81
ularga tishi o‘tmas, xo‘rligi kelib ko‘zlarini jiqqa yosh qoplagandi. Endi Lizel bitta ham so‘zni ko‘ra olmay qoldi.
Sinf derazasi osha nurini sochayotgan quyosh ham unga xalaqit berar, bir chaqaga arzimaydigan qizning ustidan kulgandek nurini to‘ppa- to‘g‘ri unga qaratib olgandi. U osmondan turib Lizelga: “Balki, kitobni o‘g‘irlashni eplagandirsan, lekin qanday o‘qishni bilmaysan!” — degan istehzoni yo‘llayotgandek tuyuldi.
Lizel vaziyatdan chiqishning yo‘lini topdi.
Bir-ikki marta chuqur nafas olib chiqardi va oldida turgan kitobni emas, aksincha: “Go‘rkovlar uchun qo‘llanma”dan parchani o‘qiy boshla- di. Uchinchi bob: “Qor yog‘gan sharoitda”. Lizel bu bobni otasi bilan mutolaa qilayotganda miyasiga quyib olgandi.
— Agar qor yog‘ayotgan bo‘lsa, — so‘zlay boshladi qiz, — bel- kurakning mustahkamligiga ishonch hosil qilib olishingiz kerak. Qabmi juda chuqur qazish lozim, aslo dangasalik qila ko‘rmang. Shunchaki chuqur qazish bilan ish bitmaydi, — Lizel yana bir marotaba o‘pkasini to‘l- dirib nafas oldi-da, davom etdi. — Albatta, kun biroz iliguncha kutish yaxshi, lekin...
Shu bilan uning gapi tugab qoldi.
Kitob uning qoMidan yulqib olindi va: “Lizel, yo‘lakka chiq!” — degan amr yangradi.
Lizel indamay yengil qamchi zarbasini qabul qilar ekan, rohibaning borib kelayotgan qo‘llari orasidan sinfdoshlaming kulishini eshitib turardi. Qiz quyosh nuriga cho‘mgan xonadagi tiijayayotgan, mazaxlayotgan ba- sharalami ko'rdi. Rudidan boshqa hamma kulardi.
Tanaffus paytida uni yana masxara qilishdi. Lyudvig Shmeykl ismli bola qo‘lida kitob olib uning oldiga keldi.
— Hoy, Lizel, — dedi u. — Mana bu yerda bitta so‘z bor ekan, shuni hech o‘qiy olmayapman. Menga shu so‘zni o‘qib bera olasanmi? — Lyudvig shunday deb xoxolab kulib yubordi. O‘n yoshli bolaning mag‘- rurona kulgisi sinfhi tutib ketdi. — Dummkopf — Sen savodsiz ahmoqsan!
Osmonni ulkan va beso‘naqay bulutlar halqadek har tomondan o‘rab _ 82 ; _
ola boshlagan, sinfdagi boshqa bolalar ham Lizelning ustidan kulib, jazavaga tushishini kuzatishardi.
— Ulaming gaplariga e’tibor berma, — deya maslahat berdi Rudi.
— Aytish oson senga. Mendek ahmoq va savodsiz emassan-da.
Tanaffus nihoyasiga yetgunga qadar unga yog‘dirilayotgan haqorat- lar soni o‘n to‘qqiztaga yetdi. Yigirmanchisida Lizel ortiq dosh berolmay o‘shqirib yubordi. Boya o‘ralashgan Shmeykl yana paydo bo‘lib, kitobni naq bumining ostiga olib kelgandi.
— Xo‘sh, nima deding, Lizel? Yordam berasan-a?
Lizel unga qilig‘iga yarasha tarzda javob qaytardi: shartta o‘midan turib uning qo‘lidan kitobni oldi va Lyudvig bo‘ynini burib, yelkasi osha boshqa bolalarga qarab iljayib turganida kitobini yerga uloqtirdi, o‘zini esa bor kuchi bilan tepib yubordi.
Tasawur qilganingizdek, tepkidan Lyudvig Shmeykl ikki bukilib qoldi, tezda qulog‘iga musht ham kelib tushdi. Yerga yiqilganida g‘azab- dan ko‘zi butunlay ko‘r bo‘lgan Lizel uning ustiga chiqib olib, savalay boshladi, yuzini timab tashladi. Bolaning terisi iliq va yumshoq, qizning kichik mushtlari va timoqlari toshdek qattiq edi.
— Sen cho‘chqasan! — qizning ovozi ham qo‘rqinchli ravishda xirillab chiqdi. — Sen eshaksan. “Eshak” degan so‘zini harflab aytib ber- chi!
Osmondagi bulutlar bir-birini itarib, janjalni tomosha qilish uchun ulaming to‘g‘risida to‘planib olishgandi. Ulkan va semiz, qora va do‘mboq bulutlar bir-biri bilan to‘qnashib ketganlarida kechirim so‘rab yana yo‘lla- rida davom etishar va mos joyga o‘mashib olishardi. Bolalar bir zumda yugurib kelishdi, xuddi... xuddi, janjalga tortilgan bolalar singari. Lizelning atrofini qo‘l-oyoqlar olqishi, qichqiriq va hayqiriqlar o‘rab oldi. Lizel Meminger Lyudvig Shmeyklga misli ko‘rilmagan zarbalar berayotganini hamma tomosha qildi.
— Yo Iso, Bibi Maryam va Yusuf! — qichqirdi bir qiz. — U hozir Lyudvigni o‘Idirib qo‘yadi-ku!
Lizel uni o‘ldirmadi, ammo bunga juda yaqin keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |