Reja: Turkistonda jadidlar harakatining vujudga kelishi, ularning islohotchilik faoliyati



Download 19,99 Kb.
Sana28.06.2022
Hajmi19,99 Kb.
#712935

REJA:

  1. Turkistonda jadidlar harakatining vujudga kelishi, ularning islohotchilik faoliyati.

  2. Jadidchilik harakati yetakchilari.

  3. Xulosa

Turkistonda jadidlar harakatining vujudga kelishi, ularning islohotchilik faoliyati


Turkistonda o'rnatilgan mustamlakachilik zulmi XIX asr oxiri XX asr boshlarida yanada kuchaydi, iqtisodiy jihatdan mahalliy xalqnitalash, ezish bilan birga, ularni jaholatda, savodsizlikda tutib turish, ma'naviy qashshoqlantirishga intilar edi. Mustamlakachilar shu maqsadda o'lkaga chinovniklar, harbiylar, bankirlar, savdo-sanoat-chilar, muhandis-texniklar, ruhoniylar, ilmiy kuchlar, ishchilar, mujiklardan iborat malaylarini safarbar etgan edi. Zolimlar qanchalik urinmasin, mahalliy aholining hurlik, ozodiik uchun intilishini so'ndirolmadi, milliy-ozodlik harakati kuchayib bordi. Tarixiy vaziyat millat ravnaqini o'ylovchi ziyolilar, mahalliy burjuaziya vakillari, ulamolar orasidan xalqni uyg'otish, milliy ongini oshirish, birlash-tirish uchun kurashuvchi kuchlarni tayyorlab yetishtirdi.
Sharq bilan G'arbni taqqoslab musulmonlar va turkiylar dunyosi, xususan, Rossiya tasarrufiga olingan musnlmonlarning jahon taraqqiyotidan uzilib qolayotganini qrim-tatar farzandi lsmoil Gaspirali (1851-1914) birinchi bo'lib angladi. U turkiy xalqlardagi jaholatni yo'q qilish, ma'naviyat-ma'rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlar darajasiga ko'tarilish harakatini boshlab berdi. lsmoil Gaspirali maorifni isloh qilish, maktablarda dunyoviy fanlarni o'qitish masalasini ko'tardi. U 1884—yilda Qrimdagi Boqchasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi.
«Jadid» arabcha so'z bo'lib «yangi» degan ma'noni bildiradi. U o'zi tashkil etgan maktab o'quvchilari uchun o'quv dasturi tuzdi va darsliklar yozdi. U 40 kun ichida 12 o'quvchining savodini chiqarib, Lezda shuhrat qozondi. «Tarjimon» gazetasini chiqarib, o'z g'oyalarini yoydi. 1888— yilda «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo'ldosh» kitobini nashr etib, jadid m'aktablarining qurilishi, dars o'tish mazmuni, jihozlanishi, sinov va imtihonlar olish usullarini bayon etib berdi.
lsmoil Gaspirali g'oyalari Turkistonga ham kirib keldi. 1893— yilda Turkistonga kelib, ilg'or ziyolilar bilan uchrashdi, Buxoro amiri huzurida bo'lib bitta jadid maktabi ochishga rozilik oldi. Turkistonlik ziyolilar jadidchilikni yoqlab maorifni isloh qilish, «Usuli jadid» maktablarini tashkil etishga kirishdilar. 1898— yilda Qo'qonda Salohiddin domla, 1899— yilda Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabiga asos soldilar. 1903— yilda Turkistonda 102 ta boshlang'ich va 2 ta o'rta jadid maktablari faoliyat ko'rsatdi.
Turkiston jadidlariga Mahmudxo'ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munawar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va
boshqa o'nlab milliy ziyolilar rahnamolik qildilar. Ular dastlab maorifni isjoh qilish yo'lidan bordilar. «Usuli jadid» maktablari tarmog'i kengayib bordi, ularda diniy ta'limot bilan birga tibbiyot, hikmat, kimyo, nujum, handasa kabi dunyoviy bilimlar o'rgatildi, savod chiqarish tezlashtirildi.
Talabalarga Turkiston, turkiylar tarixini o'rgatishga alohida e'tibor berildiki, bu ularning milliy ongini uyg'otishga, jamiyatni etnik jjhatdan birlashtirishga xizmat qilardi. M.Behbudiyning «O'z urug'i otini bilmagan, yetti otasini tanimagan qul-manqurtdir» degan so'zlari talabalarni milliy o'zligini anglashga chaqirar edi. Munawar qorining «Adibi awal», «Adibi soniy», M.Behbudiyning «Kitobatul atfol», «Bolalar maktubi», «Muxtasar tarixi islom», «Jug'rofrya», A.Avloniyning «Adabiyot», «Birinchi muallim», «Turkiy guliston», «Maktab gulistoni» kabi darsliklari milliy maktab va milliy tarbiyani yuqori saviyaga ko'tarishga xizmat qildi. Jadid maktablarida har tomonlama bilimli, ma'naviy yetuk, o'z xalqining tarixini va dunyo ishlarini yaxshi o'zlashtirgan kadrlar tayyorlab chiqarildi.

Jadidlar yoshlarni chet ellarga o'qishga yuborish tashabbusi bilan chiqdilar. Boy tabaqaning ilg'or vakillari jadidlarning bu harakatini ma'qullab, mablag' bilan ko'maklashdilar. Ko'pgina umidli yoshlar Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaning markaziy shaharlariga o'qishga yuborildi. 1910— yili Buxoroda mudarris Xoji Rafiy va boshqalar «Bolalar tarbiyasi» xayriya jamiyatini tashkil etib, 1911— yilda 15 ta, 1912— yilda 30 ta talabani Turkiyaga o'qishga jo'natdi. 1909— yilda Munawar qori tuzgan «Jamiyati xayriya» ham miskin va ojiz talabalarga yordam berar, yoshlarni chet elga o'qishga yuborishga yordamlashar edi.


Jadidlar Turkistonda milliy matbuotga asos soldilar. Munawar qori 1906— yilda «Xurshid» («Quyosh») jurnalini tashkil etib, unga o'zi muharrirlik qildi. Jurnal xalqning o'z haq-huquqlarini tanishiga, milliy uyg'onishga xizmat qildi. Ammo mustamlakachi ma'murlar tezda jurnalni chiqarishni man qildilar. M.Behbudiy 1913— yilda «Samarqand» gazetasi va «Oyina» jurnalini chiqara boshladi. U «Nashriyoti Behbudiya» xususiy nashriyotini, uning huzurida «Kutubxonai Behbudiya»ni tashkil etdi. Gazeta va jurnalda miilat va ona yurt dardi, xalqni ma'rifatli qilish, erkinligini ta minlash masalalariga bag'ishlangan dolzarb maqolalar chop etiiardi. Ular Rossiya imperiyasi tasarrufidagi turkiy xalqlarga, Eron, Afg'oniston, Hindiston, Turkiyagacha borib yetardi.
Taraqqiyparvar o'zbek ziyolilarining yetakchisi Asadullaxo'ja o'g'li Ubaydullaxo'ja 1913^— yilda «Taraqqiyparvar» deb nom olgan ziyolilarning firqasini tuzadi va 1914— yilda firqaning «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg'ona» gazetalari chiqariladi. Bu gazetalar sahifalarida e'lon qilingan maqolatar ommani mustabid tuzumga qarshi qo'zg'atishga xizmat qildi.
Jadidlar milliy teatrga asos soldilar. Munawar qori rahnamoligida 1913— yilda musulmon drama san'ati havaskorlari jamiyati - «Turon» truppasi tuzildi. 1914— yil 27-fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatri binosida o'zbek milliy teatrining birinchi rasmiy ochilish marosimi bo'ldi. Munawar qori o'zbek milliy teatrining birinchi pardasini ochar ekan shunday degan edi: «Turkiston tilida hanuz bir teatr o'ynal-mag'onligi barchangizga ma'lumdir... Teatrning asl ma'nosi «ibratxona» yoki «ulug'lar maktabi» degan so'zdir. Teatr sahnasi har tarafi oynaband qilingan bir uyga o'xshaydurki, unga har kim kirsa o'zining husn va qabihini, ayb va nuqsonini ko'rib ibrat olur». O'sha kuni sahnada M.Behbudiyning «Padarkush» pyesasi namoyish etildi. Unda islom dinining Turkistondagi buzilishlari tasvirlanib, tamoshabin e'tiborini najot yo'li - maorif, maorifm esa «poklangan din» bera oladi, degan g'oyaga qaratadi. «To'y», «Zaharli hayot», «Juvonboz», «Baxtsiz kuyov» pyesalarida xotin-qizlaming huquqsizligi, ko'pxo-linlik, majburiy nikoh oqibatlari kabi muammolar yoritiladi. Milliy teatr san'ati odamlarga millatda mavjud bo'lgan qusurlar va ijobiy tomonlarni tushunturuvchi oyna bo'lib xizmat qildi.
