97
olib sumkani kuchi boricha silkitdi, keyin ichidagi narsalaming holatini tekshirdi. Yaxshi hamki, taxlar buzilmagan, tekis yuzaga burushiqlar tush- magan edi. Lizel miyig‘ida kulib, boshqa hech qachon bu ishni takror- lamaslikka o‘z-o‘ziga va’da bergancha yo‘lida davom etdi.
Umuman olganda, ish Lizelga yoqdi. Garchi daromaddan hissa berilmasa-da, u endi uyda diqqinafas bo‘lib o‘tirmas, ko‘chalarda bemalol qo‘rs onasining yetaklovisiz yurish imkoniyatiga ega edi. Ortiq ming xil la’natlar ham yog‘dirilmas, kirsolingan sumkani noto‘g‘ri ushlagani uchun tanbehlar ham berilmas, odamlar ham tili zahar ayol va qizga ajablanib qarashmasdi. Tinchlik.
Lizel o‘zi uyiga kunda yoki kunora qatnayotgan odamlami ham yoqtira boshladi:
— Pfaffelxurferlar u olib borgan kiyim-kechak va choyshablami yaxshilab tekshiruvdan o‘tkazishar va nuqson topa olishmagach: “Ja, ja, sehr gut, sehr gut1!” — deb olib qolishardi. Lizel ular hamma ishni ikki marotaba qilishsa kerak deb tasawur qildi.
— Oliyjanob Helena Shmidt pulni bo‘g‘im yallig'lanishi kasaliga duchor bo‘lgan egri qo‘li bilan uzatadi.
— Vayngartnerlaming hamma joyda junini qoldiradigan mushugi doim ular bilan birga eshik oldiga chiqardi. Mushukka Gitleming o‘ng qo‘l yordamchisi sharafiga “kichik Gebbels1 2” deb laqab qo‘yishgandi.
— Va nihoyat, hokimning qaltiroq bosgan, sochlari hurpaygan rafí- qasi Frau Herman. U uyining salobatli eshigini ochganida ichkaridan so- vuq havo urilardu Bu ayol doimo jim va yolg‘iz yurardi, shu paytgacha biron marta so‘zaytgan emasdi.
Ba’zan Rudi Lizelga hamrohlik qilardi.
— Xo‘sh, bugun qancha pul ishlab topding? — so‘radi u bir kuni tushdan so‘ng. Atrofhi g‘ira-shira qorong‘i lik qoplay boshlagan, ular
1 Ja, ja, sehr gut, sehr gut (nemischä) — ha, ha, juda yaxshi, juda yaxshi.
2 Paul Yozef Gebbels (1987-1945)—Adolf Gitleming eng yaqin sheriklari va sadoqatli izdoshlaridan bin bo‘lgan germaniyalik siyosatchi. 1933-1945-yilIarda Targ‘ibot-tashviqot vaziri va Madaniyat palatasi prezidenti bo‘Igan. 1945-yil 1-mayda o‘zjoniga qasd qilgan.
muyulishdagi do‘kon yonidan “Himmel” ko‘chasiga chiqib borishardi. — Frau Diller haqida eshitgansan-a, Lizel? Aytishlaricha, u qayerdadirshirin- liklami yashirib qo‘ygan ekan. Agar u aytgan pulni bersang...
— Xayolingga ham keltirma! — Lizel pulni har doimgidek kaftida mahkam qisib ketayotgandi. — Sen-ku qo‘rqmaysan, chunki oyim oldida sen emas, men hisob beraman.
Rudi yelkasini qisib qo‘ya qoldi:
— Mayli, shunchaki aytdim-qo‘ydim-da.
* * *
Yanvar oyining o‘rtalarida maktabdagi darslarda maktub yozish mashg‘ulotlari o‘tila boshlandi. Asosiy bilim va ko‘nikmalami ofczlashtirib chiqqanlaridan so‘ng har bir o‘quvchi biri do‘stiga, ikkinchisi esa sinfdo- shiga atalgan ikkita xat yozishi kerak edi.
Rudining Lizelga yozgan maktubining mazmuni quyidagicha edi:
“Qadrli cho ‘chqal
Sen hall ham o ‘tgan safargifútbol o ‘yinimizdagidekyomon o ‘ynash- da davom etyapsanmi? Shunday deb umid qilaman. Demak, men yana yoningdan xuddi Jessi Ouens Olimpiadada yugurganidek uchib o'tib ketaman... ”
Mariya opa bu maktubni ko‘rgach, Rudiga iltifot bilan savol berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |