Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet67/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

79




yog‘ilib turardi. (Aytgancha — men shu inson shaklidagi o‘Iim elchisini, ayniqsa uning qo‘lidagi uzun dastali chalg‘ini juda yaxshi ko‘raman. Uni ko‘rsam, kulgim qistaydi.)
Quyosh nuridan charog‘on sinfda o‘qituvchimiz familiyalami taso- difiy tanlab, qoshiga chaqira boshladi:
— Valdenxaym, Lemann, Shtayner.
Ulaming hammasi o‘midan turib qoTidan kelgancha berilgan matn- ni o‘qishdi. Rudining biyron o‘qishi kutilmagan hodisa bo‘ldi. Imtihon davom etar ekan, Lizelning ruhini qizg‘in intiqlik va biroz qo‘rquv qamrab oldi. U o‘z mahoratini sinab ko‘rishni, shu orqali savodining haqiqiy ahvo- lini bilishni juda xohlardi. Lekin a’lo baho olishga qodirmikan? O‘qish bobida Rudiga va boshqa o‘quvchilarga tenglasha olarmikan?
Mariya opa har safar o‘quvchilar ro‘yxatiga qaraganida, Lizelning qovurg‘alaridagi asab tolalari qattiq taranglashardi. Taranglik oshqozoni- dan boshlanib, yuqoriga tarqalib ketar, bir zumda u arqon singari bo‘ynini o‘rab olardi.
Tommi Myuller o‘zining o‘rtamiyona nutqini tugatgach, Lizel atro- figa nazar tashladi. Qolganlaming hammasi allaqachon matn o’qib boT- gan, faqat uning o‘zi qolgandi.
— Juda yaxshi, — Mariya opa ro‘yxatni sinchiklab tekshirib, bosh irg‘adi. — Hammaning familiyasini o‘qidim.
Qanaqasiga?
Shu payt xonaning bir burchagidan “Yo‘q!” degan ovoz yangradi. Ovoz egasi malla sochli, tayoqdek oriq oyoqlari parta ostiga kirib ketgan bola edi. U qo‘lini yuqoriga cho‘zib “Mariya opa, Lizelni unutganga o‘x- shaysiz!” — dedi.
Mariya opa uning gapidan zarracha ta’sirlanmadi.
U jumalni oldidagi stolga irg‘itdi va Rudiga norozilik bilan qaradi, biroz ma’yus tortgandek bo‘Idi. Nega u Rudi Shtaynerdek mahmadona bi­lan bahslashib o‘tirishga majbur? U nega tinchgina og‘zini yumib o‘tira olmas ekan-a? Ey Xudo, nima uchun?
— Yo‘q, — dedi u qat’iyat bilan. Uning kichik qomi ham o‘zi bilan


80



birga oldinga siljidi. — Afsuski, Lizel hali o‘qishni uddalay olmaydi, Rudi, — o‘qituvchi gapini tasdiqlash uchun yon tomonga qaradi. — U keyinroq o‘zimga o‘qib beradi.
Lizel tomog‘ini qirib, muloyim kesatiq bilan gapirdi:
— Men ham o‘qiy olaman, Mariya opa.
Bolalaming aksariyati indamay tomoshabin boMishdi, sho‘xroqlari esa uni masxaralab, bolalarga xos ustidan kulish san’atini namoyish etish- di.
Mariya opaning sabr kosasi to‘la boshladi.
— Yo‘q, o‘qiy olmaysan!.. Nima qilyapsan?
Lizel bu vaqtda shartta o‘midan turib sekin qadam tashlagancha sinf taxtasiga qarab yurib borardi. U stoldagi kitobni olib duch kelgan bitta sahifani ochdi.
— Bo‘pti, — dedi Mariya opa. — O‘qimoqchimisan? Mayli, qani, ko‘raylik-chi, qo‘lingdan nima kelar ekan.
— Xo‘p bo‘ladi.
Lizel Rudiga tez qarab olib, ko‘zlarini sahifadagi satrlar bo‘ylab yu- gurtirdi.
U boshini kitobdan ko‘tarib sinfga qaraganida xuddi devorlar turli tomonga cho‘zilib, gursullab qulab tushgandek tuyuldi. Ko‘z oldida barcha o‘quvchilar devor ostida ezilib qolgandek, o4zi esa butun boshli sahifani tutilmasdan, ravon va g‘olibona o‘qiyotgandek tasavvur qildi.
, q
D KALIT SO‘Z
Tasavvur qildi.

— Bo‘la qol, Lizel! — Rudining ovozi sukunatni buzdi.
Kitob 0‘g‘risi boshini egib yana boyagi so‘zlarga qaradi.
— Qani, Lizel, bo‘la qol, — bu safar Rudi ovoz chiqarmay og‘zini qimirlatib qo‘ydi.
Lizelning vujudidagi qon ko‘pirib, ko‘z oldida satrlar xiralasha boshladi. Oppoq sahifadagi so‘zlar xuddi boshqa bir tilda yozilgandek



Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish