Mavzu: xavfsizlik va sog’liqni saqlash bo’yicha resurslar



Download 0,78 Mb.
Sana31.08.2021
Hajmi0,78 Mb.
#160852
Bog'liq
XAVFSIZLIK


MAVZU: XAVFSIZLIK VA SOG’LIQNI

SAQLASH BO’YICHA RESURSLAR

Xavf - xayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalaridan biri bo’lib, inson faoliyati davrida uning sog’ligiga bevosita yoki bilvosita zarar keltiruvchi, ya‘ni ko’ngilsiz okibatlarga olib keluvchi xolat, jarayon, ob‘ekt va vositalardir. Xavfni xarakterlovchi belgilar soni taxlil maksadiga bog’liq holda ko’payishi yoki kamayishi mumkin. SHu sababli, Ishlab chiqarishdagi xavfni xarakterlovchi belgilar mexnat xavfsizligi standartlariga muvofik - «xavfli va zararli ishlab chikarish omillari» shaklida talkin kiladi. Xavfli va zararli omillar ta‘sir ko’rsatish tabiatiga ko’ra fizikaviy, ximiyaviy, biologik va psixofiziologik omillarga ajratiladi Xavfli va zararli omillarni ta‘siri natijasi jarohatlanish, og’ir kasalliklar, avariyalar va ofatlar soni ortishini ko’rsatadi. Sanoat ishlab chiqarish korxonalarida barcha xavfli va zararli omillarni kuzatish mumkin. Xavfli ishlab chiqarish omili – bu shunday omilki, uning ta‘siri ishlovchini jarohatga olib keladi. Zararli ishlab chiqarish omili ta‘siri kasallikka olib keladi.

SHunga boglik xolda xavf potensial (yashirin) va real turlarga bo’linadi. Potensial xavfni yuzaga,birinchi navbatda ishlab chikarish sharoitiga bog’liq bo’lib, xavfni yuzaga keltiruvchi sabablar orqali baholanadi. Xavf tasirida yuzaga kelgan baxtsiz xodisalarning sabablari esa texnik-texnologik, sanitar-gigienik, tashkiliy va psixofiziologiya kabi turlarga bo’linadi. Xavfning taksonomiyasi- bu uning kelib chikishi tabiati turi, okibatlari, tuzilishi insonga ta‘sir etish xarakteri

va shunga o’xshash belgilari asosida tasniflanishi bir sistemaga keltirilishidir. Umuman, «taksonomiya» murakkab hodisalar jarayonlar tushunchalar va ob‘ektlarning tasniflanishi xamda bir sistemaga solinishi to’g’risidagi fan hisoblanadi. Xavf murakkab va ko’p belgilarga ega tushuncha bo’lganligi sababli, uning taksanomiyasini inson xayot faoliyatini xavfsizligini ta‘minlashda xamda xavf tabiatini chukurrok o’rganishda muxim rol o’ynaydi. Lekin, xozirgi vaktda xavfning takkomil, to’liq taksonomiyasi ishlab chikilmagan. SHunday bulsada bu borada ma‘lum darajada ilmiy ishlar bajarilgan bo’lib, xavfning kuyidagi ko’rinishdagi taksonomiyasi vujudga kelgan: - xavfning yuzaga kelish tabiatiga ko’ra: tabiiy,texnik, antropogen, ekologik, aralash; - xavf ta‘sirida ko’ngilsiz oqibatlarni yuzaga kelish vaqtiga ko’ra: impulsiv,kumuletiv; - lokalizatsiya bo’yicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera, kosmos bilan bog’liq xavflar; - yuzaga keluvchi okibatlar bo’yicha: charchash, tolikish, zo’rikish, kasallanish, shikastlanish, jaroxatlanish, avariya, yong’in va boshqalar; - keltirib chikaruvchi zararga ko’ra: sotsial, texnik, ekologik; - yuzaga kelish soxasi bo’yicha: madaniy, maishiy, transport, yo’l-transport, ishlab chikarish, xarbiy va boshkalar; - xavfning tarkibi va tuzilishiga ko’ra: oddiy va xosilali (yasamali), ya‘ni bir necha oddiy xavflar birikishi natijasida yangi, murakkab xavfning yuzaga kelishi; - insonga ta‘sir etish xarakteriga ko’ra: aktiv va passiv; Xavfli faktorlar belgilari esa aprior va aposterior turlarga bo’linadi. Aposterior

belgilarda xavfning izi, o’rni koladi, ya‘ni xavf asosli buladi. Xavfning nomenklaturasi. Nomenklatura - ma‘lum bir belgilariga kura tartibga solingan, sistemalashtirilgan nomlar, terminlar ruyxatidir. Xozirgi vaktda xavfning alfavit tartibidagi nomenklaturasi ishlab chiqilgan bo’lib, u quyidagi ko’rinishga egadir. Alkogol, anomal xarorat, anomal nisbiy namlik, anomal havo tezligi, anomal barometrik bosim, anomal yoritilganlik, anomal ionlashgan havo, analizatorlarning zo’riqishi, aylanish va xarakatlanish tezligi, aqliy zo’rikish, bosim ostidagi idishlar, bug’, balandlik, gazlar, gerbitsidlar, gipodinamiya, gipokineziya, dinamik zo’rikish, dorilar, etarsiz mustaxkamlik, yomg’ir, yopiq xajm (sig’im), yong’in, yong’inga xavfli moddalar, yorug’lik oqimining pulsatsiyasi, zaharli moddalar, zanglash, zaxarlanish, issiq yuza (sirt), infratovush, infraqizil nurlar, ishchi xolat, ishchining noto’g’ri xarakati, kasalliklar, kinetik energiya, kishilarning xato xarakati, lazer nurlari, mashina va mexanizmlarning aylanuvchi kismlari, muz, magnit maydoni, makroorganizmlar, meteoritlar, mikroorganizmlar, momokaldirok, monotonlik, mashina va mexanizmlarning zo’riqishi, nonormal ruhiy holat, notekis yuza, olov, portlovchi moddalar, pestitsidlar, radiatsiya, rezonans, suv, suv bosishi, suv toshqini, sovuq yuza (sirt), statik zo’riqish, statik elektr zaryadlari, tugun, toygok (sirganchik) yuza, tuman, to’lqin zarbasi, tezlanish, tolikish, uchkun, uykusizlik, ultratovush, ultrabinafsha nurlar, xazonrezlik, chukurlik, chang, charchash, shovqin, elektr yoyi, elektr toki,

elektr maydoni, emotsional zo’rizish, yukoridan kulash (yikilish), yukori ravshanliqdagi yorug’lik, yukori chastotali tok, yashin, o’tkir predmetlar (tikonli, uchli, qirrali, kesuvchi), qasmoq, qurol-yarog’, qor bosishi, qor kuchishi, quyosh aktivligi, quyosh zarbasi, xarakktlanuvchi predmetlar, xavoning gaz tarkibini buzilishi. Aniq tekshirishlar va tadkikotlar o’tkazishda aloxida ob‘ektlar, ishlab chikarish, sexlar, ish joylari, ish jarayonlari, kasb turlari bo’yicha xam xavf nomenklaturasi tuziladi. Xavfning kvantifikatsiyasi. Kvantifikatsiya- sifat darajasi aniqlanadigan va baxolanadigan murakkab tushunchalarga sonli xarakteristika berish demaqdir. Kvantifikatsiyaning sonli, balli va boshka usullar qo’llaniladi. Xavfning eng keng tarqalgan soniy baholash mezoni-tavakkal, tavakkalchilik, ya‘ni xavf-xatarga karshi bormoqdir. Soniy baxolash - ma‘lum davrdagi faoliyat davomida yuzaga kelgan ko’ngilsiz oqibatlarni oldindan ehtimol qilingan, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xavfga, ko’ngilsiz okibatlarga nisbatidir. Tavakkalni aniqlashda okibatlarning sinfi ko’rsatilishi lozim. Xavfning identifikatsiyasi. Xavf potensial, ya‘ni yashirin xarakterga ega. SHu sababli, hayot faoliyat xavfsizligini ta‘minlashda xavfni oldindan aniqlash muxim rol o’ynaydi. Identifikatsiya - xavfni va uning soniy hamda vaqtli ko’rsatkichlarini aniqlash jarayoni bo’lib, uning natijasida xayot faoliyat xavfsizligini ta‘minlashga karatilgan profilaktik va operativ tadbirlar ishlab chikiladi. Identifikatsiya jarayonida xavfning nomenklaturasi, xavfni yuzaga kelish extimoli, fazoviy

koordinatalari, xavf tufayli kutiladigan zarar va boshka parametrlar aniklanadi. Olingan natijalar asosida esa anik tadbirlar ishlab chikiladi. Potensial xavf yuzaga keladigan, amalga oshadigan sharoitlar baxtsiz hodisalarning sabablari deyiladi. Baxtsiz hodisalar turli xil, ya‘ni jaroxatlar, shikastlanishlar, kasallanishlar va boshka ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Xavf, sabab va okibat - baxtsiz xodisalarni, favkulodda xolatlarni, yong’inlarni va shu kabi boshka ko’ngilsiz xodisalarni asosiy xarakteristikasi hisoblanadi. «Xavf - sabab - ko’ngilsiz oqibatlar» - bu logik rivojlanish jarayoni bo’lib, yashirin xavfni yuzaga chikishiga xamda real zarar keltirib chikarishga olib keladi. Ko’rsatilganidek, bu jarayon ko’p sababli hisoblanadi. SHu sababli baxtsiz hodisalarni oldini olishda ularning sabablarini aniklash muxim rol o’ynaydi. Quyida yuqoridagi uchlikga doir misollar keltiramiz: Elektr toki (xavf) - qisqa tutashuv (sabab) - kuyish (okibat); Pestsidlar (xavf) - SHXV foydalanmaslik (sabab) - zaxarlanish (okibat). Insoniyatning xar kanday faoliyati potensial xavfli jarayondir. Albatta, bu tasdik aksiomatik xarakterda bo’lsada, muxim metodologik axamiyatga egadir. Xavfsizlikni tizimiy taxlil kilish. Xavfsizlikning tizimiy taxlili xakida tushuncha va uning maksadi. Sistemali taxlil — murakkab muammolar, jumladan, xavfsizlik sistemasi bo’yicha karor tayyorlash va uni asoslash uchun foydalaniladigan metodologik vositalar majmuidir. Sistema- o’zaro birikkan komponentlar majmui bo’lib, ularning o’zaro ta‘siri natijasida ma‘lum bir maksad amalga

oshiriladi, ish bajariladi. Sistemaning komponentlari jumlasiga material va ob‘ektlardan tashqari ularning o’zaro bog’lanishi xamda ular o’rtasidagi munosabatlar xam kiradi. Har kanday soz mashina texnik sistemaga misol bo’la oladi. Agar sistemaning bir komponentini inson tashkil etsa, bunday sistema «ergatik sistema» deb ataladi. Ergatik sistemaga misol tariqasida «inson-mashina», «inson-muxit», «inson-mashina-muxit», kabilarni keltirishimiz mumkin. Sistemani tashkil etuvchi elementlarni o’ziga xos xususiyatlari bo’lishi bilan bir katorda uning o’zini xam o’z xususiyati mavjud bo’ladi. Sistemada vujudga kelgan xususiyat uni tashkil etuvchi elementlarning birortasida xam bo’lmaydi. Masalan, yonuvchi moddakislorod-yongin manbasi bitta sistemani tashkil etadi. Agar ushbu elementlardan birortasi bo’lmasa yonish jarayoni yuzaga kelmaydi. Bu erda yonuvchi modda yonish xususiyatiga, kislorod-yong’inni yuzaga keltirish sharoitini yaratash xususiyatiga, manba esa yong’inni amalga oshirish xususiyatiga ega. Albatta, bu sistemada ushbu elementlardan birortasining bo’lmasligi, sistemani buzilishiga olib keladi, natija, maksad (ushbu kolatda-yonish) amalga oshmaydi. Xavfsizlikni sistemali taklilining asosiy maksadi ko’ngilsiz okibatlar (baxtsiz xodisalar)ga olib keluvchi sabablarni aniklash va shu asosida ularni kamaytirish ehtimolini ta‘minlovchi tadbirlar ishlab chikishdan iboratdir.



Sabab va xavf tizimi. «Sabab va xavf daraxti» tizimi. Har kanday xavf ma‘lum bir sabab yoki sabablar okibatida yuzaga keladi va ko’ngilsiz okibatlarni keltirib chikaradi. Sababsiz real xavf bo’lmaydi. SHu sababli, xavfni bartaraf etish yoki oldini olish birinchi navbatda uning kelib chikish sababini o’rganishga bog’liq bo’ladi va bu «sabab-okibatli» bog’lanish orqali izoxlanadi. Xavf, ayrim sabab yoki sabablarning okibati bo’lib, u o’z vakida boshka bir sababni keltirib chikruvchi xamdir, ma‘lum bir sabab ta‘sirida yuzaga kelgan xavf, boshka bir xavfni kelib chikishiga sabab bo’lishi, u xavf yana boshka bir xavfni tug’dirish, natijada bu jarayoni, zanjirli bog’lanish yoki sistema ko’rinishiga ega bo’lishi mumkin. Bunday bog’lanishning grafik tasviri ko’p shaxobchali daraxtni eslatadi. SHu sababli, xavfsizlikning taxliliga bag’ishlangan ayrim adabiyotlarda ko’pincha «Sabab daraxti», «Inkor daraxti», «Xavf daraxti», «Okibat daraxti» kabi iboralar uchraydi. Albatta, bunday grafik ifodalarda, ya‘ni «daraxtlarda» sabablar shoxchalari va okibat shoxchalari mavjud bo’lib, ular «sabab-okibati» bog’lanishning to’lik dialektik xarakterini ko’rsatadi. SHuning uchun, taxlil natijasi asosida tuzilgan bunday grafik ifodani «Sabablar va okibatlar daraxti» deb nomlash maksadga muvofik hisoblanadi. Bunday «daraxt» larni ko’rish xar xil ko’ngailsiz xodisalar sabablarini aniklashning asosiy boskichlaridan yukori xisoblanadi. «Daraxt» shoxlanishini tuzish ko’p boskichli cheksiz jarayon bo’lganligi sababli, ma‘lum bir cheklanishlar qabul kilinishini talab

etadi. Bu cheklanishlar tadkikotlarning maksadiga bog’lik bo’lib, ular mantikiy jixatdan asoslangan bo’lishi lozim. Xayot faoliyati xavfsizligini boshkarish funksiyalari XFX ni boshkarish ma‘lum bir boskichlar («funksiyalar») asosida olib boriluvchi jarayondir. Ushbu funksiyalarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: -ob‘ektning xolatini taxlil kilish va baxolash; -maksadga erishish va boshkarish vazifalarini amalga oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chikish va rejalashtirish; -boshkariluvchi va boshkaruvchi sistemalarni aniklash, tashkil etish; -boshkarishni tashkil etilishini nazorat kilib, tekshirib borish; -tadbirlarning samaradorligini aniklash; - stimullashtirish. Xayot faoliyati xavfsizligini ta‘minlashda ilmiy dunyokarash, fiziologik, psixologik, sotsial, tarbiyaviy, ergonomik, ekologik, tibbiy, texnik, tashkiliy-operativ, xukukiy va iktisodiy aspektlar xisobga olinishi zarur. Buning uchun xayot faoliyati xavfsizligini boshkarishning kator vositalaridan foydalaniladi. Ularga xavfsiz faoliyat ko’rsatish xulk-atvorini, madaniyatini shakllantirish, kasbiy o’kitish, boshkarish sub‘ektlariga psixologik ta‘sir etish, kollektiv ximoyaning texnik va tashkiliy vositalaridan foydalanish, shaxsiy ximoya vositalaridan foydalanish, imtiyozlar va kompensatsiyalar sistemasini tashkil etish kabilar kiradi.
Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish