MARUZA № 10. QAZISH-YUKLASH ISHLARI HAQIDA UMUMIY
MA’LUMOT. TOG‘ JINSLARINI DAVRIY ISHLOVCHI KON QAZISH
MASHINALARI BILAN QAZIB OLISH.
Darsning maqsadi
–
Qazish-yuklash ishlari tо‘g‘risida umumiy ma’lumotga
ega bо‘lish. Davriy ishlovchi kon qazish mashinalari va ularning ishchi
parametrlari tо‘g‘risida tushunchaga ega bо‘lish.
Reja:
1.
Qazish-yuklash ishlari haqida tushuncha.
2.
Tog‘ jinslarini draglaynlar bilan qazib olish.
3.
Tog‘ jinslarini mexanik kurakli ekskavatorlar bilan qazib olish.
4.
Tog‘ jinslarini skreperlar bilan qazib olish.
5.
Tog‘ jinslarini buldozerlar bilan qazib olish.
6.
Tog‘ jinslarini chо‘michli yuklagichlar bilan qazib olish.
Qazish-yuklash ishlari haqida tushuncha.
Tog‘ jinsi massivini tо‘g‘ridan tо‘g‘ri qazib olish va transport vositalariga
yuklash yoki qazib olishning о‘zi, mashinaning ishchi organi yordamida tog‘
jinsini bir joydan ikkinchi joyga siljitish va agdarmaga bо‘shatishga – qazish-
yuklash ishlari deb ataladi. Bu jarayonni mexanizatsiyalash uchun ishlatilish va
texnologik sifatlari turlicha bо‘lgan universal va karyer
mashinalarining turli
turlaridan foydalaniladi va bu mashinalarning qayerda va qaysi sharoitlarda
qо‘llanilishi hududiy tabiiy sharoitga va kon texnik sharoitga qarab belgilanadi.
Ekskavator deb shunday mashinaga aytiladiki, tog‘ jinslarini chо‘michlab,
qisqa masofaga tashib va transport vositalariga yoki ag‘darmaga tо‘kuvchi
mashinadir.
Ish jarayoni quyidagi 4 xil ketma-ket bajariladigan harakatlardan iborat:
chо‘michni tо‘ldirish (chо‘michlash), uni tо‘kish joyiga surish (harakatlantirish),
tо‘kish va bо‘sh chо‘michni chо‘michlash joyiga qaytarib keltirish.
Ekskavatorlar umumiy holda quyidagi belgilar bо‘yicha turlanadi:
mо‘ljaliga va bajariladigan ish turiga qarab;
chо‘mich hajmiga qarab (bir chо‘michli) yoki nazariy unumdorligiga
qarab (kо‘p chо‘michli).
Ishchi a’zosini turiga qarab kо‘p chо‘michli ekskavatorlar:
zanjirli,
sidirg‘ichli-chо‘michli, rotorli, frezerli-chо‘michli va chо‘michsiz frezerli ishchi
a’zoli turlarga bо‘linadi. Harakatlanish turiga qarab:
bо‘ylama qazuvchi ekskavatorlar, ularda harakatlanish yо‘nalishi qazish
yо‘nalishiga tо‘g‘ri keladi;
kо‘ndalang qazuvchi ekskavatorlar, ularda harakatlanish yо‘nalishi
yо‘nalishiga perpendikulyar bо‘ladi;
radial qazuvchi ekskavatorlar, ularda ishchi a’zo
asos bilan birgalikda
mashinaning umumiy asosiga nisbatan buriladi.
Ekskavatorlar pastdan kovlaydigan va yuqoridan kovlaydigan turlarga
bо‘linadi. Harakatlanish mexanizmlari bо‘yicha relslik, gusenitsalik, relsli
gusenitsalik va qadamlovchi turlarga bо‘linadi.
Normal iqlim sharoitiga va yukori unumdorlikka ega bо‘lgan
karyerlarda
ochish ishlari uchun kо‘p chо‘michli rotorli ekskvavatorlar va draglaynlarni
qо‘llab yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Vaqt qisqa bо‘lganida, ya’ni qazib
oluvchi mashina va uskunalar qisqa vaqt davomida ishlaganida – ochish ishlarida
chо‘michi hajmi katta bо‘lgan sidirg‘ich (skreper) lardan foydalanish maqsadga
muvofiq bо‘ladi. Karyer unumdorligi kam bо‘lgan yoki mavsumiy sharoitlarda yoz
paytlarida buldozerlardan, chо‘michi sig‘imi kam bо‘lgan sidirg‘ichlar va minorali
ekskavatorlarni qо‘llash mumkin.
Yarim qoya va qoyali tog‘ jinslarini oldindan yumshatilib qazib olishda –
mexanik kurak, yuklagichlar va chо‘michi hajmi katta bо‘lgan draglaynlarni
qо‘llash mumkin.
Konchilikda qо‘llaniladigan barcha mashinalar ishlash prinsipiga qarab:
uzluksiz ishlovchi mashinalar (kо‘p chо‘michli
rotorli va zanjirli
ekskavatorlar, buroshnekli qurilmalar, uzluksiz yuklovchi mashinalar,
kombaynlar);
davriy ishlovchi mashinalar (bir kovshli ekskavatorlar, g‘ildirakli va
gusenitsali
yuklagichlar, kabelli ekskavatorlar, mexanik kuraklar,
buldozerlar va sidirg‘ichlar) ga bо‘linadi.
Transport vositalariga nisbatan mashinalar quyidagilarga bо‘linadi:
Qazib-yuklovchi mashinalar. Bu mashinalar foydali qazilmani qazib oladi va
qazish joyining о‘zida transport vositasiga yuklaydi. Bularga misol qilib, rotorli va
kо‘p chо‘michli ekskavatorlarni, mexanik kurak, minorali ekskavatorlar va
burozaryadli kombaynlarni olish mumkin.
Ekskavatsiyalovchi mashinalar. Bu mashinalar qazish joyida ishlaydi va
chо‘michi bilan qazilgan tog‘ jinsini mashina konstruksiyasida kо‘rsatilgan
masofaga va ag‘darmaga yuklaydi (bо‘shatadi), bularga misol qilib draglaynni
olish mumkin.
Qazib-tashuvchi mashinalar. Bu mashinalar qazib olingan tog‘
jinsini
iqtisodiy jihatdan samarali bо‘lgan masofagacha tashiydi. Bunga misol qilib
g‘ildirakli yuklagichlarni, sidirg‘ich va buldozerlarni keltirish mumkin.