Jahon tarixi – 4-mavzu. 76-100 betlar. Yap yangi – 2014. 22-§. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Avstriya-Vengriya imperiyasi



Download 137 Kb.
bet6/7
Sana07.04.2022
Hajmi137 Kb.
#534853
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-SINF JAHON TARIXI 76-100 BETLAR SAVOL-JAVOBLAR

27-§.XlX asrning oxirida Xitoy

1. XIX asr oxirida Xitoy qanday davlat edi?


- qoloq, yarim feodal davlat edi.
2. Qachondan boshlab Xitoyda kapitalistik munosabatlar ham rivojlana boshladi?
- XIX asming so'nggi choragidan
3. Xitoyda dastlabki temiryo’llar qachon qurilgan?
- XIX asming so'nggi choragida
4. XIX asr oxirida shakllana boshlagan Xitoy Burjuaziyasining ko’pchiligini kimlar tashkil etardi?
- kompradorlar
5. Komprador kim? - (ispancha – xarid qiluvchi) – iqtisodiy qoloq va qaram davlatlar burjuaziyasining chet el kapitali bilan ichki bozor o’rtasida vositachilik qiluvchi qismi
6. XIX asrning 70-yillarida ajnabiylar Xitoyning nechta portiga bemalol kirardilar va xo'jayinlardek ish yuritardilar?
- 26 ta
7. Chet ellik monopolistlarning Xitoyni yanada ko'proq talashlari, asoratga solishlariga sabab bo'lgan hodisani ko’rsating.
- Xitoyning Yaponiya bilan 1894—1895- yillardagi urushda mag'lubiyatga uchrashi
8. 1897-1898-yilda Germaniya Xitoyning qaysi hududini bosib olgan?
- Szyaochjouvan va Shandun
9. Buyuk davlatlar tomonidan Xitoyda egallangan hududlarni ko’rsating.
- Germaniya - Szyaochjouvan ko'rfazi va Shandun viloyati
- Fransiya - Suamchjuvan ko'rfazi va Yunan viloyati
- Buyuk Britaniya – Veyxay porti, Yanszi daryosi havzasi
- Yaponiya - Futsziyan viloyati
10. Xitoyda qachon ilk sanoat korxonalari paydo bo'la boshladi?
- XIX asrning oxirida
11. Qachon Shimoliy Xitoyda birinchi temiryo'l ishga tushirildi?
- 1881-yilda
12. 1897-yilda Xitoyda nechta chet el firmalari mavjud edi?
- 600 ga yaqin
13. 1876- yilda Xitoy qaysi davlat bilan mamlakatni yanada asoratga soluvchi konvensiya tuzadi?
- Buyuk Britaniya
14. 1876-yilda Xitoy-Buyuk Britaniya o’rtasida tuzilgan Konvensiya Buyuk Britaniyaga qanday huquqlarni berdi?
- Xitoyning 10 dan ortiq portiga erkin kirish
- qator viloyatlarda imtiyozli savdo qilish
15. XIX asrning 80-yillarida nima sababdan Fransiya-Xitoy munosabatlari yomonlashdi?
- 1884- yilda Fransiyaning Vyetnamni bosib olishi tufayli
16. 1884- yili Xitoy …
- Markaziy Vyetnam ustidan rasmiy hukmronligidan voz kechdi va u yerda fransuz protektoratini tan oldi
17. XIX asr oxirida shakllangan Xitoyni to'g'ri taraqqiyot yoliga olib chiqish haqida g'oyalar qanday atalgan?
- islohotchilik harakati
18. Xitoyni inqilob yo'liga yetaklagan «rahnamo» kim edi?
- Sun Yat Sen
19. Sun Yat Senning «Xitoy uyg'onish jamiyati» nomli tashkiloti nima uchun kurashardi?
- manjurlarning Sin sulolasini ag'darib tashlash
- Xitoyda demokratik milliy davlat tuzish uchun
20. «Ixetuan» nima?
- Xitoydagi ijtimoiy harakatda muhim rol o’ynagan yashirin tashkilot
21. “Ixetuan” so’zining ma’nosi nima?
- «Tinchlik va adolat uchun ko'tarilgan musht»
22. “Ixetuan”lar qanday shior ostida ish ko'rardilar?
- «Manjur sinlarini haydab chiqaramiz, chet elliklarni yo'qotamiz»
23. lxetuan harakati qaysi yilda qo'zg'olon tusini oldi?
-1899- yilda
24. Qachon hukumat qo'zg'olonchilarga qarshi yuborgan qo'shin ixetuanlardan yengildi?
- 1900-yili
25. Qaysi voqea 1900-yilda Pekinga chet elliklar intervensiyasi boshlanishiga sabab bo’ldi?
- Ixetuanlarning yaxshi uyushgan otryadlari Pekinni egallashi
26. 1900-yilda qaysi davlatlar Xitoyga qarshi intervensiyada ishtirok etdilar?
- sakkiz davlat: Germaniya, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Rossiya va Avstriya-Vengriya
27. 1900-yilda intervensiyachi davlatlar Xitoy hukumatiga majburan qabul qildirgan sharttnoma talablarini ko’rsating.
- qo'zg'olonda qatnashgan mansabdor shaxslarni qatl etish yoki surgun qilish
- Pekin bilan dengiz sohili o'rtasidagi yo'llarni muhofaza qilish uchun ajnabiy davlatlarga Xitoyda o'z qo'shinlarini saqlashga ruhsat berildi
- Xitoy chet el mterventlariga 33 mln. dollar tovon to'lashga majbur etildi.
- Xitoyga qurol-aslaha kiritish taqiqiandi.
- Ajnabiylarning Xitoydagi imtiyozlari ko’paydi.
28. Intervensiya nima?
– (lotincha-aralashuv) – o’zga davlat hududini bosib olish, o’z hukmronligini o’rnatish maqsadida shu davlat ichki ishlariga zo’rlik bilan aralashish.
29. Konvensiya nima?
- (lotincha - shartnoma) – ko’p tomonlama xalqaro shartnoma turlaridan biri.
30. Szyaochjouvan ko'rfazining yana bir nomi nima?
- Sindao
31. Lyuyshunning yana bir nomi nima?
- Port-Arturni
32. XIX asr oxirida Buyuk Britaniya Xitoyning qaysi portini ijaraga olgan?
- Veyxayvey
33. Fransiya nechanchi yilda Vyetnamni bosib oldi?
- 1884-yil



Download 137 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish