93
vob berdi.
— Menga sovg‘a qilgan kitoblaringiz uchun pulni qayerdan olga- ningizni bilmoqchi edim.
Hansning qoshig‘ida nim tabassum aks etdi.
— Haqiqatan ham, senga shu qiziqmi?
— Albatta.
Lizelning o‘gay otasi cho*ntagidagi qolgan-qutgan tamakini olib shoshilmasdan sigareta o‘ray boshladi. Lizelning sabri tugayotgan edi.
— Aytasizmi yoki yo‘qmi?
Hans kuldi:
— Qarasang-chi, javobni aytib beryapman-ku, qizim, — u sigareta- ni o‘rab bo‘lib, stol ustiga qo‘ydi va ikkinchisini o'rashga kirishdi. — Pulni mana shunaqa qilib topdim.
Lizel, baribir, bu harakatning mohiyatini tushunib yetmagan edi. Qoshiqni kosaga urib, ovqatini tezda yeb oigan va kamiga kekirib ham qo‘ygan o‘gay onasi Hansning o‘miga javob berdi:
— Bu odam haqiqiy cho‘chqa, — dedi u. — Uning nima qilganini bilasanmi? Sassiq tamakilarining hammasini bir chekkadan o‘rab, shahar- chaga kelgan ko'chma do‘konga olib borib lo‘lilarga ayirboshlab kelibdi.
— Har bitta kitob uchun sakkizta sigareta berdim, — otasi g‘olibo- na tarzda labiga bitta sigareta qistirdi, olov yoqib tutunini ichiga yutdi. — Qo‘lbola sigaretalar uchun Xudoga hamd-u sanolar bo‘lsin, io‘g‘rimi, Roza?
Roza unga o‘zining bisotidagi jirkanch qarashni va lug‘atidagi eng ko‘p qo‘llaniluvchi so‘zni yo‘lladi:
— Cho‘chqa!
Lizel odati bo‘yicha o‘gay otasi bilan ko‘z qisishib qo‘ydi va ovqatini ichdi. Har doimgidek uning yonida bitta kitob turardi. Qizning o‘z savoliga qoniqarli javob olganini tan olmasdan boshqa iloji yo‘q edi. O‘zining ta’lim olishiga ota-onasi sigareta bilan haq to‘lagan odamlar juda kam bo‘lsa kerak.
Holbuki Roza agar Hans Huberman yaxshi odam bo'lganida sigare-
talarining bir qismini pullab, mehnatdan boshi chiqmaydigan xotiniga yangi ko‘ylak yoki yaxshiroq poyabzal sotib olib berishini pesh qildi.
— Ammo, sen unday qilmaysan. Menga kelganda kartochkada be- rilgan hamma sigaretangni, kamiga qo'shnilamikini ham chekib tashlay- san.
Bir necha oqshomdan so‘ng Hans Huberman bir quti tuxum ko‘tarib uyga kirib keldi.
— Kechir, Roza, — dedi u qutini stol ustiga qo‘yarkan. — Ularda oyoq kiyim tugab qolgan ekan.
Roza Huberman shikoyat qilmadi, aksincha, tuxumni qizartirib qo- vurayotganida oz-moz qo‘shiq ham xirgoyi qilib qo‘ydi. Sigaretalar Hu- bermanlar xonadoniga katta quvonch va baxtli kunlami hadya etgandek edi go‘yo. Lekin ulaming xursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi.
XI BOB
SHAHARCHA DAYDISI
Muammolar dastlab kir yuvib dazmollab berish xizmatining inqiro- zida namoyon bo‘ldi va keng quloch yoya boshladi.
Lizel Roza Huberman bilan birga Molking bo‘ylab yuvib tozalangan kirlami egalariga tarqatib berayotganida Ernst Fogel ismli doimiy mijoz- lardan biri ularga endi kiyimlami yuvdirib, dazmollatishga qurbi yetmas- ligini ma’lum qildi.
— Og‘ir davrlar kelyapti, chamamda, — uzrli ohangda davom etdi u. — Nima ham deya olardik? Hali bundan ham battar bo‘lmasa edi. Urush sababli xonavayron bo‘lamiz? shekilli, — Fogel shunday deb Lizelga qa- radi. — Sizga, albatta, bu qizni boqayotganingiz uchun nafaqa to‘lashadi, shunaqami?
Roza miq etmasdan bir qo‘li bilan bo'sh sumkani ko‘tarib oldi, ik- kinchi qo‘li bilan karaxt turib qolgan Lizelni yetaklab ketdi.
— Ketdik, Lizel. Yura qol.
Do'stlaringiz bilan baham: |