Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet131/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

XXXVIBOB
MAG‘LUBLAR
0‘g‘rilik qilish haqida gap ketganida Lizel va Rudi dastawal guruh bo‘lib o‘g‘irlash xavfsizroq degan fikrga qat’iy rioya qilishdi. Endi Shmeykl ulami daryo bo‘yiga, to‘daning navbatdagi yig‘ilishiga taklif qil- di. Kun tartibidagi “boshqa masalalar” qatoridan meva bog‘lariga o‘g‘irlik- ka tushish rejasi ham o‘rin oigan edi.
— Xo‘sh, endi sen boshliqmisan? — so‘radi Rudi, lekin Endi umid- siz ravishda boshini chayqadi. U boshliq bo‘lishni ich-ichidan niyat qilib yurganini, lekin hali mavridi kelmaganligidan biroz alamzadadek tuyuldi.
— Yo‘q, men emas, — uning sovuq ovozi chala pishgan nondek odatdagidan iliqroq yangradi. — Boshqa bir odam bor.


e


"A YANGI ARTUR BERG
Uning sochlari shamolga, ko'zlari bulutga o‘xshar, faqat o‘ziga yoqqani uchungina o‘g‘rilik qiluvchi yoshfinoyatchi edi. Uning ismi Viktor Hemmel edi.


O‘g‘rilikning turfa xil san’atlari bilan shug‘ullanadigan ko‘pchilik odamlardan farqli o‘laroq Viktor Hemmelning yegani oldida, yemagani ketida edi. U Molkingning eng badavlat odamlar yashaydigan qismida, yahudiylar haydab chiqarilganidan keyin yaxshilab dezinfeksiya1 qilingan tepalikdagi villada1 2 yashar, qo‘lida doim pul va sigareta bo‘lardi. Ammo unga bu narsalar ham negadir ozlik qilaverardi.
— Biroz ko‘proq narsani istash jinoyat emas, uning hech qanday yomon joyi yo‘q, — dedi u bir guruh o‘g‘il bolalami atrofida yig‘ib maysa ustida yotar ekan. — Ko‘proq narsani istash bizning — nemislaming eng asosiy huquqlarimizdandir. Fyurerimiz bu haqda nima deb aytadi? — u o‘zining savoliga o‘zi javob berdi. “Haqli bo‘lgan hamma narsamizni olishimiz kerak!”
Bir qarashda Viktor Hemmel ham o‘zgalardan deyarli farq qilmay- digan yosh vaysaqilardek ko‘rinadi. suhbatdosh edi. Baxtga qarshi, uni chuqurroq o'rgana borganingiz sari boshqalami izidan ergashtira oluvchi jozibaga ega ekanligi ham ochiqlanadi.
Lizel va Rudi daryo bo‘yida jamuljam bo‘lgan to‘daga yaqinlash- ganlarida, qiz uning galdagi savolini eshitdi:
— Xo‘sh, og‘izlaringdan bol tomib maqtayotgan ikkita churva- qalaring qayerda qoldi? Allaqachon to‘rtdan o‘n daqiqa o‘tdi.
— Mening soatim boshqa vaqtni ko'rsatyapti, — dedi Rudi.


1 Dezinfeksiya (dez... + infeksiya) — 1) zararsizlantirish, xavfsiz holga keltirish; 2) yuqumli kasalliklami tarqatuvchi mikroblami maxsus yo‘llar bilan yo‘q qilish, tugatish.


2 Villa (lotincha: villa — shahar tashqarisidagi shinam uy, hovli) — shaharlar atrofida, xushmanzara joyga qurilgan katta bino.


Viktor Hemmel tirsagiga suyanib tanasini xiyol ko‘tardi.


