26-§. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Yaponiya
1. Yaponiyada ”Meydzi inqilobi” qaysi yillarda yuz bergan edi?
- 1867—1868-yillarda
2. ”Meydzi inqilobi” ni amalga oshirgan Yaponiya imperatori kim edi?
- Imperator Mutsixito
3. ”Medzi inqilobidan so’ng Yaponiyada amalga oshirilgan islohotlarni ko’rsating.”
- ishlab chiqarish kuchlarining rivojiga to'sqinlik qiluvchi qonun va tartiblar bekor qildi.
- Yaponiyani dunyoning barcha davlatlari uchun ochib qo’yildi.
- Mamlakatni modernizatsiyalash boshlandi.
- dastlab, yagona pul birligi joriy etildi.
- Ayrim-ayrim hokimliklar chegaralaridagi bojxonalar va boshqa to'siqlar olib tashlandi.
- Yo'llarda dehqonlarning shaharga qochib ketishiga qarshi, ularni tutib joyiga qaytarish uchun qo'yilgan poyloqchilik manzillari tugatildi.
4. Yaponiyada qachon barcha tabaqalar teng deb e`lon qilingan?
-1869-yilda.
5. Yaponiyada 1869-yilgi qonunga binoan shu paytgacha mavjud qaysi tabaqalar rasman teng huquqli deb e'lon qilindi?
- Feodal zamindor, samuray, dehqon, hunarmand va savdogar
6. Meydzi inqilobi davrida Yaponiyada ...
- Butun mamlakat miqyosida markazlashgan hukumat boshqaruvi yuzaga keldi.
- yalpi harbiy xizmat haqida qonun qabul qilindi.
7. 1871—1878- yillarda Yaponiyada qaysi sohada islohotlar o’tkazilgan?
- qishloq xo'jaligi
8. Yaponiyada 1871-1878 yillarda qishloq xo’jaligi sohasida o’tkazilgan islohotlar mohitani ko’rsating.
- yerni erkin oldi-sotdi qilishga ruxsat berildi
- istagan turdagi ekinlarni ekishga ruxsat berildi
- Hosildan hissa ko'rinishidagi soliq pul solig'i bilan almashtirildi
- Yerning mayda bo'laklarga bo'linib ketishiga qarshi qonun chiqarildi
9. Quyidagi qaysi davlat sharqda birinchi bo’lib taraqqiyotda Yevropa tajribalaridan foydalandi?
- Yaponiya
10. Yevropada uzoq vaqt davomida yuzaga keltirilgan ilg'or sanoat texnikasini Yaponiya ...
- tayyor holda sotib ola boshladi.
11. Meydzi islohotlari davrida Yaponiyada birinchi galda qaysi sanoat sohasi tez rivojlandi?
- to'qimachilik sanoati
12. 1890-yilda Yaponiyada qaysi sanoat sohasi barcha sanoat tarmoqlarining 45 foizini tashkil etgan?
- to’qimachilik
13. XIX asr oxirida Yaponiya sanoat ishlab chiqarish bo`yicha qaysi davlatdan o’n barobar tezroq rivojlandi?
- Rossiya
14. Yaponiya va Rossiyaning o`xshash jihati nimada edi?
- monopolistik kapitalizm feodal monarxiya qoldiqlari bilan chirmashib ketganligida
15. Qaysi jihatiga ko’ra Yaponiya hokimiyati Buyuk Britaniya, Fransiya, AQShdan farq qilgan?
- Yaponiyada hokimiyat burjuaziya qo'lida bo'lmay, balki pomeshchik-burjuaziya bloki qo'lida edi
16. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida qaysi davlatda hokimiyat pomeshchik – burjuaziya qo’lida edi?
- Yaponiyada
17. Yaponiya hukumati sanoatning qaysi sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor berdi?
- og'ir industriyani
18. XX asr boshlarida qaysi davlat ishlab chiqarish hajmi bo’yicha Italiyadan o’zib ketib, Fransiyaga yaqinlashdi?
- Yaponiya
19. Meydzi inqilobi davridagi Agrar islohotga ko’ra, yer olgan dehqonlarning qancha qismigina olgan yerlarini saqlab qola oldi?
- atigi 1/3 qismigina
20. XIX asr-oxiri- XX asr boshlarida Yaponiya jamiyatining ilg'or qatlami nima uchun kurashdilar?
- parlament tashkil etish uchun
21. Yaponiyada Birinchi Konstitutsiya qachon qabul qilingan?
-1889-yilda
22. 1889-yilda qabul qilingan Yaponiya Konstitutsiyasi qaysi davlat konstitutsiyasi namunasi asosida tuzilgan edi?
- Prussiya Konstitutsiyasi
23. 1889-yilgi Konstitutsiyaga asosan Yaponiyada qanday parlament tashkil etilgan?
- ikki palatali parlament: (yuqori (perlar) va quyi (vakillar))
24. 1889-yilgi Yaponiya Konstitutsiyasida Imperatorga qanday huquqlar berilgan?
- parlamentni chaqirish, ochish, tarqatib yuborish,
- qonunllar o'rniga oliy farmonlar chiqarish,
- qo'shinlarning Oliy Bosh qo'mondoni bo'lish,
- urush e'lon qilish, sulh tuzish
25. 1889-yilgi Yaponiya konstitutsiyasiga ko’ra Vazirlar Kengashi kimga hisob berardi?
- faqat Imperatorga
26. 1889-yilgi Yaponiya konstitutsiyasiga ko’ra Parlamentning barcha qarorlari ...
- Imperator huzuridagi Yashirin Kengashdan o'tishi zarur edi.
27. Yaponiyaning 1889-yildagi Konstitutsiyasiga ko’ra saylov huquqlari haqida quyidagi qaysi hukm to`g`ri.
- Saylov huquqi mol-mulk senzi bilan cheklandi.
- Saylov yoshi 25 yosh qilib belgilandi.
28. XIX asr oxirida Yaponiyaning bosqinchilik maqsadlari qaysi hududlarga qaratildi?
- Koreya, Xitoy, Tinch okean havzasiga
29. Yaponiya 1879- yilda Xitoyning noroziligiga qaramay, qaysi orolni bosib oldi?
- Ryukyu orolini
30. 1875- yilda Yaponiya ..
- Janubiy Saxalin hisobiga Kuril orollarini Rossiyadan ajratib, o'ziga qo'shib oldi.
31. 1876- yili yaponlar uchun qaysi mamlakat «ochiq» mamlakat deb e'lon qilindi?
- Koreya
32. Yaponiya –Xitoy urushi davrida 1894- yilda Xitoy qo'shinlari qayerda mag'lubiyatga uchradi?
- Pxenyan yonida
33. XIX asr oxirlaridagi qaysi hodisa Yaponiyaning Uzoq Sharqda ustunlikka ega bo'lishiga yo'l ochdi?
- Xitoy qo'shinlarining Pxenyan yonida mag'lubiyatga uchrashi
34. 1894-1895-yillardagi Yaponiya-Xitoy urushi qaysi sulh bilan yakunlangan?
- Simonoseki sulhi
35. 1895-yilda Yaponiya-Xitoy o’rtasida tuzilgan Simonoseki sulhiga ko’ra ...
- Xitoy Koreyaning mustaqilligini tan oldi.
- Lyaodun, Tayvan, Penxu (Peskador) orollarini Yaponiyaga berdi.
- Yaponiyaga katta miqdorda tovon to'lashga majbur bo’ldi.
- Yaponiya o'z savdosi uchun Xitoy hududida yangi sanoat korxonalarini qurish va ulardan foydalanish huquqini oldi
36. Yaponiya 10 yillik qurollanish dasturini qachon qabul qildi?
- 1895- yilda
37. Rossiya-Yaponiya urushi qachon ro’y bergan?
- 1904-yilda
38. XX asr boshidagi qaysi voqea Yaponiyaning qudratini yanada orttirdi?
- Rossiya-Yaponiya urushida erishilgan g`alaba
39. 1910- yil Yaponiya qayerni o’ziga qo’shib oldi?
- Koreya yarim orolini
40. 1910-yilda Koreya yarim orolini egallagan Yaponiya endilikda barcha e'tiborni qayerni egallashga qaratdi?
- Xitoyni
41. XIX asr oxirida Yaponiya qaysi davlatni anneksiya qilib olishni maqsad qilgan edi?
- Koreya
42. Yaponiyaning Uzoq Sharqdagi asosiy raqibi qaysi davlat edi?
- Rossiya
43. 1895-yilda Yaponiyaning 10 yillik qurollanish dasturini qabul qilishdan maqsadi nima edi?
- Uzoq Sharqdagi raqibi Rossiyani mag`lub etish
Do'stlaringiz bilan baham: |