6
C) 1,3,4,6
D) 1,2,5,6
29. Ajanta ibodatxonasida xudolar, odamlar va hayvonlar haykallari nimadan ishlangan?
A) suyakdan
B) toshdan
C) jezdan
D) tosh va jezdan
30. Quyidagi qaysi xalq ixtiro qilgan eng qadimgi yozuvidan hozirga qadar foydalanib kelmoqda?
A) xitoylikar
B) sug`dlar
C) eronliklar
D) lotinlar
31. Xitoyda ilk o’rta asrlarda qaysi fanlar yuksak rivojlangan?
1) matematika; 2) astronomiya; 3) tarix; 4) geografiya; 5) ilohiyot; 6) falsafa; 7) geometriya; 8) musiqa.
A) 5,6,7,8
B) 1,4,6,7
C) 1,2,3,4
D) 2,4,5,8
32. Xitoy imperatorlari saroyida olimlarning oliy yig‘inlari tashkil etilgan asr va uning keyingi nomi mos berilgan javobni toping.
A) VII asr/Xanlin akademiyasi
B) VIII asr/Xanlin akademiyasi
C) X asr/Konfutsiy maktabi
D) VII asr/Poytaxt axboroti
33. Xitoyliklar X asrda qanday kashfiyotni amalga oshirganlar?
A) selitradan porox olishni
B) shoyi so’zana to’qishni
C) ipakdan mato to’qishni
D) paxtadan shoyi to’qishni
34. Xitoyda dastlab poroxdan qanday maqsadda foydalanilgan?
A) harbiy maqsadda
B) yerni o’g’itlashda
C) mushakbozlikda
D) temir eritishda
35. Qaysi sulola davriga oid 500 jildlik solnomalar bizga qadar saqlanib qolgan?
A) Sun sulolasi
B) Suy sulolasi
C) Tan sulolasi
D) Yuan sulolasi
36. O’rta asrlarda Xitoyda yirik shaharlarda maktablar tashkil etilib, ularda kimlar tayyorlangan?
A) bo'lajak amaldorlar
B) ruhoiylar
C) usta va xalfalar
D) barcha janvoblar to’g’ri
37. Xitoydagi amaldorlar tayyorlanadigan maktablarda o'quvchilardan qaysi fanlarni bilish talab qilingan?
1) matematika; 2) astronomiya; 3) tarix; 4) grammatika; 5) ilohiyot; 6) falsafa; 7) geometriya; 8) adabiyot.
A) 2,4,6,8
B) 1,4,6,8
C) 1,3,5,7
D) 1,3,4,5
38. O`rta asrlarda Xitoy me'morlari saroylar, ibodatxonalar, minoralar va ko'priklar qurishda nimalardan foydalangan?
1) tosh; 2) yog'och; 3) g`isht; 4) jez; 5) loy; 6) ipak; 7) marmar; 8) temir.
A) 2,4,6,8
B) 1,4,6,8
C) 1,3,5,7
D) 1,2,7,8
39. O’rta asrlarda Xitoy rassomlari o'zlarining san'at asarlarini nimalarda yaratganlar?
1) tosh; 2) yog'och; 3) ipak; 4) mis; 5) loy; 6) bambuk; 7) qog`oz; 8) temir.
A) 2,3,6,7
B) 4,5,6,8
C) 1,4,7,8
D) 1,2,3,7
40. O’rta asrlarda Xitoyda rassomchilikning qaysi sohasi ko`p rivoj topgan?
A) tabiat manzaralarini tasvirlash
B) devoriy rasmlar chizish sohasi
C) imperatorlar saroylarini bezash
D) kitob miniatyuralari sohasi
41. "Poytaxt axboroti" nomli gazeta qachon va qayerda chiqa boshlagan?
A) VIII asr/Pekinda
B) VII asr/Chechen-Itsa
C) IV asr/Kosntantinopol
D) XI asr/Kiyev Rusi
42. "Poytaxt axboroti" nomli gazetada qanday xabarlar yozilgan?
A) davlatning harbiy harakatlari va urushlar haqida
B) savdo bozorlari, yo’llari haqidagi yangi ma’lumotlar
C) imperator farmonlari va eng muhim voqealar
D) yangi soliqlar, to’lovlar, qurilishlar haqida
43. "Poytaxt axboroti" gazetasini qay shaklda ko’paytirishgan?
A) yog'ochda o'yib yozilgan matndan
B) xattotlarning ko’chirib yozishlari bilan
C) loy taxtachali bosmalar yordamida
D) gazeta kam sonli bo’lib qo’lda yozilgan
44. Qaysi davlat tabiblari turli o'simliklarning shifobaxsh xususiyatlarini aniqlab, ulardan dori-darmonlar tayyorlaganlar?
A) misr tabiblari
B) hind tabiblari
C) arab tabiblari
D) xitoy tabiblari
45. Pantomima bu - ...?
A) sirk artisti
B) imo teatr
C) qo`girchoq teatri
D) kulgili hikoya
46. Pantomima datlab qaysi davlatda tashkil etilgan?
A) Vizantiya
B) Afina
C) Xitoy
D) Rim
47. O’rta asrlarda xitoyliklar hayotiga va ularning me'morchiligiga katta ta'sir ko'rsatgan soha nima edi?
A) buddizm
B) xristian
C) zardo’shtiylik
D) moniylik
48. Ziryab haqida bildirilgan fikrlardan to`g`risini aniqlang.
1) mavsumga qarab kiyim kiyinishni joriy etgan;
2) tantanalarda kiyinishning tartib qoidalarini belgilab bergan;
3) yupqa shisha idish oltin va kumush idishga nisbatan qulay va nafis ekanligini isbotlagan;
4) tantanalarda dasturxonga taom tortishning qat’iy tartibini belgilab bergan;
5) dunyodagi ilk operani yaratgan;
6) oltin va kumush idishlarning nafisligini isbotlab bergan.
A) 1,2,3
B) 1,3,4
C) 4,5,6
D) 2,5,6
49. Ziryabning yashagan davri va kasbi mos berilgan javobni toping.
1) IX asr; 2) XI asr.
a) qo`shiqchi, b) aktyor; c) musiqachi; d) raqqos.
A) 2-a,b
B) 2-b,d
C) 1-a,c
D) 1-b,c
50. Ziryab belgilab bergan tantanalarda dasturxonga taom tortishning qat’iy tartibini belgilang.
1) suyuq taom; 4) go‘shtli taom; 3) parranda go‘shti; 2) shirinliklar.
A) 1,4,3,2
B) 4,2,1,3
C) 1,2,3,4
D) 3,2,1,4
15-§. Yevropada o‘rta asr shaharlari
1. Yevropada X-XI asrlarda ishlab chiqarishning yuksalishi eng avvalo qaysi sohada kuzatilgan?
A) dehqonchilik
B) savdo-sotiq
C) hunarmandchilik
D) chorvachilik
2. O`rta asrlarda hunarmandchilikni dehqonchilikdan alohida sohaga aylantirgan omil nima edi?
1) mehnat qurollarining takomillashuvi;
2) savdo-sotiq rivoji;
3) sexlarning vujudga kelishi;
4) shaharlar taraqqiyoti;
5) ustalar mahoratining oshishi.
A) 1,5
B) 1,3
C) 2,4
D) 2,5
3. O’rta asrlarda Yevropada uch almashlab ekishga o’tilganda yerning qancha qismi band bo’lgan?
A) uchdan bir qismi
B) beshdan bir qismi
C) beshdan to`rt qismi
D) uchdan ikki qismi
4. O`rta asrlarda nimaning tarqalishi yerni 2-3 marta haydash imkoniyatini yaratgan?
A) ot arava
B) og`ir g`ildirakli plug
C) omoch
D) bo`yinturuq
5. O’rta asrlarda Yevropa dehqonchiligida nimaning kashf etilishi plugni otga qo'shib yerni haydashni tezlashtirgan?
A) ot arava
B) omoch
C) bo'yinturuq
D) no`xta
6. Jahon tarixi uchun o‘rta asrlarning rivojlangan davri qaysi asrlar bilan belgilanadi?
A) XI-XV asrlar
B) V-XI asrlar
C) IV-XVI asrlar
D) X-XV asrlar
7. Quyidagi qaysi voqea XIV-XV asrlarga oid emas?
A) Yevropada 20-30 ming kishi yashagan shaharlar yirik hisoblangan
B) Yevropada shahar kambag`allari qo`zg`olonlari bo`lib o`tdi
C) sexlar ishlab chiqarish rivojlanishiga to`sqinlik qila boshladi
D) Yevropada ishlab chiqarishning yuksalishi hunarmandchilikda kuzatildi
8. Quyidagi asrlarni ularda sodir bo`lgan voqealar bilan moslashtiring.
1) IX-X aslar; 2) XII-XIII asrlar; 3) X-XI asrlar.
a) Yevropada ishlab chiqarishning yuksalishi hunarmandchilikda kuzatildi;
b) Italiya va Fransiyaning janubidagi shaharlar yuksala boshladi;
c) Germaniyada o`rta asr shaharlari vujudga kela boshladi;
d) Venetsiya va Marsel shaharlari yuksala boshladi;
e) Fransiya shaharlarida senyorlarga qarshi kurash bo`lib o`tdi;
g) Rus yerlarida o`rta asr shaharlari vujudga kela boshladi.
A) 1-b,d; 2-e,g; 3-a,c
B) 1-a,c; 2-e,g; 3-b,d
C) 1-a,e; 2-b,c; 3-g,d
D) 1-b,c; 2-g,d; 3-a,e
9. IX-X asrlarda yuksala boshlagan Yevropa shaharlarini belgilang.
1) Venetsiya; 2) Genuya; 3) Florensiya; 4) Perudja; 5) Marsel; 6) Kyoln; 7) Tuluza; 8) Siena; 9) Kordova; 10) Sevilya.
A) 1,2,5,6,8
B) 2,4,6,9,10
C) 1,4,6,7,10
D) 1,2,3,5,7
10. Fransiyaning janubida o`rta asr shaharlari yuksala boshlagan (a) va uning shimolida shaharlar vujudga kelgan (b) asrlarni belgilang?
1) IX-X asrlar; 2) XI-XII asrlar; 3) XII-XIII asrlar; 4) X-XI asrlar.
A) a-2, b-1
B) a-4, b-1
C) a-1, b-4
D) a-2, b-3
11. Quyidagi qaysi hududda yangi shaharlar XII-XIII asrlarda vujudga kelmagan?
A) Boltiqbo`yi
B) Vengriya
C) Rus yerlari
D) Venetsiya
12. O’rta asrlarda Italiya va Fransiyaning janubidagi shaharlarining yuksalishiga turtki bo’lgan sababni aniqlang.
A) Salib yurishlari davrida katolik dinining asosiy markazlari bo`lganligi
B) bu shaharlarning feodallar urushidan xoliligi
C) dengiz orqali savdo yo'lida joylashganligi
D) ushbu shaharlarda respublika tuzumi o`rnatilganligi
13. X -XI asrlarda quyidagi qaysi hududlarda yangi shaharlar vujudga kelgan?
1) Fransiyaning shimoli; 2) Niderlandiya; 3) Angliya; 4) Rus yerlari; 5) Vengriya; 6) Boltiqbo`yi; 7) Germaniya; 8) Fransiyaning janubi.
A) 4,5,6
B) 2,3,5,8
C) 1,3,5
D) 1,2,3,7
14. O’rta asrlarda Yevropa shaharlarining turli asrlarda vujudga kelishining asosiy sababini belgilang.
A) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi farqlar
B) hokimiyat uchun urushlar va feodal tarqoqlik
C) katolik dinining kuchli ta’siri
D) iqlimning sovuqligi
15. O’rta asrlarda Yevropada shaharlar monastrlar va qasrlar atrofida shakllanishining sababi nima edi?
1) monastir va qasrlarda yashovchilarning hunarmandlarga ehtiyoji;
2) monastir va qarslarda handaqning mavjudligi;
3) dushman xavf solganida yashirinishi imkoniyati bo’lganligi;
4) Papa va qirol hokimiyatining kuchliligi.
A) 3
B) 1,2,3,4
C) 1,3,4
D) 1,3
16. Quyidagi shaharlarni ularning paydo bo`lish o`rniga ko`ra moslashtiring.
1) monastirlar atrofida vujudga kelgan;
2) fedallar qal`alari atrofida vujudga kelgan;
3) daryo sohillari bo'ylarida, ko'priklar yonida barpo qilingan.
a) Padeborn; b) Augsburg; c) Bryugge; d) Myunster; e) Strasburg; f) Gamburg; g) Sen-Gallen; h) Sen-Dene; i) Bremen; j) Sveybryukken.
