MARIYA OPANING TAKLIFI
— Ko‘nglingiz yo‘lakka chiqishni tusab qoldimi, janob
Shtayner?
Tabiiyki, Rudi buni rad etdi va xatni yirtfb tashlab, yangisim yozish- ga kirishdi. Bu safargi xatida u Lizel ismli qizga murojaat qilgan va undan sevimli mashg‘ulotlari haqida bir nechta savollami so‘ragan edi.
Lizel uyga vazifa sifatida berilgan xatni yozish haqida o^ylayot- ganida Rudiga yoki boshqa cho‘chqalarga maktub yozishni tentaklikdan boshqa narsa emas degan qarorga keldi. Ularga yozishdan hech qanday
99
ma’no yo‘q edi. Shu sababli yerto‘lada o‘tirib devomi qayta bo‘yayotgan o‘gay otasini gapga tutdi.
Hans bulutli bulut bilan burilib:
— Was wuistz? — bu nemis tilidagi muloqot jarayonida qo‘lla- niluvchi eng qo‘pol gap edi, amino otasi uni chuqur samimiyat bilan aytgan edi. — Nima demoqchisan?
— Oyimga maktub yozsam boUadimi?
Oraga sukunat cho‘kdi.
— Nega unga xat yozishing kerak bo‘lib qoldi? Xudoning bergan kuni uni ko‘rib turibsan-ku, — Lizelning o‘gay otasi ayyorlarcha jilmayib qo‘ydi va Lizelni kalaka qila turib. — Shu yetmaydimi senga?
— Bu oyimga yozmoqchi emasman, — deya Lizel yutinib qo‘ydi.
— Ha, shunaqami? — u burilib, devoni bo‘yashda davom etdi. — Ehtimol, yozishing mumkindir. Maktubingni seni bu yerga olib kelgan, uyimizga bir necha bor kelgan ayoldan berib yuborishing mumkin. U vasiylik idorasi xodimi edi — ismini eslay olmayapman.
— Frau Heynrix.
— Ha, to‘g‘ri. Maktubingni ungajo‘nat. Balki, u ilojini qilib onang- ga jo‘natar, — Hans ishonchsizlik bilan, go‘yo o‘z-o‘ziga gapirayotgandek ming‘irladi. Frau Heynrix o‘zining qisqa tashriflari davomida Lizelning onasi haqida bir og‘iz gap aytmagandi.
Lizel otasining ovozi nimaga o‘zgarib qolganini so‘ramasdan darhol yozishni boshladi. Bekam-u ko‘st maktub tayyorlash uchun uch soat vaqti ketdi, oltita qoralama nusxa yozdi. Xatda onasiga Molking shaharchasi, o‘gay otasi va uning akkordeoni, Rudi Shtayneming g‘alati, ammo beg‘u- bor qiliqlari va Roza Hubennanning jasoratlari haqida hamma narsani miridan sirigacha bayon qildi. Lizel, shuningdek, endi ravon o‘qiy olishini va yozishni harn biroz o‘rganganligidan qanchalik faxrlanishini harn qis- tirib o‘tdi. Ertasi kuni u oshxonadagi tortmada turgan muhmi olib maktub- ga bosdi-da, Frau Dilleming do‘koni oldidagi pochta qutisiga tashladi va kuta boshladi.
Maktubni yozib tugatgan o'sha oqshom Lizel Hans va Roza o‘rtasi-
100 _
dagi suhbatni eshitib qoldi.
— U onasiga maktub yozib nimaga erishmoqchi o‘zi? — dedi Roza.
Uning ovozi hayratlanarli darajada sokin va mehribon yangradi. Ta- sawur qilganingizdek, Lizel bundan juda xavotirga tushdi. Buning o‘miga o‘gay ota-onasining janjallashishgani ma’qulroq edi. Kattalaming pichir- lab gaplashishi xotirjamlik alomati emas.
— Mendan yozsam bo‘ladimi deb so‘radi, — endi otasi gapira boshladi. — Unga yo‘q deb ayta olmadim. Bunday deya olmayman ham.
— Yo Iso, Bibi Maryam va Yusuf! — yana shivirladi Roza. — U o‘sha ayolni endi unutishi kerak — tamom vassalom. Hozir uning qay go‘r- larda yurganligini kim biladi deysan? Unga nima qilishgani ham noma’lum-ku.
Lizel karavotida yotgancha o‘zini mahkam quchoqlab oldi. U onasi haqida o‘ylar, xayolida Roza Hubermanning savollari g‘ujg‘on o‘ynardi.
Onasi qayerda o‘zi?
Ular onasiga nima qilishgan?
Va nihoyat ular degani kimlar?
XII BOB
O‘LIK MAKTUBLAR
Voqealar rivojida sal ilgarilab ketamiz-da? Hubermanlaming yer- to‘lasiga tushamiz. 1943-yil sentyabr.
O‘n to‘rt yoshli qiz kichkina qora kitobga nimanidir yozmoqda. U ozg‘in, ammo baquvvat va hayotda ko‘p narsani ko‘rgan. Otasi oyoqlarida akkordeon tutgancha uning yonida o‘tiribdi.
— Bilasanmi, Lizel? O‘shanda sening maktubingga o‘zim javob yozib, ostiga onangning ismi bilan imzo chekmoqchi bo‘ldim, — Hans shunday deb oyog‘ining ilgari gipsda bo‘lgan joyini qashidi. — Ammo, baribir, unday qila olmadim. Bunga jur’atim yetmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |