23-§. Avstriya-Vengriya imperiyasining tashqi siyosati.
1. Avstriya-Vengriya imperiyasi tashqi siyosatining markazida asosan qaysi masala yotgan?
- Bolqon yarim oroli masalasi
2. Qachon Germaniya va Avstriya-Vengriya imperiyasi o`rtasida ittifoq shartnomasi tuzilgan?
- 1879-yilda
3. Avstriya-Vengriya, Rossiya va Usmoniylar imperiyasi (Turkiya) manfaatlari to’qnashgan asosiy nuqta qayer edi?
- Bolqon yarim oroli
4. Slavyan xalqlari Usmoniylar imperiyasi zulmiga qarshi mustaqillik uchun kurashlarida qaysi davlatga tayanishgan?
- Rossiyaga
5. Qaysi omil XX asr boshlarida Avstriya-Vengriya va Rossiya munosabatlarining yomonlashuviga olib kelgan?
- Avstriya-Vengriyaning Bolqonga nisbatan yuritgan siyosati
6. Berlin Kongressida Avstriya-Vengriyaga qaysi hududlarni bosib olish huquqi berilgan?
- Bosniya va Gersogovinani
7. Avstriya-Vengriya Bosniya va Gersogovinani qachon bosib olgan?
- 1908-yilda
8. Avstriya-Vengriyaning 1908-yilda - Bosniya va Gersogovinani bosib olishi uning qaysi davlat bilan munosabatlarini keskinlashtirib yuborgan?
- Rossiya
9. 1911-yilda Turkiya-Italiya urushi kelib chiqishiga nima sabab bo’lgan?
- ikkala davlat manfaatlarining Shimoliy Afrikada to’qnashuvi.
10. 1911-yilda Italiyaga qarshi urushda Turkiyaning yengilganligidan foydalangan qaysi davlatlar Turkiyaga qarshi ittifoq tuzdilar?
- Bolgariya, Serbiya, Chernogoriya va Gretsiya
11. “Birinchi Bolqon urushi” qaysi yida va qaysi davlatlar o’rtasida yuz bergan?
- 1912-yil; Bolgariya, Serbiya, Chernogoriya, Gretsiya
12. 1912-yilgi Birinchi Bolqon urushi qanday natija bilan tugagan?
- Bolqon slavyanlari va Greklarning Turkiya hukmronligidan ozod bo’lishi bilan
13. ”Birinchi Bolqon urushi”da g`alaba qozongan ittifoqchilar qanday masalada o’zaro kelisha olmadilar?
- Turkiyadan ozod etilgan hududlarni bo’lib olish masalasida
14. ”Birinchi Bolqon urushi”da g`alaba qozongan ittifoqchilar nima sababdan Turkiyadan ozod etilgan hududlarni bo’lib olish masalasida kelisha olmadilar?
- Bolgariyaning hammadan ko’p ulush olishga urinishi sababli
15. 1912-yilda Turkiyaga qarshi tuzilgan Bolqon ittifoqi qaysi davlatlar madadiga tayanar edi?
- Fransiya va Rossiya
16. ”Ikkinchi Bolqon urushi” qachon va qaysi voqea bilan boshlangan?
- 1913-yilda: Bolgariyaning Serbiya va Gretsiyaga hujum qilishi bilan
17. 1913-yilda Bolgariya qayi davlatlarga hujum qilgan?
-Serbiya va Gretsiyaga
18. ”Ikkinchi Bolqon urushi”da qaysi davlatlar Serbiya va Gretsiyaga yordam berishdi?
- Chernogoriya
- Ruminiya
- Turkiya
19. ”Ikkinchi Bolqon urushi” qanday natija bilan tugagan?
- Bolgariya yengildi va qo’lga kiritgan hududlarining bir qismini yo’qotdi
20. Ikkinchi Bolqon urushi natijasida qaysi davlat Bolqonning yetakchi davlatiga aylandi?
- Serbiya
21. XX asr boshlarida quyidagi qaysi davlatlar o’z oldilariga Serbiyani yanchib tashlash va shu orqali Rossiyaning Bolqondagi ta’siriga putur yetkazish maqsadini qo’ydilar?
- Avstro-Vengriya va Germaniya
22. Avstriya-Vengriya imperiyasida qachon qisman safarbarlik o’tkazildi?
- 1913- yilda
23. Avstriya-Vengriya imperiyasida qachon parlament tarqatib yuborildi?
- 1914- yilda
24. Avstriya-Vengriya hukmron tabaqalari tomonidan Serbiyaga qarshi 1914-yilda urush boshlab yuborishga (1-jahon urushi) nima bahona bo’lgan?
- serb millatchilari tomonidan 1914- yil 28- iyulda Avstriya-Vengriya taxti vorisi Frans-Ferdinandning o'ldirilishi
25. ”Harbiy diktatura” – bu ...
- harbiylarning cheklanmagan hokimiyati
Do'stlaringiz bilan baham: |