Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak


RUDI SHTAYNER TOMONIDAN NAMOYISH ETILGAN AHMOQLIKNING UCH KO‘RINISHI q Q



Download 1,76 Mb.
bet135/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

RUDI SHTAYNER TOMONIDAN NAMOYISH
ETILGAN AHMOQLIKNING UCH KO‘RINISHI
q
Q
RUDI SHTAYNER — HAQIQIY DAHO

  1. U mahalliy baqqol Mamerdan eng katta kartoshkani o‘g‘irlab ketdi.

  2. Myunxen ko'chasida Frans Doy cher bilan mushtlashdi.

  3. Gitleryugend” tashkilotining yig'inlarida qatnashishni umuman to'xtatdi.


Rudining birinchi ahmoqligiga ochko‘zlik sababchi bo‘ldi. 0‘shan- da 1941 -yilning noyabr oyi o‘rtalaridagi odatiy zerikarli kunlardan biri edi. Dastavval Rudi ustomonlik va bir qatra jinoiy daholik bilan oziq-ovqat kartochkalarini tutib oigan ayollaming orasidan mushukdek sirg‘alib o‘tdi.




U deyarli ko‘zga tashlanmasdan peshtaxtaga yaqin kelishga muvaffaq boTdi. Hanuz ko‘rinmas odamdek o‘zini yashirgan Rudi navbatdagi bir necha ayol ko‘z tikib turgan uyumdagi eng katta kartoshkaga qo‘l cho‘zib olib qo‘ydi. Ayollaming hammasi qayerdandir paydo bo‘lgan o‘n uch yoshli bolaning ulardan oldin chiqib kartoshkani tortib olganini ko‘rishdi. Yo‘g‘on va go‘shtdor nemis bekalari qoTlarini unga qarata bigiz qilib ko‘r- satishdi va shu zahoti Tomas Mamer bo‘rondek uñirib iflos sabzavotlar oldiga shoshdi.
— Meine Erdäpfel! — deb xitob qildi u. — Mening yerda bitgan olmalarim!
Kartoshka hanuz Rudining qoTlarida edi (bitta qo‘liga sig‘masdi), ayollar esa xuddi kurash tushishga yeng shimargan polvonlar jamoasidek uning atrofini o‘rab olishdi. Rudi zudlik bilan ularga biron bir gap aytib vaziyatdan chiqishi lozim edi.
— Bizning oilamiz och, — deya tushuntira boshladi Rudi. Bumidan shaffof suyuqlik tomchisi juda qulay paytda oqib tushgan Rudi uni artib tashlamaslikni ma’qul ko‘rdi. — Barchamiz ochlikdan azob chekmoq- damiz. Mening singlimga yangi palto kerak. O‘zining paltosini o‘g‘irlab ketishgan.
Baqqol Mamer ahmoq emas edi. U Rudining yoqasidan ushlab so‘radi:
— Nima, sen uni shu kartoshka bilan kiyintirmoqchimiding?
— Yo‘q, janob, — Rudi o‘zini asir oigan odamning o‘zi tomonidan ko‘rinadigan yagona ko‘ziga qiyshayibroq qaradi. Mamer xuddi bochkaga o‘xshab ketar, dunyoga ikkita o‘q teshigini eslatuvchi ko‘zlari bilan qarar, tishlari fútbol muxlislarining olomoniga o‘xshab og‘ziga tiqilib qolgandi. — Biz uch hafta oldin barcha kartochkalarimizni paltoga almashtirgandik, hozir esa yeydigan hech narsamiz yo‘q.
Baqqol bir qo‘lida Rudini, ikkinchi qoTida kartoshkani ushlab oldi va xotiniga dahshatli bir so‘zni aytib baqirdi:
— Polizei!
— Yo‘q, yo‘q, unday qilmang. O‘tinaman, — yalinishga tushdi


Rudi.




Keyinchalik u Lizelga o‘sha lahzada zarracha ham qo‘rqmaganini aytib maqtanadi, lekin aslida qo‘rquvdan yuragi tars yorilgudek bo‘l- ganligiga shubham yo‘q.
— Politsiya chaqirmang, iltimos, faqat ulami chaqirmang.
— Polizei!
Bola tipirchilab havo bilan jang qilayotganida Mamer umuman tebranmasdan turdi.
O‘sha kungi oziq-ovqat taqsimotidagi navbatda Herr Link ismli o‘qituvchi ham bor edi. U ruhoniy ham, rohib ham bo‘lmagan maktab o‘qituvchilaridan biri edi. Unga ko‘zi tushgan Rudi darhol o‘zini qo‘lga olib, ko‘zlari bilan unga ishora qilishga tutindi:
— Herr Link! — bu Rudining so‘nggi imkoniyat edi. — Herr Link, iltimos, unga ayting. Unga biz qay darajada qashshoq odamlar ekanli- gimizni ayting.
Baqqol ustozga savol nazari bilan boqdi. Herr Link oldinga bir qadam qo‘yib gapira boshladi:
— To‘g‘ri, herr Mamer. Bu bolaning oilasi juda ham kambag‘al. Ular “Himmel” ko‘chasidagi xaroba uyda turishadi.
Aksariyati ayollardan iborat olomon o‘zaro pichir-pichirlar avj oldi: ular “Himmel” ko‘chasi hech qachon rohat-farog‘at va to‘kin-sochinlik bobida Molkingdagi namunali ko‘chalardan emasligini yaxshi bilishar edi. Mazkur ko‘cha boshqa joylarda ham kambag‘al toifa qatlami vakillaridan iborat joy sifatida nom qozongan edi.
— Uning sakkizta uka-singillari bor.
Sakkizta! Garclii aybsizligi hali isbotlanmagan bo‘lsa ham Rudi labida nish ura boshlagan tabassumni qanday bo‘lmasin ichiga yutishi ke- rak edi. U hatto o‘qituvchisini ham yolg‘on gapirishga majbur qildi. Herr Link Shtaynerlar oilasi safiga yana uchta bolani qo‘shishga muvaffaq bo‘lgandi.
— U ko'pincha maktabga nonushta qilmasdan keladi.
Yana ayollar orasida yuqumli shivir-shivirlar boshlandi. Bu gap




xuddi chigal vaziyatning ustini yana bir qavat bo‘yoq bilan qoplagandek, bechora Rudi haqidagi tavsifni mazmunli va ifodaliroq qilgandek tuyuldi.
— Demak, bu mening kartoshkamni o‘g‘irlab ketishi mumkin degan ma'noni anglatadimi?
— Eng kattasini! — bir ayol hayqirib yubordi.
— Siz jim taring, Frau Metsing, — deya ogohlantirdi Marner va hayqirgan ayol bir zumda jim bo‘lib qoldi.
Dastlab, hammaning e’tibori Rudiga va uning gardaniga qaratil- gandi. Keyin u oldinga va orqaga sakrab, boshqa nuqtalarga — boladan kartoshkaga, kartoshkadan Mamerga ko‘cha boshladi (eng chiroylisidan eng badbasharasiga) va baqqolni aynan nimaga asoslanib Rudiga rahm qilganini hech kim hech qachon bila olmadi.
Balki, bolaning achinarli ko‘rinishidir? Yoki Herr Linkning salobati bosdimikin? Ehtimol, Frau Metsingning noo‘rin asabbuzarligidir?
Rahmdillik qilishiga sabab nima bo‘lishidan qat’iy nazar, Marner kartoshkani joyiga irg‘itdi va Rudini do‘kondan sudrab olib chiqdi. O‘ng oyog‘idagi etigi bilan uni qattiq itarib “Ortiq qorangni ko‘rsatma!” deb tayinladi.
Rudi tashqaridan mo‘ralab Mameming ancha kutib qolgan odam- larga oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatish uchun peshtaxtaning orqasiga ketayotganini va keyingi xaridorga istehzo bilan qaraganini ko‘rdi.
— Xo‘sh, qaysi kartoshkani olishni istaysiz? Bexijolat aytavering, — dedi baqqol bir ko‘zini boladan olmasdan.
Bu Rudi uchun navbatdagi mag‘lubiyat edi.
* * *
Uning ikkinchi ahmoqligi ham xuddi shunday darajada xavfli edi, ammo uning sababi boshqacha edi.
Rudi bu safargi ayovsiz janjaldan ko‘zi ko‘kargan, qovurg‘alari singan va sochi yulingan ahvolda chiqdi.
O‘sha kuni Tommi Myuller yana “Gitleryugend” tashkilotining yi-




g‘inlarida doimgi qiyinchiliklarga duch keldi va Frans Doychcr shunchaki Rudining uni himoya qilib chiqishini kutayotgan edi. Uning uzoq kutishiga to‘g‘ri kelmadi.
U Rudi va Tommiga haddan ziyod ko‘p jismoniy mashg‘ulotlami bajartirdi, boshqalar esa bu paytda jang usullariní o‘rganish uchun ichka- riga kirib ketishdi. Sovuqda yugurishayotganlarida deraza ortidagi iliq xo- nalarda o‘tirgan safdoshlarining boshlari va yelkalarini ko‘rishdi. Animo Rudi va Tommi tashqaridagi mashqlami bajarib, boshqalarga qo‘shilgan- larida ham jazo hali yakuniga yetmagani ma’lum bo‘ldi. Rudi burchakdagi stulga o‘zini tashlab, yengiga yopishgan loyni derazaga qarata silkitishi bila Frans darhol unga “Gitleryugend” tashkiloti a’zolari o‘rtasida mashhur bo‘lgan o‘zining eng sevimli savolini berdi.
— Fyurerimiz Adolf Gitler qachon tavallud topgan?
Rudi boshini ko‘tardi.
— Kechirasiz, tushunmay qoldim?
Savol yana bir bor takrorlangach, uning javobini juda yaxshi bila- digan ahmoq Rudi Shtayner “ 1889-yil 20-aprel” deyish o‘miga Iso Masih- ning tug‘ilgan kunini aytib yubordi. Hatto javobini biroz kengaytirish uchun Vifleyemni ham eslatib o‘tdi.
Frans kaftlarini bir-biriga ishqaladi — bu juda yomon alomat edi.
U Rudining yoniga bordi va maydon atrofida yana bir necha aylana yugurishni tayinlab tashqariga chiqarib yubordi.
Maydonda Rudining yakka o‘zi yugurdi va har bir aylanadan keyin undan yana íyureming tug‘ilgan kuni haqida so‘raldi. U to to‘g‘ri javobni aytmaguncha maydonni yetti marta aylanib yugurdi.
Asosiy muammo o‘sha uchrashuvdan bir necha kun o‘tgach sodir bo‘ldi.
Rudi Myunxen ko‘chasining piyodalar qatnov yo‘lidan bir necha do‘stlari bilan o‘tib borayotgan Frans Doychemi ko‘rib qoldi va unga qarata tosh otishni ma’qul topdi. Uning bundan ko‘zlagan maqsadi nima ekanligiga qiziqishingiz mumkin. Javob — hech narsa. Uning o‘zidan so‘raigan taqdirda ham Xudo tomonidan ato etilgan ahmoqlik qilish hu-







quqini sinab ko‘rayotganini yoki shunchaki FransDoycheming basharasi uni shunday qilishga majbur qilganini aytgan boTardi.
Tosh nishonga to‘g‘ri yetib borib, Fransning umurtqa pog‘onasiga tegdi, lekin zarba u istaganchalik kuchli boTmadi. Frans Doycher orqasiga 0‘girildi va Rudining Lizel, Tommi va Tommining singlisi Kristina bilan birga turganini ko‘rib, juda xursand boTib ketgandek tuyuldi.
— Qochmasak boTmaydi, — Lizel uni harchand turtkilamasin, Rudi joyidan bir qadam ham qimirlamadi.
— Biz hozir “Gitleryugend” safida turganimiz yo‘q, — tushuntirdi Rudi.
Katta yoshli yigitlar allaqachon ular turgan joyga yetib kelishgan edi. Lizel do‘sti bilan birga qoldi, Tommi va kichkina Kristina ham joylaridan jilmadilar.
— Janob Shtayner, — xitob qildi Fransva ko‘z ochib yumguncha Rudini yerdan dast ko‘tarib, yo‘lakka tashladi.
Rudining o‘midan turishi Doychemi yanada g‘azablantirib yubordi. U yana bir bor tizzasi bilan bolaning qovurg‘alari orasiga tepib, yoTakka irg‘itdi.
Rudi yana oyoqqa qalqidi, yigitlar esa Fransga qarab kulib yuborish- di. Bu Rudi uchun yaxshi yangilik emas edi.
— Nima, shu churvaqani o‘midan qaytib tura olmaydigan qilib qo‘yish qoTingdan kelmaydimi? — dedi eng baland bo‘ylisi. Uning ko‘z- lari osmon kabi moviy va sovuq edi. O‘rtog‘ining gaplaridan ilhomlangan Frans Doycherga ikki marta takrorlashning hojati yo‘q edi. U endi Rudini aniq yerga qapishib qoladigan qilib urishga qat’iy qaror qildi. Ulaming atrofmi olomon o‘rab ola boshlagandi.
Rudi Frans Doycheming qomiga urmoqchi boTib tashlanganida Frans mohirlik bilan chap berib qoldi va bir vaqtning o‘zida Rudining chap ko‘ziga musht tushib o‘tdek yona boshladi. Ko‘zlarining atrofida uchqun- lar paydo bo‘lgan Rudi nima bo‘layotganini anglashga ulgurmasdan oldin allaqachon yerda yotardi. Keyin ko‘zining xuddi shu joyiga ikkinchi zarba kelib tushdi va Rudi ko‘karib chiqqan jarohatning bir vaqtning o‘zida sariq,


qora va ko‘k rangga aylanganini his qildi. Tetiklantiruvchi og‘riqning uch xil qatlami.


Soniya sayin ko‘payayotgan olomon Rudi yana oyoqqa tura oladimi yoki yo‘qmi degan o‘yda ko‘z qiri bilan unga qarashdi. U o‘midan turmadi — bu safar u awal kiyimiga, undan so‘ng esa butun badaniga tarqalib ketgan sovuq va nam tuproq ustida ancha yotdi.
Uning ko‘zlari oldida uchqunlar birmuncha vaqt alangalanib turar, lekin tepasida yap-yangi cho‘ntak pichog‘ini yaltillatib turgan Fransni ko‘rganida kech bo‘lgandi.
— Yo‘q! — Lizel e’tiroz bildirdi, lekin novcha bo‘yli yigit uni mah- kam ushlab turdi va qizning qulog‘iga chuqur va keksa ovozda shivirladi.
— Qo‘rqma, — deb ishontirdi u Lizelni. — U hech narsa qila olmaydi. Bunga jasorati yetmaydi.
Biroq novcha yigit biroz yanglishgandi.
Frans tizzalab o‘tirmoqchi bo‘lgandek, Rudiga yaqinlashdi va ilondek vishilladi:
— Xo‘sh, bizning fyurerimiz qachon tavallud topgan? har biri
chertib aytilganligi uchun so‘zlar hech bir qiyinchiliksiz Rudining qulo- g‘iga yetib keldi. — Qani, Rudi, ayta qol, u qachon tavallud topgan? Qo‘rqmasdan gapiraver, hammasi yaxshi bo‘ladi.
Xo‘sh, Rudi qo‘rqayotganmidi? U savolga nima deb javob berdi? U o‘zini oqilona tutdimi yoki ahmoqligining sharofati bilan o‘zini botqoqqa yanada chuqurroq cho‘ktirdimi?
Rudi Frans Doycheming xira tortgan moviy ko‘zlariga xursand boqdi va pichirladi:
— “Pasxa” kuni, “Rojdestvo” arafasida.
Bir soniyadan so‘ng pichoq Rudining sochlarida o‘rmalayotgan edi. Lizel hayotining o‘sha bosqichida ikkinchi marotaba soch kesilishiga gu- voh bo‘layotgandi. Yahudiyning sochlari zanglagan qaychi bilan kesilgan edi, eng yaqin do‘stining sochi esa yaltiroq pichoq bilan kesilyapti. U sochini kesganligi uchun kimgadir pul to‘lagan odarrmi umri bino bo‘lib ko‘rmagandi. Rudiga kelsak, bu yil hisobiga u allaqachon botqoqda loy




simirgan, mol go‘ngi tashlangan joyda cho‘milgan, endi shakllanib kela- yotgan jinoyatchi tomonidan deyarli bo‘g‘ib o4ldirilgan, hozir esa Myun- xen ko‘chasining qoq o‘rtasida sharmandalarcha shuncha odamning oldida tahqirlanyapti.
Sochlarining aksariyat qismi osongina pichoqqa ilinib kesib tash- landi, ammo har pichoq zarbida hayot uchun kurashib bor kuchi bilan teriga yopishgan sochlar qolib qo‘yar, ammo, baribir, uzib olinardi. Har bir soch tolasi yulib olinganida Rudining awal ko‘karib, keyin qora tusga kirgan ko‘zi titrab ketar, og‘riq qovurg‘alari bo‘ylab tarqalardi.
— Yigirmanchi aprel, bir ming sakkiz yuz sakson to‘qqizinchi yil! — dedi Frans Doycher va to‘dasini olib o‘z yo‘lidan ketgach, olomon ham birin-sirin tarqalishga tushdi.
Axiyri u yerda faqat Lizel, Tommi va Kristi-na do‘stlari Rudi bilan birga qolishdi.
Rudi zax va nam yerda jimgina yotardi.
Demak, bisotimizda Rudining uchinclii raqamli ahmoqligi, ya’ni uning “Gitleryugend” tashkilotidagi mashg‘ulot va ma’ruzalardan voz kechish harakati qoldi.
Rudi Doycherdan zig‘ircha qo‘rqmasligini namoyish qilish uchun tashkilot yig‘ilishlariga borishni o‘sha voqeadan keyin emas, balki oradan bir necha hafta o‘tgach a’zolikdan butunlay voz kechish bilan to‘xtatdi.
Egniga fonnasini kiyib o‘zining sodiq odami Tommi hamrohligida “Himmel” ko‘chasidan mag‘rurona chiqib yurishda davom etdi, lekin “Gitleryugend” tashkilotining navbatdagi yig‘ilishiga bormasdan shahar- chadan chiqib ketishdi. Ikkovlon Amper daryosi bo‘ylab ketib borisha- yotganida oyoq ostidagi mayda toshlami tepib, kattaroqlarini suvga tash- lashdi.
Umuman olganda, vaqt o‘tkazish uchun ko‘ngillariga kelgan ishni qilib yurishdi. Rudi qunt bilan ustidagi fonnasini bejashga va shu orqali onasini hech bo‘lmaganda birinchi xat kelguncha aldashga muvaffaq bo‘l- di.






Nihoyat, tashkilotdan xat kelgan paytda Rudi oshxonadan kelayotgan mash’um chaqiruvni eshitdi.


Avvaliga ota-onasi unga tahdid qilib ko‘rishdi, keyin esa yalinishga tushishdi, biroq u oyoq tirab turíb olib, baríbir, tashkilot yig‘inlariga bor- madi.
Axiyri bo‘linmasini o‘zgartirish imkoniyatigina uni haqiqiy yo‘lga qaytardi. Shtaynerlarga ornad kulib boqdi, chunki agar Rudi tez orada tash­kilot mashg‘ulotlarida qatnashishni davom ettirmaganida buning uchun ota-onasi jarimaga tortilgan bo‘lar edi.
Rudining akasi Kurt bir kuni:
“Balki, uni “Qanot bo‘linmasi”ga o‘tkazish samara berar”, — deb taklif qilib qoldi.
Mazkur bo‘linmada yoshlarga samolyotlami qurish va uchuvchilik sir-asrorlari o‘rgatilar edi. Bo‘linma a’zolari asosan samolyot namu- nalarini qurishar, u yerda Frans Doycher ham yo‘q edi. Rudi rozi bo‘lgach, Tommi ham u bilan shu bo‘linmaga o‘tib ketdi. Hayotida atigi bir marta Rudining ahmoqona xatti-harakati o‘ziga va oilasiga naf keltirdi.
Rudiga yangi bo‘linmasida fyureming tug‘ilgan sanasi haqidagi mashhur savolni berishganida, u tabassum bilan: “1889-yil 20-aprel”, — deb javob berar, lekin o‘sha zahoti Tommiga umuman boshqa bir sanani, masalan, Betxoven1, Motsart1 2 yoki Shtrausning3 tug‘ilgan kunini pichirlab aytardi. Ular maktabda bastakorlaming hayoti va ijodini hijjalab o‘rganish- gan, Rudi esa o‘zining oshkora ahmoqligiga qaramay, bu borada a’lochi edi.


1 Lyudvig van Betxoven (1770-1827) — nemis kompozitori, pianinochi va dirijyor.


2 Volfgang Amadey Motsart (1756-1791) — avstriyalik kompozitor. 5 yoshidan ilk musiqa asarlarini ijod etgan, 6 yoshdan butun Yevropa bo‘ylab gastrolda bo‘lgan. “Figaroning uylanishi” opera- komediyasi, “Don Juan” opera-dramasi, “Sehrli fleyta” miliiy opera-ertagi, “Zaida”, “Haramdan olib qochish”, “Qohira g‘ozi”, “Rekviyem” kabi operalar muallifi.


3 Rixard Shtraus (1864-1949) — nemis kompozitori va dirijyor.



Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish