Axomaniylar davlatiga qadimgi fors podshohlari xonadoni axomaniylar vakili Kir II asos solgan



Download 17,24 Kb.
Sana10.03.2022
Hajmi17,24 Kb.
#488624
Bog'liq
4-Ahamoniylar va Makedonskiy davlatida aloqa va kommunikatsiya sohasi.


Axomaniylar davlatiga qadimgi fors podshohlari xonadoni – axomaniylar vakili Kir II asos solgan. Miloddan avvalgi 558 yil Kir II fors qabilalari ittifoqiga rahbar boʻlib, 553 yil midiyaliklar hukmronligiga qarshi qoʻzgʻolon koʻtargan. Forslar 550 yil gʻalaba qozonib va Midiyani egallab keyingi uch yil mobaynida sobiq Midiya davlati tarkibiga kirgan mamlakatlarni bosib olganlar, 546 yil esa Lidiya va Kichik Osiyodagi yunon shaharlarini zabt etganlar. 545–539 yillar oraligʻida Kichik Osiyoning katta qismi, 538 yilda Bobil, 525 yilda Misr, 519–512 yillar oraligʻida Egey dengizidagi orollar, Frakiya, Makedoniya va Hindistonning shimoli-gʻarbiy qismi boʻysundirilgan. Axomaniylar davlati Doro I davrida shakllangan murakkab byurokratik tizim orqali boshqarilgan. Doroning ma’muriy-pul islohotlari bosib olingan mamlakatlar ustidan boshqaruv va nazoratni yanada takomillashtirdi: davlat 20 ta harbiy-ma’muriy satrapiya (okrug)larga boʻlinib, ularning tepasida maxsus amaldorlar (satraplar) turgan. Ular fors podshosiga ulkan miqdorda soliqlar (pul va natura holda) toʻlashgan. Doro I davrida yagona tanga pul birligi – 8,4 g oltin ogʻirligidagi doriq joriy qilingan. Sikl (1/20 doriq) mayda kumush tanga vazifasini oʻtagan. Axomaniylar davlati etnik tarkibi va ijtimoiy ukladi boʻyicha turli-tuman bo'lgan. Uning tarkibiga Kichik Osiyo, Bobil, Finikiya va Misr kirib, ularning qishloq xoʻjaligi va hunarmandchiligida qullar mehnatidan keng foydalanilgan. Iqtisodiy jihatdan shunday rivojlangan mamlakatlar qatorida forslar saltanati tarkibiga Frakiya va Makedoniya kabi viloyatlar, shuningdek urugʻchilik tuzumining yemirilishi bosqichida turgan koʻchmanchi arab va skif qabilalari ham kirgan. Fors ma’muriyati zabt etilgan mamlakatlarda eski mahalliy qonunlar, urf-odatlar, dinlar, pul tizimi, oʻlchov-ogʻirlik tizimi, yozuv va tillarni saqlab qolgan. Mahalliy tillar qatorida Axomaniylar davlatining rasmiy idora tili boʻlgan oromiy tili ham keng tarqalgan. Eronda qadimgi fors va oromiy tilidan tashqari ma’muriy ehtiyojlar uchun elam tilidan ham keng foydalanishgan. Forslar koʻpgina finikiy va yunon shaharlariga muxtoriyat berib, ayrim mamlakatlarda (masalan, Kilikiya, Sugʻdiyona va boshqalar) mahalliy shohlar va hokimlar sulolasini saqlab qolganlar, ibodatxonalarni soliq va toʻlovlardan ozod etganlar. Persepol bilan bir qatorda axomaniylar Bobil, Suza va Ekbatanani poytaxt qilishgan. Axomaniylar davlati madaniyati va san’ati Eron madaniy an’analarini Yunoniston, Ossuriya, Misr va boshqa mamlakatlar an’analari bilan chogʻishtirmasidan iborat boʻlgan. Forslarning oʻzi saltanatda mumtoz mavqega ega edilar. Ular soliqlar va majburiy ishlardan ozod etilganlar. Fors zodagonlari eng muhim harbiy va fuqarolik lavozimlarini egallashgan. Fors shohlari, ularning qon-qarindoshlari, satraplar va amaldorlar Eron, Kichik Osiyo, Bobil, Misr va boshqa mamlakatlarda qullar mehnatiga asoslangan katta xoʻjaliklarga ega boʻlishgan. Axomaniylar davlati barqaror iqtisodiy asosga ega boʻlmagani tufayli beqaror harbiy-ma’muriy birlashma edi, u faqatgina qurol kuchi yordami bilangina turli xalqlarni davlat tarkibida tutib turishga asoslangandi. Axomaniylarning harbiy qudrati zaiflashishi bilan ularning davlati parchalanib keta boshlagan. Misr, Bobil, Midiya, Kichik Osiyo va boshqa mamlakatlarda koʻplab qoʻzgʻolonlar koʻtarilgan (mas, 522 yilda Midiyada Gaumata qoʻzgʻoloni va Margʻiyonadagi qoʻzgʻolon, 500 – 493 yillarda kichik osiyolik yunonlar qoʻzgʻoloni, 405 yil Misrdagi qoʻzgʻolon). Miloddan avvalgi 5-asr oxiridan boshlab satraplar muntazam suratda oʻzaro urush olib borganlar, ba’zan esa hatto podshohning oʻziga ham qarshi qurol koʻtarganlar. 500 – 449 yillardagi yunon-fors urushlari davridayoq fors qoʻshinining jangovarlik qobiliyati anchagina yoʻqotilgan. Miloddan avvalgi 330 yil Aleksandr Makedonskiy qoʻshini zarbalari ostida Axomaniylar davlati qulagan. Turon xalqlarining Axomaniylar davlatiga qarshi olib borgan kurashlari haqida: qarang Toʻmaris, Shiroq, Margʻiyona qoʻzgʻoloni.
Makedoniya Podsholigi Makedoniya, Qadimgi Makedoniya — Bolqon ya.o.dagi qad. davlat (miloddan avvalgi V— II asrlar). IV asrning oʻrtalarida podshoh Filipp Makedoniya hududlarini birlashtirgan, 359 yildan 338 yilgacha Fokida, Fessaliya, Xalqidika, Frakiya va boshqalarni qoʻshib olgan. 338 yilda Filipp II Xeroneya yaqinidagi Beotiyada yunon polislarining birlashgan qoʻshinlarini tormor keltirib, butun Yunonistonni Makedoniyaga boʻysundirgan. Uning oʻgʻli Aleksandr (336—323 yilda podshoxlik qilgan) otasining bosqinchilik siyosatini davom ettirib, Axomaniylar davlatiii bosib olgan va yirik monarxiya barpo qilgan. Hozirgi Oʻrta Osiyo hududi ham unga tobe boʻlgan. Mustahkam boʻlmagan bu monarxiya Aleksandr oʻlimidan soʻng tezda parchalanib ketgan. Makedoniya qoʻl ostida faqat Yunoniston qolgan, u ham 229-yilda koʻpgina kurashlardan keyin mustaqillikka erishgan. Makedoniyaning oʻzida esa taxt uchun diadoxlar oʻrtasidagi kurashlar natijasida antigoniylar sulolasi qaror topgan. Rim bilan boʻlib oʻtgan Makedoniya urushlari (215—205, 200—197, 171 — 168) natijasida Makedoniya toʻla magʻlubiyatga uchragan va miloddan avvalgi 148-yilda Epir va Janubiy Illiriya bilan birgalikda Rim viloyatiga aylantirilgan.
Download 17,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish