4-§. Britaniyadan Angliyaga
1. Rim imperiyasi istilosi davrida Britaniya oroli janubida (a) va orolning shimolida (b) qaysi qabilalar yashagan?
1) kelt; 2) pikt; 3) britt; 4) skot.
A) a-1,3; b-2,4
B) a-1,2; b-3,4
C) a-3,4; b-1,2
D) a-2,4; b-1,3
2. Skot, pikt qabilalari hozirgi qaysi davlat hududlariga yashagan?
A) Irlandiya va Shotlandiyada
B) Irlandiya va Bretanda
C) Bretan va Normandiyada
D) Akvitaniya va Normandiyada
2. Quyidagi Angliya tarixiga oid sanalarni ularning izohlari bilan moslashtiring.
1) 407-yil; 2) 842-yil; 3) 879-yil.
a) Rim legionlari Britaniya hududini tashlab Italiyaga qaytdi;
b) Alfred daniyaliklar bilan sulh imzoladi;
c) normannlar Londonni bosib oldi.
A) 1-b, 2-a, 3-c
B) 1-a, 2-c, 3-b
C) 1-a, 2-b, 3-c
D) 1-b, 2-c, 3-a
3. Rim legionlari Britaniyani tashlab ketishgach qaysi qabila boshliqlari o'zaro urushlarga kuch bergan?
A) pikt
B) skot
C) kelt
D) shotlan
4. Keltlarga shimoldan qaysi qabilalar hujum uyushtirganlar?
A) yut va skott qabilalari
B) pikt va skott qabilalari
C) angl va saks qabilalari
D) skott va normann qabilalari
5. Piktlar hujum qilishganda brittlar germanlarning qaysi qabilalaridan yollanma drujinalarni yordamga taklif etishgan?
1) norman; 2) yut; 3) angl; 4) viking; 5) saks; 6) got.
A) 2,3,5
B) 1,3,5
C) 3,4,5
D) 2,4,6
6. Quyidagi ma`lumotlardan yut, angl va saks qabilalariga xos bo`lganlarini toping.
1) ular Germaniyaning janubi va Fransiyaning shimolida yashagan
2) ular Germaniyaning shimoli va Yutlandiya yarim orolida yashagan
3) ular dastlab Britaniyaga uchta kemada kelishgan;
4) ular dastlab Britaniyaga beshta kemada kelishgan;
5) Piktlarga qarshi kurashda keltlarga yordamga kelib, ularga hujum uyushtirgan german qabilalari hisoblanadi;
6) Piktlarga qarshi kurashda brittlarga yordamga kelib, ularga hujum uyushtirgan vikinglar hisoblanadi.
A) 1,4,6
B) 1,2,4
C) 2,3,6
D) 2,3,5
7. V asr o'rtalarida Britaniyaning Kent viloyatini kimlar bosib olgan?
A) yutlar
B) angllar
C) sakslar
D) normanlar
8. Angl-sakslar, yutlar istilolaridan keyin keltlar qaysi hududga ko’chib o’tganlar?
A) Burgundiya hududiga
B) Vorms viloyatiga
C) Armorika viloyatiga
D) Ulm viloyatiga
9. Armorika viloyati Fransiyaning qaysi qismida joylashgan?
A) janubi-sharqiy
B) shimoli-sharqiy
C) janubi-sharqiy
D) shimoli-g`arbiy
10. Armorika viloyati brittlarning ommaviy ko’chishidan so’ng qanday nom olgan?
A) Yutlandiya
B) Amerika
C) Bretan
D) Normandiya
10. Quyidagi asrlarni izohlang.
1) Amvrosiy Avrelian brittlarni birlashtirdi;
2) Yutlar Kent viloyatini bosib oldi;
3) Daniya qiroli ingliz sohiliga qo`shin tushirdi;
4) Inglizlar denloni qaytarib oldi.
a) X asr boshi;
b) X asrning so`nggi choragi;
c) V asr o`rtalari;
d) VI asr boshi.
A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d
B) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c
C) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b
D) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a
11. Amvrosiy Avrelian angl-sakslar tazyiqini qancha vaqtga to'xtatgan?
A) bir asrdan ko`proq vaqtga
B) salkam bir yarim asrga
C) salkam bir asrga
D) deyarli yarim asrga
12. Artorius yoki Artur deb aytilgan qahramonning asl ismi kim edi?
A) Marko Avrelian
B) Artur Adrianus
C) Amvrosiy Avrelian
D) Maksimilyan Amvrosiy
13. Afsonaviy qirol Artur va unga zamondosh bo`lgan shaxslar moslashtirib berilgan javobni toping.
1) Lanselot 2) Jinevra; 3) Merlin.
a) qirolicha; b) sehrgar; c) ritsar.
A) 1-b, 2-a, 3-c
B) 1-a, 2-b, 3-c
C) 1-c, 2-a, 3-b
D) 1-c, 2-b, 3-a
14. Angl-sakslar bosqiniga uchramagan kelt qabilalari qaysi hududlarda saqlanib qolgan?
1) Irlandiyada; 2) Shotlandiyada; 3) qisman Britaniyaning g'arbiy chekkasida; qisman Britaniyaning sharqiy chekkasida.
A) 1,4
B) 4
C) 3,4
D) 1,2,3
15. Angl-saks istilochilari Britaniya yerlarida nechta qirollik tuzishgan?
A) yettita
B) oltita
C) o`nta
D) o`n beshta
16. Britaniyani istilo qilgan german qabilalari orasida qaysi sheva keng qo'llanilgan?
A) angllar yashagan Mersiya shevasi
B) yutlar yashagan Kent shevasi
C) keltlar yashagan Nortumbiya shevasi
D) brittlar yashagan Uesseks shevasi
17. O`rta asrlarda xattotlik san'ati markazlari bo'lgan irland monastirlari kimlar tomonidan yondirilgan edi?
A) normannlar tomonidan
B) keltlar tomonidan
C) daniyaliklar tomonidan
D) angl-sakslar tomonidan
18. Qaysi omil angl-sakslarga normann istilolarini qaytarish imkonini bermagan?
A) ichki nizolar
B) qirollarning sotqinligi
C) normannlarning dengizda yaxshi jang qilishi
D) normann qabilalarining otliq qo`shinga egaligi
19. Kimlar talonchilik hujumlaridan so'ng uylariga qaytmasdan Angliyada qishlab qoladigan bo'lganlar?
A) normannlar
B) pkittlar
C) daniyaliklar
D) skottlar
20. Quyidagilardan angl-sakslarga qarshilikni davom ettirgan Britaniyadagi qirollikni belgilang.
A) Esseks qirolligi
B) Sasseks qirolligi
C) Nortumbiya qirolligi
D) Uesseks qirolligi
21. Uesseks qiroli Alfred qaysi yillarda hukmronlik qilgan?
A) 881-900-yillarda
B) 870-901-yillarda
C) 871-900-yillarda
D) 871-901-yillarda
22. Uesseksda kimning taxtga kelgunicha daniyaliklarni hech kim to'xtatishga qodir bo'lmagan?
A) Maksimilyan Amvrosiy
B) Marko Avrelian
C) Alfred
D) Amvrosiy Avrelian
23. Quyidagi ma`lumotlardan Uesseks qiroli Alfredga xos bo`lganlarini toping.
1) u Angliyadan bosqinchilarni jazolash orzusidagi jangchilarni yig‘adi;
2) u daniyaliklarni bir necha bor mag‘lub etadi;
3) daniyaliklar bilan imzolangan tinchlik sulhidan yangi kuchli qo‘shin tuzish uchun foydalandi;
4) uning davrida har beshta angl-saks oltinchisini boqishi va qurollantirishi majburiy etib qo‘yiladi;
5) daniyalik askarlar qishlashi uchun burglar barpo ettirdi;
6) besh kishi oltinchisini dubulg‘a, qilich va jang boltasi bilan ta’minlaydigan qoida joriy etgan;
7) uning islohotidan so`ng jamiyatda professional ziroatchilardan tashqari jangchilar toifasi vujudga keladi;
8) o‘z mulklari chegaralarida ko‘plab burglar barpo ettirdi;
9) u daniyaliklarnikidan qolishmaydigan kemalarni yasattiradi;
10) Londonni markazga aylantirdi;
11) piktlar hujumini yarim asrga to`xtatdi;
12) u o‘z davrining ma’lumotli kishisi bo‘lgan.
A) 1,2,3,4,6,7,8,9,12
B) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10
C) 1,3,5,6,7,9,10,11,12
D) 1,2,3,4,6,7,8,9,10
24. Alfred va daniyaliklar o`rtasida tuzilgan sulhga ko`ra Alfredga orolning qaysi qismi berilgan?
A) janubiy
B) shimoliy
C) sharqiy
D) g`arbiy
25. Alfred va daniyaliklar o`rtasida tuzilgan sulhga ko`ra daniyaliklarga orolning qaysi qismi berilgan?
A) janubiy
B) shimoliy
C) sharqiy
D) g`arbiy
26. Alfred va daniyaliklar o`rtasida imzolangan sulhga ko`ra chegara qanday ajratilgan?
A) London va Chechter oralig'idagi qadimgi rimliklar qurdirgan tosh yo'l orqali
B) Britaniya yarim orolidagi qadimgi karvon yo`li orqali
C) Londondagi Temza daryosidan
D) Londondagi chegarasida bunyod etilgan mudofaa devori bo’ylab
27. Britaniya orolining qaysi qismi Denlo nomini olgan?
A) Normannlarga berilgan qismi
B) orolning janubiy-g`arbiy hududlari
C) Daniyaliklarga berilgan qismi
D) Armorika viloyati
28. Qaysi xalqlar qal'alarini qamal qilishni unchalik xush ko'rishmagan?
A) daniyaliklar
B) pikt va skotlar
C) germanlar
D) Normandiyaliklar
29. Quyidagi jumlani to`ldiring.
«Uesseksda ... hujumlaridan keyin ... tilini biladigan odamlar deyarli qolmagan»
A) normandiyaliklar/ingliz
B) daniyaliklar/lotin
C) normannlar/ingliz
D) vikinglar/nemis
30. Buyuk Alfred daniyaliklar bilan tuzilgan tinchlik sulhidan qanday maqsadda foydalangan?
A) chegara qal`alar bunyod etish yo`lida
B) yangi kuchli qo'shin tuzish yo’lida
C) savdo aloqalarini kuchaytirish yo`lida
D) chegara hududlarda devor barpo etish yo`lida
31. Qaysi qirol eski angl-saks qonunlarini yozishni va Angliya tarixiga oid ma'lumotlar to'plashni buyurgan?
A) Buyuk Alfred
B) Vilgelm II
C) Buyuk Artur
D) Ekbert
32. Kimning hukmronligi davrida ”Anglosakson solnomasi” tuzilib, unda yilma-yil muhim voqealar qayd etila boshlanadi?
A) Vilgelm Uilyam I davrida
B) Buyuk Alfred davrida
C) Amvrosiy Avrelian davrida
D) Qirol Kanut davrida
33. Daniya qiroliga ma'lum vaqt qarshilik ko'rsata olgan Angliyadagi shahar qaysi edi?
A) Kent shahri
B) Manchester shahri
C) London shahri
D) Mersiya shahri
34. Quyidagilardan qaysi biri kelt qabilalaridan bo`lib, Britaniyaning asosiy aholisi hisoblangan?
A) piktlar
B) brittlar
C) skottlar
D) normannlar
35. O`rta asrlarda ko`ngillilardan iborat harbiy bo`linma qanday atalgan?
A) partizan
B) burg
C) drujina
D) markgraf
36. Britaniya oroliga bostirib kelayotgan germanlarga qarshilik ko`rsatish kimning nomi bilan bog`liq?
A) Alfred
B) Amvrosiy Avrelian
C) Vilgelm I
D) Qirol Ioann
Do'stlaringiz bilan baham: |