A) 1-d,g,h; 2-b,f,e; 3-a,i,j,c
B) 1-a,i,j,c; 2-b,f,e; 3-d,g,h
C) 1-b,f,e; 2-a,i,j,c; 3-d,g,h
D) 1-a,i,j,c; 2-d,g,h; 3-b,f,e
17. O’rta asrlarda Yevropada dastlab shaharlar qaysi jihati bilan qishloqlardan farq qilgan xolos?
A) bozorning mavjudligi bilan
B) cherkovning mavjudligi bilan
C) aholisining ko’pligi bilan
D) uylarning ko`pligi va balandligi bilan
18. Quyidagilardan qaysi biri o’rta asr Yevropa shaharlariga xos emas?
A) shaharlar atrofi minorali mudofaa devori bilan o'ralgan
B) shahar darvozalari va ko'priklari mustahkam temirdan yasalgan
C) kechasi ko'priklar ko'tarib qo'yilgan
D) shaharlar cherkovning mavjudligi bilan qishloqlardan farq qilgan
19. O’rta asrlarda Yevropa shaharlarining markazida qanday inshootlar bo’lgan?
1) bozor maydoni; 2) sexlar qabulxonasi; 3) ibodatxona; 4) ratusha; 5) karvonsaroy; 6) universitet.
A) 1,2,3
B) 2,5,6
C) 1,3,4
D) 1,5,6
20. Quyidagi atamalardan qaysi biri hunarmandlar hayoti bilan bog`liq emas?
A) qo`r
B) sexlar
C) sandon
D) ratusha
21. Quyidagilardan qaysi biri shahar kengashi binosi hisoblanadi?
A) sexlar
B) qo`r
C) ratusha
D) sandon
22. O’rta asr Yevropa shaharlarida binolar asosan qanday mahsulotdan qurilgan?
A) betondan
B) paxsadan
C) g’ishtdan
D) yog’ochdan
23. O’rta asr Yevropa shaharlarida aholining aksari qismini kimlar tashkil qilgan?
A) dehqonlar va hunarmandlar
B) hunarmandlar, savdogarlar
C) sarroflar, hammol va ustalar
D) dindorlar, amaldorlar va qullar
24. O’rta asr Yevropa shaharlarida aholining katta qismi qaysi soha bilan shug'ullangan?
A) dehqonchilik
B) hunarmandchilik
C) chorvachilik
D) savdo-sotiq
25. Yevropa o'rta asr shaharlari aholisi ko'p bo'lmagan. Ko'pchilik shaharlar aholisi...
A) 3-5 mingdan ortmagan
B) 30-50 mingdan ortmagan
C) 300-500 mingdan ortmagan
D) 3-5 mln.dan ortmagan
26. Parij, Konstantinopol, Milan, Florensiya, Kordova, Seviliya. Ushbu shaharlarga xos bo`lgan umumiy xususiyat nima edi?
A) bu shaharlarda o`rta asrlarda sexlarning tabaqalanishi kuzatilgan
B) o`rta asrlarda ushbu shaharlarda kambag`allar qo`zg`olonlari bo`lib o`tgan
C) o`rta asrlarda ushbu shaharlarda senyorlarga qarshi kurash bo`lib o`tgan
D) bu shaharlarda o`rta asrlarda 80-100 ming aholi yashagan
27. Quyidagi qaysi atama dastlab xalfaning ustalikka bag’ishlov ziyofati nomi bo`lgan va keyinchalik ma'lum kasb ustalarining uyushmasi ma’nosini anglatgan?
A) shogird
B) ustod
C) xalfa
D) sex
28. Hunarmandlar uyushmasini anglatuvchi – sex nemischa qaysi so`zdan kelib chiqqan?
A) zexe
B) sexus
C) zexen
D) suxan
29. O`rta asrlar hunarmandlari uyushmasi - sex nizomi qay tariqa qabul qilingan?
A) general shtatlar tomonidan
B) ustalarning umumiy yig`ilishida
C) qirol farmoniga ko`ra
D) xalfa va ustalar kengashi qarori asosida
30. Quyidagilardan hunarmandlar uyushmasi – sex nizomiga xos javoblarni belgilang.
1) buyumlar faqat ma'lum namuna bo'yicha yasalgan?
2) tayyor buyumlar narxi sex oqsoqoli tomonidan belgilangan
3) nizomda sotiladigan mahsulot qirol ko`rigidan o`tishi kerakligi aytilgan
4) har bir hunarmand sex oqsoqliga buyumlarni tekinga yasab berishi belgilangan
5) nizomda ustaning dastgohlari, o`quvchi-shogirdlari, xalfalari soni belgilab berilgan
6) buyumlar sifati uchun sex oqsoqoli mas`ulligi belgilangan.
A) 1,3,4
B) 1,2,5
C) 2,5,6
D) 1,2,6
31. Yevropa o'rta asr shaharlarida sexni boshqarish uchun saylangan oqsoqol qanday masalalarni nazorat qilgan?
1) dastgohlarning sozlik darajasini;
2) hunarmandlarning nizomga rioya qilishini;
3) tayyorlangan buyumlarning sifatini;
4) hunarmandlarning yashash darajasini;
5) tayyorlangan buyumlarning sonini;
6) hunarmandlarning qirolga sodiqligini.
A) 1,3,5
B) 1,2,3
C) 2,4,6
D) 2,3,5
32. Yevropada o’rta asr sexlarida xalfalik muddati kasbning murakkabligiga qarab necha yil davom etgan?
A) 1-4 yil
B) 1-10 yil
C) 2-7 yil
D) 2-10-yil
33. O`rta asr sexlarida xalfa tomonidan nodir buyumning yasalishi va yasalgan buyumning sex oqsoqoli sinovidan o`tishi nimani anglatgan?
A) ustaning xalfani shogirlikka qabul qilishini
B) xalfalik muddatining tugaganligini
C) xalfaning ustoziga sodiqligini
D) xalfaning ustoziga hurmatini
34. Yevropaning qaysi davlatida xalfa sexe - ziyofat uyushtirib, so'ng ustalikka ruxsat olgan?
A) Angliyada
B) Fransiyada
C) Ispaniyada
D) Germaniyada
35. O’rta asrlarda Yevropa davlatlari sexlari haqida berilgan ma’lumotlardan qaysi biri noto`g`ri?
A) sexlar shahar mudofaasida alohida bo'linma tarzida qatnashgan
B) sexlarning o'z gerbi, bayrog'i, ibodatxonasi bo`lgan
C) sexlarning alohida qabristoni bo'lgan
D) sexlar dastlab ishlab chiqarish rivojiga to`sqinlik qilgan
36. XIV-XV asrlarda Yevropada sexlarning tabaqalanishi qaysi shaharlarda boshlangan?
1) Venetsiya; 2) London; 3) Florensiya; 4) Perudja; 5) Marsel; 6) Kyoln; 7) Tuluza; 8) Parij; 9) Bazel; 10) Bristol.
A) 1,2,3,4,5
B) 1,3,6,7,9
C) 2,3,8,9,10
D) 2,3,4,8,10
37. Yevropada xalfalarning «birodarlik» jamiyatlari nimalar uchun kurashgan?
1) o`z respublikalarini tuzish;
2) 14-16 soat davom etadigan ish vaqtini qisqartirish;
3) mehnat sharoitlarini yaxshilash;
4) o`z haq-huquqlari;
5) savdo-sotiqni rivojlantirish;
6) ustalar manfaati.
A) 2,3,4
B) 1,5,6
C) 1,3,6
D) 2,4,5
38. O`rta asrlarda Yevropaning qaysi shaharlarida shahar kambag'allari qo'zg'olonlari bo'lib o'tgan?
1) Venetsiya; 2) Genuya; 3) Florensiya; 4) Perudja; 5) Marsel; 6) Kyoln; 7) Tuluza; 8) Siena; 9) Kordova; 10) Sevilya.
A) 3,5,7,9
B) 3,4,6,8
C) 1,2,8,10
D) 1,4,5,7
Do'stlaringiz bilan baham: |