24-§. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Italiya
1. 1870- yilning 3- oktabrida qaysi hudud Italiya davlati tarkibiga qo’shib olindi?
- Fransiya qo’shini himoyasida bo’lgan Rim
2. 1870-yilda Rim Italiyaning poytaxtiga aylantirilgach Papa hokimiyati...
- Vatikan saroyi bilan cheklab qo'yildi.
3. Italiyaning qo'shilishiga qarshilik qilayotgan va uni Fransiya armiyasi himoya qilayotgan Papa kim edi?
- Piy IX
4. 1870-yilda Italiya birlashtirilgach u siyosiy tuzumiga ko’ra qanday davlat bo’lib qoldi?
- konstitutsiyaviy monarxiya
5. Italiya Konstitutsiyaga binoan tashkil etilgan parlament necha palatadan iborat edi?
- ikki palata (Senat va deputatlar palatasi)
6. Birlashgan Italiyaning birinchi qiroli kim?
-Viktor Emmanuel II
6. Birlashgan Italiya qirolligi tashkil topgach Qonun chiqaruvchi hokimiyatni kimlar amalga oshoirgan?
- Qirol va parlament
7. Birlashgan Italiya qirolligi tashkil topgach, davlatning dinga munosabati qanday bo’ldi?
- Xristian dinnining katoliklik oqimi yagona din bo'lib qoldi
- 1871- yilda Cherkov va davlat munosabatini tartibga soluvchi qonun qabul qilindi.
8. Italiyada 1871-yilda qanday qonun qabul qilingan?
- Cherkov va davlat munosabatini tartibga soluvchi qonun
9. Italiyada 1871-yilda qabul qilingan Cherkov va davlat munosabatini tartibga soluvchi qonunga ko’ra Vatikanga qanday huquq berilgan?
- boshqa davlatlar bilan diplomatik munosabat o'rnatish huquqi
10. XIX asrning ikkinchi yarmida Italiya qishloq xo’jaligiga xos xususiyatlarni ko’rsating.
Italiya hamon agrar davlatligicha qolmoqda edi.
Yerga, asosan, yirik zamindorlarning egalik qilishi saqlanib qoldi.
yerdan foydalanishning qoloq shakllari hukm surardi.
Pomeshchiklar yerining katta qismi mayda uchastkalarga bo'linib, juda og'ir shartlar bilan (hosilning 3/4 qismini to'lash sharti bilan) dehqonlarga ijaraga berilardi
11. XIX asr oxiriga kelib qaysi davlat savdo floti hajmiga ko’ra, jahonda 3-o’ringa chiqdi?
- Italiya
12. XIX asrning ikkinchi yarmida Italiya hukumati mamlakatni qaysi davlatlar bilan bog`laydigan ikkita tunnel qurgan?
- Fransiya va Shvetsariya
13. «Fiat» aksiyadorlik jamiyatiqachon tashkil topgan?
- 1906- yilda
14. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida qaysi davlat aholi jon boshiga daromad taqsimoti darajasi bo'yicha G'arbiy Yevropada eng oxirgi o'rinda turar edi?
- Italiya (Ish soati 12—13 soat davom etardi)
15. 1892- yilda Italiyaqaysi siyosiy partiya tashkil topgan?
- Italiya sotsialistik partiyasi.
16. XIX asr oxirida Italiyadagi og`ir hayot qaysi hududda dehqonlar qo'zg'olonining ko'tarilishiga olib keldi?
- Sitsiliyada
17. 1898- yilda qaysi shaharda ro'y bergan umumiy ish tashlash 5 kunlik barrikada janglariga aylanib ketdi. Hukumat ishchilar harakatini armiya kuchi bilan bostirdi?
- Milanda
18. 1903—1914- yillarda (orada ma'lum uzilishlar bilan) Italiya hukumatini kim boshqargan?
- J.Jolitti
19. Italiya bosh vaziri J.Jolitti Italiyani iqtisodiy taraqqiy ettirish borasida nimani yaxshi tushunar edi?
- aholi xarid quvvatini oshirmay turib, sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirib bo'lmasligini
20. «Sanoat taraqqiyoti tepasida ish haqi yuqori bo'lgan mamlakatlar turadi», deb ta'kidlagan mashhur siyosiy arbobni aniqlang.
- J.Jolitti
21. Italiyada J.Jolitti bosh vazirligi davrida ishchilarning hayotini yaxshilashga doir qanday qonunlar qabul qilingan?
- kasaba uyushmalari tuzilishiga
- ish tashlash o'tkazilishiga ruxsat etuvchi
- tungi smenada bola-lar va ayollar mehnatidan foydalanmaslik
- saylovchilarning mulk va savodxonlik senzini bekor qilish
22. Davlatning mamlakat iqtisodidagi rolini oshirish tarafdori bo’lgan Italiya bosh vazirini aniqlang.
- J.Jolitti
23. Italiya bosh vaziri J.Jolittining fikricha, davlat qanday vazifani bajarishi lozim edi?
- mehnat va kapital o'rtasida hakam vazifasini
24. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Italiyaning qo’shni mamlakatlar bilan munosabatlarini yomonlashtirgan omilni aniqlang.
- Italiya tashqi siyosatida ”Irredentizm” tarafdorlari ta'sirining kuchayishi
25. 1882-yilda Italiya qaysi davlatlar ittifoqiga qo’shildi?
- Germaniya va Avstriya-Vengriya Ittifoqiga
26. Ittifoqchilarga ega bo'lgan Italiya XIX asr oxirida Afrikadagi qaysi hududlarni bosib oldi?
- Somali va Eritreyani
27. Italiya 1895- yilda bosib olish maqsadida qaysi davlatga hujum qilib, mag`lubiyatga uchradi?
- Efiopiyaga
28. 1895-yilda Efiopiyaga hujum qilgan Italiya qo’shinlari qachon va qayerda tor-mor etildi?
- 1896- yilning 1-avgustida Adua yonida (5 ming italyan askari halok bo'ldi)
29. 1902-yilda Italiya qaysi davlat bilan bitim imzoladi?
- Fransiya
30. Italiya va Fransiya o’rtasida 1902- yilda imzolangan Bitimga ko'ra, ...
- tomonlar ikki davlatning biri boshqa davlatning hujumiga uchraydigan bo’lsa, o'zaro qat'iy betaraflik majburiyatini oldilar.
31. Qaysi davlatlar 1909-yilda Bolqon yarim orolidagi o'z manfaatlarini quvvatlovchi bitim tuzib, Avstriya-Vengriyaning Bolqon mamlakatlariga suqulib kirishiga qat'iy qarshilik ko'rsatishga kelishib olishdi?
- Italiya va Rossiya
32. Qulay diplomatik sharoit yaratilgach, Italiya 1911- yilda qayerga hujum qildi?
- Liviyaga
33. Qaysi yildan Liviya Italiya mustamlakasiga aylandi?
- 1912-yil
34. ”Mulk senzi” nima?
– saylovda qatnashish uchun fuqaroning ma’lum darajadagi mulkka ega bo’lishi
35. ”Irredentizm” qanday harakat?
- Italiyaga qo'shni bo'lgan davlatlardagi italyanlar qisman yashaydigan hududlarni Italiyaga qo’shib olishni targ`ib qiluvchi millatchilik harakati.
Do'stlaringiz bilan baham: |