Jadidlar matbuoti va teatrida ayrim mutaassib ruxoniylarning poraxo'rligi, axloqsizligi ham qattiq tanqid ostiga olindi. Abdurauf Fitrat «Munozara» nomli asarida Buxoro ulomalarining nodonligi va poraxo'rligini ochib tashladi. «Hind sayyohining sarguzashtlari» asarida esa Buxoro, Qarshi va boshqa shaharlardagi iqtisodiy tanazzulga ayrim ruhoniylarning o'z mavqeyini suiiste'mol qilganliklarini asosiy sabab qilib ko'rsatdi. Jadidchi jurnalist va dramaturglar nashavandlik, kashandalik, zinogarlik, fohishalik kabi illatlarni qoralashdi.
Jadidlar, ijtimoiy va hududiy birlik to'g'risidagi masalalarni ko'tarib, xalqni milliy vadiniybirlikka, jipslashishga, hududiy birlikka chaqirdi, ijtimoiy ongni XX asr darajasiga ko'tarishga intildilar.
Jadidlarga, bir tomondan, mutaassib ruhoniylar, ikkinchi tomondan, mustamlakachi ma'murlar qarshilik ko'rsatdilar. Mutaassib ruhoniylar jadidlar ko'targan barcha yangiliklarga qarshi chiqishdi. Ular jadidlarni padarkushlar, maktabiari haqida esa: «Bu xil maktabda o'quvchi-talabalar birinchi yili gazeta o'qiy boshlaydi, ikkinchi yili ozodlikni talab qilishadi, uchinchi yili esa janobi oliylarini taxtdan ag'darib, turmaga tiqib qo'yishadi»,- der edilar. Mutaassiblar tarixni tasvirlash, o'qitish be'manilik, dahriylik deb hisoblashdi. M.Behbudiy ularni fosh qilar ekan, «Qur'oni ICarim» ham, Muhammad payg'ambarning hadislari ham tarixga daxldor ekanligini, «Qur'oni Karim»ning chorak qismi tarixiy ma'lumotlardan iboratligini asoslab beradi.
Mustamlakachi ma'murlar jadidlar harakatini jilovlash chora-larini ko'rdilar. Ular ustidan nazorat o'rnatilib, gazeta va jurnallari man etilar, nashriyotlari buzib tashlanar, kitob do'konlari, qiroat-xonalar yopib qo'yilar edi. Ayniqsa, 1905-1907—yillardagi Rossiya inqilobidan keyin qatag'on kuchaydi. Bu inqilobdan mahalliy burjuaziya va zamindorlarning bir qismi qo'rqib ketib mustamlakachi ma'murlar panohiga intildilar. Jadidlardan o'ng qanot ajralib chiqib, reaksiya lageriga qo'shildilar. Qadimchilar deb atalgan bu guruh, Rossiyaning obro'si bizning obro'yimiz, xudodan qo'rq, podshohni hurmat qil, podshohning amri fuqarolar uchun vojibdur, deb chiqdilar. Ular islohotlarga qarshi chiqib, qadimgi tartiblarni himoya qildilar. Ular panturkizm - turkiy xalqlarni Turkiya davlati qo'li ostida birlashtirish, panislomizm - islom dinidagi barcha xalqlarni birlashtirish g'oyalari soyasida qolib ketdilar.
Jadidlar tobora olg'a yurdilar. Mustamlakachilarning jadidlarga nisbatan qo'llagan zo'ravonlik choralari, ularni ma'naviy-ma'rifiy islohotdan siyosiy qarshilik ko'rsatish darajasiga ko'tarilishiga olib keldi. Dastlabki siyosiy uyushma va partiyalar vujudga keldi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan jadidchilik madaniy-ma'rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U o'sib mustamlakachilarga qarshi ko'tarilgan milliy-ozodlik harakatining mafkurasiga aylandi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1.Sh.M Mirziyoyev «Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz»
2. Karimov I.A. «Yuksak ma`naviyat va yengilmas kuch» asari
3. Imom Nazarov M «Milliy ma`naviyatimiz asoslari» Toshkent O`zbekiston
4. www.ziyonet.net

Download 19,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish