25-§. XIX asr oxiri—XX asr boshlarida Bolqon davlatlari
1. XIX asrning 70-yillarida Garbiy Slavyanlar (chex, slovak, polyak) ning ko’pchiligi qaysi davlat hukmronligi ostida edi?
- Avstriya-Vengriya hukmronligi ostida
2. XIX asrning 70-yillariga kelib, polyaklar qaysi davlatlar hukmronligi ostida edi?
- Avstriya-Vengriya, Rossiya va Germaniya
3. XIX asrning 70-yillariga kelganda qaysi janubiy slavyan xalqlari Turkiya zulmi ostida edi?
- bolgarlar, makedoniyaliklar, Bosniya va Gersegovina slavyanlari, serblarning talaygina qismi
4. XIX asrning 70-yillaridan boshlab ...
- slavyan xalqlarining milliy-ozodlik kurashi kuchaydi.
5. Mustaqil demokratik Bolgariya Respublikasini barpo etish rejasini kim ilgari surgan?
- Vasil Levskiy.
6. V.Levskiy qachon qatl etilgan?
- 1872-yilda
7. Bolgariyada Tuyrkiya hukmronligiga qarshi qachon qo'zg'olon boshlandi?
- 1876-yilda.
8. 1876-yilda Bolgariyada Turkiyaga qarshi ko’tarilgan Qo'zg'olonchilar o'z bayroqlariga qaysi shiorni yozgandilar?
- «Ozodlik yoki o'lim» shiorini
9. 1876-yilda Bolgariyada ko’tarilgan qo’zg`alonga kim boshchilik qilgan?
- Xristo Botev
10. Kim o`lgan kun hozirda Bolgariyada Xotira kuni sifatida nishonlanadi?
- Xristo Botev
11. Nima sababdan Rossiya Turkiyaga qarshi Bolqon slavyanlarini yoqlab chiqdi?
- Bolqonda o'z ta'sirini mustahkamlash uchun qo'zg'olonlardan foydalanish maqsadida
12. Rossiya hukumati Bolqon slavyanlarini himoya qilib Turkiyaga qarshi qachon urush e'lon qildi? - 1877- yil 24-aprelda
13. 1878-yilda tashkil topgan Bolgariya respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
- 1878-yilda
14. 1878-yilgi Konstitutsiyasiga muvofiq Bolgariya qanday davlat deb e’lon qilindi?
- konstitutsiyaviy monarxiya deb
15. Rossiya imperatori Aleksandr II kimni Bolgariya davlat boshlig`i etib saylashni taklif etdi?
- qaynisi hamda bir vaqtning o’zida Pruss zobiti bo’lgan Aleksandr Battenbergni
16. Bolgariya podshosi Aleksandt Battenbergning Rossiya ta’siridan qutulishga qaratilgan asl niyati uning qaysi harakatida yaqqol namoyon bo’ldi?
- Bolgariya armiyasida xizmat qilayotgan rus zobitlarini nemis zobitlari bilan almashtirishda
17. Bolgariya podshosi Aleksandr Battenbergning olib borayotgan siyosatiga javoban Rossiya hukumati qanday chora ko’rdi?
- Aleksandr II hukumati norozilik belgisi sifatida Bolgariyadan o'z zobitlarini chaqirib oldi.
18. 1886-yilda Aleksanrd Battenberg ag`darilgach Bolgariya taxtiga kim o’tqazildi?
- Avstriya-Vengriya nomzodi Ferdinand Koburgskiy
19. Rossiya-Bolgariya diplomatik munosabatlari qachon uzilgan?
- 1886-yilda
20. Rossiya-Bolgariya diplomatik munosabatlari qaysi yilga kelib qayta tiklangan?
- 1896- yildagina
21. Bolgariya qachon o’zini Turkiyadan to’la mustaqil davlat deb e’lon qilgan?
– 1908-yilda
22. Bolgariya 1908-yilda o’zini Turkiyadan to’la mustaqil davlat deb e’lon qilishda qaysi davlat madadiga tayangan edi?
– Avstiya-Vengriya
23. 1913-yilda Bolgariyada hukumat tepasiga kimlar keldi?
–germanparast hukumat
24. XIX asr oxirida Serbiya ...
- Turkiyaga nomigagina qaram edi
25. XIX asr oxiri –XX asr boshlkarida Serbiyaning asosiy maqsadi nima bo’lgan?
- Turkiya qo’l ostida qolayotgan serb yerlarini to’la qaytarib olish va ularni yagona Serb davlatiga birlashtirish
26. Berlin kongressi qaroriga ko’ra Bosniya va Gersogovina qaysi davlatga berilgan?
- Avstriya-Vengriyaga
27. XIX asr oxirida Serbiyada qaysi davlat tarafdorlari katta ta’sirga ega edilar?
– Rossiya tarafdorlari
28. 1902- yilda qaysi jurnal Albaniya haqida shunday deb yozgan: «Biz uyquda yotibmiz, bu vaqtda esa bizning ustimizda savdolashmoqdalar»?
- «Kalendari kombiar» («Milliy kalendar») jurnali
29. ”Kalendari Kombiar” jurnali qaysi davlatda nashr etilar edi?
- Bolgariyada
30. Albaniya qachon mustaqillikka erishgan?
-1912-yil 28- noyabrda
Do'stlaringiz bilan baham: |