Bog'liq 9-SINF JAHON TARIXI 76-100 BETLAR SAVOL-JAVOBLAR
28-§.XX asr boshlarida Xitoyning ijttmoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli
1. XX asr boshlarida Xitoy tashqi savdosida tovar ayirboshlashda hajmi bo’yicha xorijiy davlatlar ichida birinchi o'rinda qaysi davlat turar edi?
- Buyuk Britaniya (50 foiz) 2. Sun Yat Sen tashkiloti ilgari surgan g`oyalarni ko’rsating.
- konstitutsiyaviy monarxiya haqidagi fikrlarni qoraladi.
- Sin sulolasini umuman yo'qotib, Respublika tuzumini o’rnatish talabi qo'yildi.
3. Quyidagi qaysi voqeadan so`ng Xitoydagi Manjurlar hukmronligiga va monarxiyaga qarshi harakat qurolli qarshilik tusini oldi?
- 1911-yili chet elliklardan temiryo'l qurilishi uchun qarz olish haqida bitim tuzilgach
4. 1911-yilda Xitoyda inqilob qaysi voqeadan boshlandi?
- Uxan shahrida askarlar yotog'ini tintuv qilishga kirgan manjur ma'muriyati tarafdorlarini askarlar o'ldirishidan.
5. 1911-yildagi Xitoy inqilobi qaysi shahardan boshlangan?
- Uxan shahridan
6. 1911-yil 11-oktabrda Uxan shahrida hokimiyatni egallagan qo’zg`alonchilar amalga oshirgan ishlarni aniqlang.
- Respublika hukumati tuzdilar
-barcha Xitoy viloyatlarini Respublika atrofida birlashishga chaqirdilar.
- Manjur sulolasi hukmronligi tugatilgani e'lon qilindi.
7. 1911-yilda Xitoyda yuz bergan inqilob Xitoy tarixiga qanday nom bilan kirgan?
- «Sinxay inqilobi»
8. Xitoydagi milliy-ozodlik harakatining atoqli arbob Inqilobchi democrat kim edi?
- Sun Yat Sen (1866-1925)
9. Sun Yat Sen hayotiga oid to’g`ri ma’lumotlarni aniqlang.
- u Guanchjou yaqinida dehqon oilasida tavallud topgan
- XIX asrning 90-yillari boshida Gonkongda ingliz tibbiyot institutini tamomlagan
- 1905- yilda «Xitoy uyushmalari ittifoqi» (Tunminxay) degan siyosiy tashkilot tuzgan
10. Sun Yat Sen 1905-yilda qanday tashkilot tuzgan?
- «Xitoy uyushmalari ittifoqi» (Tunminxay)
11. «Xitoy uyushmalari ittifoqi» 1905-yil noyabridan qanday gazeta nashr eta boshlagan?
«Minbao» (Xalq gazetasi)
12. Sun Yat Sen ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan sust taraqqiy etgan Xitoyda qanday yo’l bilan ijtimoiy adolatli tuzum yaratish mumkin, degan fikrda edi?
- yerga egalik huquqini tenglashtirish yo’li bilan
13. 1911- yilda ko'p yillik muhojirlikdan so'ng Xitoyga qaytib kelgan siyosiy arbob kim edi?
- Sun Yat Sen
14. 1911-yil 29- dekabrda Nankinda …
- inqilobiy viloyatlar vakillaridan iborat Millat Majlisi to'plandi.
15. 1911-yilda Nnakinda to’plangan Millat Majlisi qanday qarorlar qabul qildi?
- Xitoyni Respublika deb e'lon qildi va
- muhojirlikdan qaytib kelgan Sun Yat Senni Xitoy Respublikasining vaqtincha Prezidenti etib sayladi
16. 1911-yilgi Inqilob natijasida Xitoyda ikki hokimiyatchilik vujudga keldi. Ularni ko’rsating.
- biri-Xitoy Respublikasi hokimiyati, ikkinchi-Shimolda saqlanib qolgan imperator hokimiyati
17. 1911-yilgi Xitoy inqilobchilariga qarshi kuchlar kimning atrofida birlashgan?
- Bosh vazir Yuan Shikay
18. XX asr boshida Pekin saroy ahli kimga monarxiyaning homiysi—xaloskori deb qarar edi?
- Bosh vazir- - Yuan Shikayga
19. Kim 1912-yilda Sin sulolasini taxtdan voz kechishga majbur etdi?
- Yuan Shikay
20. Nima sababdan Sun Yat Sen 1912-yilda prezidentlik lavozimini Yuan Shikayga topshirishga majbur bo'ldi?
- Xitoyga qarshi intervensiya xavfi ostida
21. 1912-yilkda Xitoy prezidentligi lavozimini egallagan Yuan Shikay demokratik harakatga qarshi tadbirlarini, avvalo, nimadan boshlagan?
- inqilob qo'shinlarini butunlay qurolsizlantirishdan
22. demokratik kuchlar tomonidan qachon Gomindan partiyasi tuzilgan?
- 1912- yilda
23. “Gomindan” so’zining ma’nosi nima?
- Milliy partiya
24. Gomindan partiyasi boshqaruvi raisligiga kim saylangan?
- Sun Yat Sen
25. Aksilinqilobning g'alabasidan ruhlangan Yuan Shikay ...
- Millat Majlisini o'zini besh yil muddatga Prezident etib saylashga majbur qildi.
26. Xitoy tarixida ikkinchi inqilob deb nomlangan qo'zg'olon qachon boshlanib ketdi?
- 1913-yilda Xitoyning janubida
27. 1913-yilda Xitoyning janubida boshlangan qo`g`olonga kim boshchilik qilgan?
- Sun Yat Sen
28. 1914-yilda Yuan Shikay qanday organni chaqirgan?
- Konstitutsiyaviy Kengash
29. «Yangi Xitoy Konstitutsiyasi» qachon qabul qilingan?
- 1914-yilda
30. Sinxay so`zining ma`nosi nima?
- “yil”
31. Nima sababdan Xitoy inqiolobi “Sinxay” deb atalgan?
- Xitoy oy kalendariga ko’ra, inqilob bir yil davom etgani uchun
32. 1628-1645-yillardagi dehqonlar urushi natijasida barham topgan Min sulolasidan keyingi sulola nomi nima deyiladi?
- Sin sulolasi
33. Sin sulolasi nechanchi yillarda hukmronlik qilgan?
- 1644-1911-yillarda
34. XX asr boshlarida Xitoyda eksport hajmi qanchaga o`sdi?
- 2 baravarga