XIX asrning oxirida Xitoy 9-sinf Jahon tarixi fani darsligi asosida 27-mavzu Xitoyning yarimmustamlakaga aylantirilishi
XIX asr oxirida Xitoy qoloq, yarimfeodal davlat edi. Yerning asosiy qismi zamindor boylar qo‘lida edi.
XIX asrning so‘nggi choragidan boshlab mamlakatda kapitalistik munosabatlar ham rivojlana boshladi.
Dastlabki temiryo‘llar qurildi.
Pulga muhtoj bo‘lgan Sin sulolasi chet el davlatlari bilan asoratli shartnomalar tuzar va milliy manfaatlarga xilof ravishda ularga yon berardi. Temiryo‘llar qurilishi xorijliklar tasarrufida edi.
Ko‘mir shaxtalari, konlarning katta qismi ham ularning ixtiyorida bo‘lib,
Xitoy chet el davlatlarining xomashyo bazasiga aylanib qoldi.
Xitoyning Yaponiya bilan 1894-1895-yillardagi urushda mag‘lubiyatga uchrashi chet ellik monopolistlarning Xitoyni yanada ko‘proq talashlari, asoratga solishlariga sabab bo‘ldi. Eng boy hudud - Yanszi daryosi havzasi Buyuk Britaniyaning ta’sir doirasiga tushib qoldi.
Yanszi daryosi
Sanoat taraqqiyoti va chet el hukmronligi
XIX asrning oxirida Xitoyda ilk sanoat korxonalari paydo bo‘la boshladi.
1881-yilda Shimoliy Xitoyda birinchi temiryo‘l ishga tushirildi.
Import eksportdan ancha ko‘p edi. Xitoy bilan Buyuk Britaniya o‘rtasida 1876-yili tuzilgan konvensiya Xitoyni yanada asoratga soldi.
Konvensiya Buyuk Britaniyaga Xitoyning 10 dan ortiq bandargohigaerkin kirish, qator viloyatlarda imtiyozli savdo qilish huquqini berdi.
1884-yilda Fransiyaning Vyetnamni bosib olishi tufayli Fransiya- Xitoy munosabatlari yomonlashdi.
Shu yili Xitoy Markaziy Vyetnam ustidan rasmiy hukmronligidan voz kechdi va u yerda Fransiya protektoratini tan oldi.
Ijtimoiy harakat
1899-yili „Ixetuan“ harakati qo‘zg‘olon tusini oldi.
Ixetuanlar Yaponiyaga tovon to‘lashni to‘xtatish, Tayvanni Xitoyga birlashtirish kabi talablarni qo‘ydilar. Sin hukumati qo‘zg‘olondan cho‘chib qoldi.
Xitoyga qarshi intervensiya
Pekinga chet elliklar intervensiyasi boshlanishiga bahona bo‘ldi. Intervensiyada sakkiz davlat - Germaniya, Yaponiya, Italiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Rossiya va
Avstriya-Vengriya qatnashdi.
1900-yil iyul oyida chet el interventlari yalpi hujumga o‘tdilar va Pekin shahri egallandi.
Xorijliklar shaharni va imperator saroyini talon-taroj qildilar.
Sakkiz davlat Xitoyni asoratli shartnomani imzolashga majbur qildi. Shartnomada qo‘zg‘olonda qatnashgan mansabdor shaxslarni qatl etish yoki surgun qilish talab etildi. Savol va topshiriqlar: 1. Xitoy va Yaponiya taraqqiyotining o‘xshash va o‘ziga xos xususiyatlarini taqqoslang. 2. Xitoy qay tariqa yarimmustamlakaga aylanib qoldi? 3. 1876-yilgi Xitoy — Buyuk Britaniya konvensiyasi Xitoy uchun qanday oqibatlar keltirdi? 4. Ixetuanlar qo‘zg‘oloni va uning oqibatlari haqida nimalarni bilib oldingiz? 5. „Xey“ doktrinasi qanday maqsadni ko‘zlagan edi?
Do'stlaringiz bilan baham: |