Misr mamluklari davlati tarixi



Download 52,68 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2022
Hajmi52,68 Kb.
#677366
  1   2   3
Bog'liq
Misr mamluklari davlati tarixi


Misr mamluklari davlati tarixi
MUNDARIJA:

Kirish………………………………………………………...……..2



  1. BOB Misr mamluklari davlati………………………….…….3

    1. Ilk podsholik davrida Misr mamluklar davlati……….………3

    2. Qadimgi Misr Mamluklari tili o`zining ba'zi xususiyatlari…………....7

  2. Qadimgi podsholik davri………………………………...….13

    1. Qadimgi podsholik davrida Misr mamluklar davlati………..13

    2. Qadimgi Misr mamluklar davlati madaniyati…………….....20

Xulosa……………………………………………………………..32
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………..33

Kirish

Misrda (1250—1517) va Suriyada (1516-yilgacha) oʻrta asrlarda mamluklar sulolasi boshqargan davlat. 1250-yil mamluk harbiy boshliqlari ayyubiylarni taxtdan ag'darib hokimiyatni qoʻlga kiritgan. Mamluklarning 2 sulolasi maʼlum: Bahriylar (asosan, turkiy qavmlardan boʻlib 1250—1390-yillarda hukmronlik qilgan) va Burjiylar (asosan, kavkazliklar 1390—1517-yillarda hukmronlik qilgan). Mamluklar (ularning soni 9— 12 mingga yetgan) 24 ta bey qoʻmondonligi ostida xizmat qilishgan. Ushbu beylar yirik mulkdorlar boʻlib, eng yaxshi yerlar, davlatning hunarmandchilik korxonalari, bojxonalardan keladigan daromadlar va boshqa ga egalik qilganlar. Mamluklar davrida, 13—14-asrlarda davlat boshqaruvi tizimi isloh qilingan, sunʼiy sugʻorish tizimi yaxshilangan, madaniyatning yuksalishi kuzatilgan. Mamluklar ilgari davrlarda shakllangan harbiylen tizimini saqlab qolganlar.
13-asrda mamluklar qushini moʻgʻullarni tormor etadilar (1260-yil 3-sentabrdagi Ayn-Jolut jangi), salibchilarni Falastin va Suriyadan siqib chiqarganlar (1268), ismoiliilar — hashshoshiylarni tormor keltirganlar (1273). Mamluklar davlatining eng yirik sultonlari: Oybek (1250-57), Beybars I (1260-77), Qalovun (1279—90), Barsbey (1422—38), Gʻuriy (1501 — 16). 1516—17 yillarda turk sultoni Salim I qoʻshinlari Suriya, Misr va Falastinni bosib olib, Mamluklar davlatini tugatgan. Turklar bosqinidan keyin Misrdagi yerlarning bir qismimamluk zodagonlariga qoldirilgan, buni evaziga ular Qohiradagi turk poshosiga oʻlpon toʻlashlari lozim boʻlgan. 17-asr oxiridan Usmonli turk imperiyashning zaiflashuvi oqibatida mamluklar amalda oʻz hukmronliklarini tiklashgan. Faqat Misr poshosi Muhammad Ali (1805—48 yillarda hokimlik qilgan) davridagina mamluklardan yerlar tortib olingan, 1811-yil esa mamluk beylari yoppasiga qirib tashlangan.



  1. BOB Misr mamluklari davlati

    1. Ilk podsholik davrida Misr mamluklar davlati.

(arab. — qul, xususan — oq qul) — Misrda hukmronlik qilgan ayyubiylar sulolasi (1171 — 1250)ning soʻnggi hukmdorlari qoʻshinini tashkil qilgan, naslnasabi turkiy va Kavkaz xalqlari (gruzin, cherkas va boshqalar)dan boʻlgan quljangchilar. Ularni yoshligidan oʻgʻirlab olib ketishgan va maxsus harbiy ilmga oʻrgatishgan. Ular nihoyatda qahrli, jasur boʻlgan. Eng jasurlari oddiy M.dan sarkarda, podsho darajasigacha koʻtarilgan. Ulardan ayyubiylarning xos qoʻshini (gvardiya) tashkil etilgan. M. 1250-yildan Misrda (1517-yil gacha) va Suriyada (1516-yilgacha) davlatni mustaqil boshqarishgan. M.ning 2 sulolasi (Bahriylar va Burjiylar) mavjud boʻlgan (yana qarang Mamluklar davlati).1


Misrliklar dehqonchilik ishlariga ko`ra yilni 3-mavsumga bo`lganlar: “to`la suv mavsumi”-Nil toshqini (iyul o`rtalari), «ekin, unish mavsumi» ekishdan hosil yig'ishgacha bo`lgan qishloq xo`jalik ishlarini to`liq sikli (noyabr va may o`rtalari), «quruq mavsum»-yerni dam olish vaqti va shafqatsiz jazirama (may o`rtalaridan iyul o`rtalarigacha) davri. Suv omborlari qurilib, Nil vodiysi to`g'on, kanallar bilan to`g'ri burchakli havza (basseyn)larga bo`lingan.
Ekinlar: arpa, bug'doy, kunjut, kanop, emmer (polba) xurmo, kokos palmalari, akatsiya (qurilish materiallari uchun), uzum va mevali daraxtlar o`sgan. Asosiy ovqat hisoblangan baliq ko`p bo`lgan. Chorva mollari: qo’y, echki, sigir, eshak, cho`chqa boqilgan.
Qazilma boyliklar: granit, bazalt, diorit, alebastr, shifer, ohak. Memfis yonida yirik tosh konlari, o`rta Misrda Fiva yaqinida alebastr konlari va Sinay yarim orolida boy mis konlari bo`lgan. Oltin Shimoliy Nubiya va Arabiston yarim orolidan olib kelingan.
Aholi: Qadimgi Misrliklar o`rta bo`yli, to`ladan kelgan, soqoli qirilgan, sochlari qisqa qirqilgan.Ozgina turtib chiqqan daxan. Qalin lablar, uzunchoq bosh, «negroid» va «Osiyo» belgilari qo`shilgan. Kiyimlar qisqa, old yubka, lungidan iborat bo`lgan.
Ovqat: arpa non, emmer bo’tqasi, quruq baliq, piyoz, sarimsoq va bodring. Qadimda misrliklar dunyo tarixida birinchi bo`lib pivoni kashf qilganlar va arpadan tayyorlangan pivo asosiy ichimlik bo`lgan. Go`sht kam iste'mol qilingan. Nil vodiysida qadimgi aholi Saxara, Liviya sahrosi va Efiopiyadan er.avv.VI ming yillik oxirida kelib joylashgan. Bu etnik guruhlarning qo`shilishidan qadimgi Misr xalqi kelib chiqqan.
Qadimgi Misr tarixini o`rganish uchun qadimgi Misrning zamonamizgacha saqlanib kelgan ko`pgina yozma yodgorliklari katta ahamiyatga egadir. Yozma manbalardagi ma'lumotlar moddiy madaniyat yodgorliklarini ko`p jihatdan to`ldiradi, bu ma'lumotlar qadimgi zamondagi misrliklar hayotini, texnika, san'at va diniy e'tiqodning rivojlanishini oydinlashtirib beradi. Antik dunyo mualliflarining qadimgi Misr haqida yozgan yoki eslab o`tgan asarlaridan Misr tarixiga oid ko`p ma'lumot olish mumkin. Garchi yunon va rim yozuvchilari qadimgi Misr tarixi va madaniyati haqida ba'zan bir qator qimmatli ma'lumotlar qoldirgan bo`lsalar ham, lekin ularning ma'lumotlari tanqidiy ravishda jiddiy qarashni talab qiladi.
Qadimgi Misr tarixi ko`p xil manbalar orqali o`rganiladi. Bu manbalarni yetti turga bo`lish mumkin:

  1. Yozma manbalar, tarixiy asarlar, badiiy adabiy, ilmiy, diniy matnlar, hujjat va yo`riqnomalar.

  2. Moddiy madaniyat yodgorliklari: shahar, qal'a, ibodatxona, sog'ona, uylar, sopol idishlar, haykallar va h. k.

  3. Xalq og'zaki ijodiyoti: qo`shiq, ertak, maqollar, afsona, axloqiy-etik asarlar.

  4. Tilshunoslik ma'lumotlari.

  5. Etnografiya ma'lumotlari

  6. Antropologiya ma'lumotlari: mumiyo, skelet, freska, relyeflarda odamlarni jismoniy tuzilishini o`rganish mumkin bo`lgan tasvirlar.

  7. Geografik muhit va landshaft, kanallar, yo`llar.

Yozma manbalar: Mashhur fransuz olimi Shampol`onning Misr iyerogliflarini o`qishi qadimgi Misr yozuvini o`rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. Palermo toshi yozuvlarida V sulolagacha bo`lgan fir'avnlarining ro`yxati sanab o`tilgan va yirik harbiy yurishlar va Nil toshqinlari to`g'risida ma'lumot beradi. Aton va Ra ibodatxonalari (Fivadagi Karnak ibodatxonasi) devorlarida yozilgan «Tutmos III annallari» (XVII sulola) qimmatli yozma manbalardan biri hisoblanadi.
Kohin Manefonning (taxminan er. avv. VI-III asrda) yozilgan asarida misr tarixi eng qadimgi davrdan boshlab bayon qilingan. Manefon 30 sulola ro`yxatini tuzib, ularni uch dekada 10 sulolaga bo`ldi. Bu yangi davrda tadqiqotchilarning Misr tarixini eng muhim davrlarini aniqlashlari uchun jumladan, qadimgi Misr tarixini, qadimgi, o`rta, yangi va so`nggi podsholik davrlariga bo`lish imkoniyatini berdi. Misr arxivlari huquqiy, ish yuritish hujjatlaridan tashkil topgan. Eng qadimgi arxiv podsho Neferikara ibodatxonasida (V sulolasi er. avv. XXV-XXIV asr) topilgan. Eng boy arxivlardan biri Axetaton shahri (El-Amarna)ni qazishda topilgan bo`lib, bu arxivda 350 hujjat mavjud.
Qadimgi Misrdan boy abadiy meros yetib kelgan. Misr adabiyoti namunalaridan nasihatnoma va bashoratlar: «Axtoy nasihatnomasi», «Amenemope nasihatnomasi», «Ipuser so`zlari». Badiiy adabiyot namunalari: «Suzamol dehqon to`g'risidagi qissa», «Sinuxet hikoyalari» va hokazolarni aytish mumkin.
Ertaklar: «Ikki aka-uka to`g'risida», «To`g'ri va egri» haqida «Kemada halokatga uchraganlar» ertagi, «Unu Amonning Biblga sayohati» (Er.avv.XI asr kabilar).
Diniy ruhdagi asarlar: V-VIII sulola fir'avnlari piramidalari ichki devorlarida iyerogliflar bilan tasvirlangan yodgorliklar bo`lib (er.avv.XXIV-XXII asrlar), ular «Piramida matnlari» deb ataladi.
Diniy yozuvlar. O`rta podsholik davrida zodagonlarning yog'och sog'onalarida bitilgan «Sarkofaglar matnlari», qadimgi Misr diniy bosh kitobi hisoblangan «O`liklar kitobi», Memfis ilohiyotshunoslik matnlaridan iborat.

Download 52,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish