Jahon tarixi – 9. 4-mavzu. 76-100 betlar. YAP YANGI – 2014.
22-§. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Avstriya-Vengriya imperiyasi
1. Avstriya-Vengriya imperiyasi qachon vujudga kelgan?
-1867- yilda
2. Avstriya-Vengriya imperiyasining Avstriya qirolligi tarkibiga qaysi hududlar kirgan?
– Chexiya, Moraviya, Galitsiya Bukovina,
3. Avstriya-Vengriya imperiyasining Vengriya qirolligi tarkibiga qaysi hududlar kirgan?
- Slovakiya, Xorvatiya, Transilvaniya
4. Avstriya-Vengriya imperiyasi tashkil topgach, imperiyaning yangi konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?
-1867-yilda
5. Avstriya-Vengriyaning 1867-yildagi Konstitutsiyasiga ko’ra imperiyaning umumiy hukmdori kim bo’lgan?
- Avstriya imperatori
6. Avstriya-Vengriya imperiyasini qaysi sulola vakillari boshqargan?
- Gabsburglar sulolasi
7. Gabsburglar sulolasi Avstriya-Vengriyani qaysi yillarda boshqarishgan?
- 1867- yildan 1918- yilgacha
8. 1867-yilda Avstriya-Vengriya imperiyasi tashkil etilgan paytda imperator kim edi?
- imperator Frans Iosif
9. Avstriya-Vengriya imperiyasida imperator hokimiyati rasman qaysi organ bilan cheklangan edi?
- Avstriyada - Reyxstag, Vengriyada esa Seym tomonidan
10. Avstriya-Vengriya davlat boshqaruviga ko’ra qanday davlat bo’lgan?
- Konstitutsiyaviy monarxiya
11. Avstriya-Vengriya imperiyasi tashkil etilgach, tashkil etilgan umumimperiya vazirligini ko’rsating.
- Tashqi ishlar, Harbiy va dengiz, Moliya
12. Avstriya-Vengriya imperiyasi tarkibidagi Vengriyaning huquqiy holati qanday bo’lgan?
- Vengriya o'z parlamentiga, ijroiya hokimiyatga, siyosiy va ma'muriy muxtoriyatiga ega bo'lgan.
13. 1890-yilda shahar aholisi butun Avstriya-Vengriya aholisining qancha qismini tashkil qilardi?
- uchdan bir qismini
14. Avstriya- Vengriya imperiyaning eng rivojlangan qismi qaysi hudud bo'lgan?
- Avstriya
15. 1867- yilda tuzilgan Avstriya-Vengriya bitimi Vengriya uchun qanday rol o’ynadi?
- Vengriya ko'miri bazasida sanoatning metallurgiya tarmog'i rivojlana boshladi.
- Vengriyaning asosiy sanoat tarmog'i oziq-ovqat sanoati bo'lib qolaverdi.
- 1898- yilda Vengriyaning oziq-ovqat mahsulotlari imperiyada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yarmini tashkil etgan.
16. Avstriya-Vengriya imperiyasining industrial tumanlarini ko’rsating.
- Quyi Avstriyada va Chexiya
17. XX asr boshlariga kelib Avstriya-Vengriya imperiyasida ssuda kapitali, asosan, …
- Venadagi yirik banklarda to'plandi.
18. Avstriya-Vengriya imperiyasi taraqqiyotining o'ziga xos xususiyatini nimadan iborat edi?
- uning chet el kapitaliga qaramligi kuchayib borganligi
19. Qaysi mamlakat banklari qarz berish, sanoatga mablag'lar yo’naltirish orqali Avstriyani o'z kapitallari bilan to'ldirib tashladilar?
- Fransiya, Belgiya, Germaniya banklari
20. Avstriya-Vengriya sanoatining metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika va shu kabi tarmoqlari qaysi davlat firmalari tomonidan moliyaviy jihatdan ta'minlanib turildi?
- Germaniya
21. Avstriyadagi necha gektar yer nemis pomeshchiklariga tegishli edi?
- 200 000 gektar
22. Avstriya-Vengriya imperiyasi poytaxti Vena shahrida qachon ishchilarning ommaviy namoyishi o'tkazildi?
- 1869-yil
23. 1869-yil Vena shahrida yuz bergan namoyishda nima talab qilingan?
- demokratik erkinliklar berilishi
24. 1869-yil Vena shahrida yuz bergan namoyishga hukumat qanday munosabat bildirdi?
- Avstriya ishchilar harakatining rahbarlarini davlatga xiyonatda aybladi
25. Avstriya hukumati qachon ishchilar harakatiga qarshi «favqulodda qonun» joriy etdi?
- 1884- yilda
26. 1884-yilda Avstriya hukumati qabul qilgan favqulodda qonun nimaga ruxsat berdi?
- ishchilar harakatiga qarshi politsiya terrorining kuchaytirilishiga
27. Avstriya-Vengriya imperiyasida XIX asrning 80-yillar oxiriga kelib ...
- kasaba uyushmalari tarqatib yuborildi
- Ishchi gazetalarini nashr etish to'xtatildi
28. Avstriya Sotsial-demokratik partiyasi (ASDP) qachon tuzilgan?
- 1889- yilda
29. 1889-yilda tuzilgan ASDP dasturida qanday talablar ilgari surilgan edi?
- siyosiy erkinliklarni joriy etish
- parlamentni umumiy, teng, to'g'ri, yashirin ovoz berish yo'li bilan saylash to'g'risida qonun qabul qilish
- cherkovni davlatdan, maktabni cherkovdan ajratish
- ish kunini qisqartirish
30. 1907-yilda Avstriya-Vengriya hukumati qanday qonun qabul qilgan?
- saylov tizimi islohoti haqida qonun.
31. 1907-yilda Avstriya-Vengriyada qabul qilingan saylov tizimi islohoti to’g`risidagi qonunga ko’ra erkaklar necha yoshdan saylash va saylanish huquqiga ega bo’ldilar?
- 24 yosh
32. Avstriya-Vengriya imperiyasidagi har qanday sharoitda ham slavyan xalqlarining mustamlaka holatini saqlab qolishga intiluvchi shovinistik kayfiyatdagi kuchlar tuzgan siyosiy partiyalarni ko’rsating.
- Pangerman partiyasi
- Xristian sotsialistlar partiyasi
33. Avstriya-Vengriya imperiyasidagi Xristian sotsialistlar partiyasi ko’proq kimlardan iborat bo’lgan?
- avstriyalik katoliklardan
34. Avstriya-Vengriya imperiyasidagi Chex muxolifati Chexiyaga ham siyosiy huquqlar berilishini talab qildi. Hukumat bunga qanday munosabat bildirdi?
- ta'qib choralarini kuchaytirib yubordi
35. 1868- yilda Chexiyada nima joriy qilingan?
- qamal holati
36. Qachon Chexiyada sud va ma'muriy ishlar uchun ikki til joriy qilingan?
- 1880- yilda
37. Qaysi yildan Praga universitetida o'qitish ikki tilda (nemis va chex) olib boriladigan bo'ldi?
-1882-yildan
38. Avstriya-Vengriyaga qarashli qaysi o’lkada ukrain aholisi yashar va milliy zulm ostida edi?
- Galitsiyada
39. XIX asrning oxirlarida Avstriya-Vengriya imperiyasining qaysi hududida yashovchi ukrain aholisi «vengrlashtirildi»?
- Zakarpatyedagi ukrain aholisi
40. Avstriya-Vengriya imperiyasida qaysi o’lka doimo harbiy yoki favqulodda holatda tutildi, xalq noroziligi qattiq ta'qiblar bilan shafqatsiz bostirildi?
- Xorvatiya
41. Xorvatiyadagi milliy-ozodlik harakatiga Vengriya hukumati qanday javob qaytardi?
- 1912-yilda Xorvatiya Seymini tarqatib yuborish va Konstitutsiyani to'xtatib qo'yish bilan
42. XX asr boshlarida Vengriya poytaxti Budapeshtda o`tkazilgan ko`p ming kishilik miting nimaga qarshi qaratilgan edi?
- mamlakatni harbiylashtirishga
- milliy zulmga
- urushga tayyorgarlik ko’rilayotganligiga
43. XX asr boshlarida qaysi davlatda “trializm” (uchlik) g’oyasi ilgari surilgan?
- Avstro-Vengriyada
44. “Trializm” g`oyasining mazmunini izohlang.
- imperiyani Avstriya, Vengriya va imperiya tarkibidagi slavyan xalqlari yerlarini o’z ichiga oluvchi, har uch tomonni teng huquq asosida birlashtiradigan federatsiyaga aylantirish
45. Nima uchun Avstriya-Vengriya hukmron doiralari ”trializm” g`oyasini rad etdilar?
- federatsiyaning slavyan qismi kuchayib ketishidan cho’chiganliklari sababli
46. Federatsiya– bu?
– (lotincha) hududiy jihatdan muayyan siyosiy mustaqilikka ega bo’lgan bir necha davlatlardan iborat yagona ittifoq davlat.
47. Moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to`lash va qaytarib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki moddiy boyli nima deyiladi?
- Ssuda
Do'stlaringiz bilan baham: |