— Senda soat nima qilsin?
— Agar qo‘l soat taqishga qurbim yetadigan darajada boy bo‘lga- nimda, shu yerda boUarmidim?
O‘g‘rilaming yangi rahbari o‘midan turib o‘tirdi va tabassum qildi, hatto tekis oppoq tishlarini ko‘rsatib ham qo‘ydi. Keyin u beparvo e’tibo- rini Rudining yonidagi qizga qaratdi:
— Mana bu kichkina fohisha kirn bo‘ldi?
Bunday tahqirlashlarga yaxshigina ko‘nikib qolgan Lizel tuman oralagan ko‘zlarga tiki lib qoldi.
— O‘tgan yili, — deb ro‘yxatni boshladi u, — men kamida uch yuzta olma va o‘ndan ortiq kartoshka o‘g‘irladim. Tikanli sim bilan un- chalik yaxshi kelisha olmayman, shuni hisobga olmaganda bu yerda o‘tir- gan hech bir boladan qolishmayman.
— Uning gaplari haqiqatmi?
— Albatta, — Lizel qilt etmasdan yoki ortga tisarilmasdan dadil javob qaytardi. — Men xizmatim evaziga do‘stim va o‘zim uchun umumiy o‘ljadan ozgina ulush olish berilishini talab qilaman, xolos. Masalan, o‘ntacha olma yoki shunga o‘xshash nimadir.
— Xo‘sh, menimcha, bu borada kelishib ketsak kerak, — Viktor sigareti chiqarib, tutatdi va labiga qistirdi. Og‘zidagi burqsigan tutunni Lizelning yuziga ufurib yubordi, lekin Lizel yo‘talmadi.
O‘g‘rilar to‘dasining tarkibi o‘tgan yilgidek edi, faqat yagona istisno yangi yetakchining kelishi edi. Awaliga Lizel nega to‘dadagi o‘g‘il bola- laming hech biri boshqaruvni egallamaganiga hayron bo‘ldi, biroq birma- bir ulaming yuzlariga qarab turib, Viktordan boshqa hech kim ulami bosh- qara olish mahoratiga ega emasligini anglab yetdi. To‘g‘ri, bolalar o‘g‘rilik qilishdan tortinishmasdi, lekin ularga kimdir buyruq berib turishi kerak edi. Ular o‘zlariga buyruq berishlarini yaxshi ko‘rishar, Viktor Hemmel esa buyruq berishni xush ko‘rardi. Mitti, ammo shinam o‘g‘rilar dunyosida ish shu zaylda ketardi.
Lizel bir daqiqa Artur Bergning qaytib kelishini istab, u bilan o‘tgan




vaqtlami qo‘msadi. Yoki u ham shu yerda bo‘lganida Hemmelga rahbar- likni topshirgan bo‘larmidi? Bu muhim emas edi. Lizel Artur Bergning siymosida hech qachon jabr-zulmga moyillikni ko‘rmagan edi, qahri qattiq yangi rahbar esa butunlay boshqacha, u va Artur o‘rtasida osmon bilan yercha farq bor edi. O‘tgan yili Lizel daraxtdan tusholmay qolgan taqdirda Artur tilida nima deyishidan qat’iy nazar, uning uchun, albatta, qaytib kelishini bilar edi. Uni ayni paytdagi boshliq bilan taqqoslay turib Lizel bir zumda Viktor Hemmelning unga hatto qiyo ham boqmasligini his qildi.
Viktor novcha va ingichka bolaga, to‘yib ovqat yemaganidan qiltiriq bo‘lib qolgan qizga qarab biroz turdi.
— Demak, men bilan o‘g‘irlikka tushmoqchimisizlar?
Ular nimani ham yo‘qotishlari mumkin edi? Ikkalasi ham tasdiqlab bosh irg‘adi.
Viktor yaqinroq kelib, Rudining sochlaridan ushlab oldi.
— Baland ovozda aytinglar.
— Albatta, — dedi Rudi va darhol orqasiga qaytarildi.
— Sen hammi?
— Men ham boraman, — Lizel Viktoming kelib sochlaridan tortmasligi uchun chaqqonlik bilan javob berdi.
Viktor jilmaydi, sigaretasini yana labiga qistirib, ichiga chuqur tortdi va ko‘ksini qashib qo‘ydi.
— Demak, hurmatli janoblar va hurmatli fohisha! Gap bunday: bozor-o‘char qilib kelish vaqti kelganga o‘xshaydi.
To‘da a’zolari birin-sirin tarqala boshlagach, Lizel va Rudi ham xuddi ilgarigidek ulaming izidan yo‘lga tushishdi.
— U senga yoqdimmi? — Rudi shivirlab so‘radi.
— O‘zingga-chi?
Rudi bir lahza jim qoldi.
— Menimcha, u g‘irt ablah.
— Men ham shu fikrdaman.
Yosh o‘g‘rilar ulardan ancha ilgarilab keta boshladi.
— Tezroq yur, •— dedi Rudi. — Orqada qolib ketyapmiz.




Bir necha chaqirim yurishgandan so‘ng dastlabki fermaning ustidan chiqishdi. Ammo u yer bolalar kutgandek bo‘lib chiqmadi: tasawur- laridagi mevalarini zo‘rg‘a ko‘tarib turgan olma daraxtlari xasta odamdek holsiz, zaif va ayanchli ko‘rinishda edi, nimjon shoxlaridan esa atigi bir hovuch olma g‘amgin osilib turardi. Keyingi ferma ham xuddi shunday bo‘lib chiqdi. Pishiqchilik mavsumi bu yil yomon kelgandir yoki ulaming o‘zlari bevaqt paydo bo‘lishdimi, ishqilib, o‘sha kungi ovlari baroridan kelmadi. mumkin.
Shom chog‘i qo‘lga kiritilgan o‘Ijalar o‘zaro taqsimlanayotgan paytda Lizel va Rudining ikkalasiga bittagina yowoyi olma tushdi, xolos. Rostini aytganda, ov uncha yaxshi bo‘lmadi, ustiga-ustak Viktor Hemmel ham o‘ta xasis bola bo‘lib chiqdi.
— Bu narsa nima? — so‘radi Rudi olmani kaftida ushlab.
Viktor unga hatto o‘girilib ham qaramadi.
— Nimaga o‘xshayapti? — so‘zlar uning yelkasi osha pastga tushdi.
— Bittagina ilviragan olmami?
— Mana! — yana bir yarmi tishlangan olma ular tomon uchib kelib tishlangan tomoni bilan loyga qapishib qoldi. — Shuni ham olinglar, mayli.
Rudining jahli chiqa boshladi:
— Jin ursin. Biz shu bir yarimta mag‘zi yo‘q olma uchun o‘n chaqirim qadam bosib borib kehnadik-ku, shunday emasmi, Lizel?
Lizel javob bermadi — u gapirish uchun og‘zini ochishga ulgur- masidan oldin Viktor Hemmel allaqachon Rudini yiqitib, tizzalari bilan uning qo‘llarini yerga bosib, tomog‘idan ushlab turardi. Rudining qo‘lidagi olmalarga Viktoming buyrug‘iga binoan Endi Shmeykldan boshqa hech kim qo‘l teggizishga jur’at etmadi.
— Sen unga azob beryapsan, — deya oldi Lizel.
— Nahotki? — Viktor yana jilmayib qo‘ydi. Lizel uning tabassumi- dan jirkanib ketdi.


— U menga azob berayotgani yo‘q, — Rudining so4zlari bir-birini quvib og‘zidan chiqib ketdi, taranglikdan yuzlari qizardi, bumidan qon oqa boshladi.


Viktor uni yerga yanada kuchliroq bosdi va juda uzoq tuyulgan bir necha soniyadan so‘ng Rudining bo‘ynidan qo‘lini olib, ustidan tushdi va bir nechta beparvo qadam tashlab yurib ketdi. U: “Tur o‘mingdan, tirran- cha”, — deb xitob qilgach, Rudi oqilona qarorga kelib, uning buyrug4 ini bajardi.
Viktor aylanib yana Rudining oldiga yaqin keldi va uning yuziga qarab turdi. Rudining yelkasidan muloyim ravishda qoqib qo4ydi va ish- shaydi. Keyin esa shivirlab: “Agar shu qoning bumingdan faworadek otilishini istamasang, bu atrofda o‘ralashmay, mendan nariroq yurishingni maslahat beraman, yigitcha”, — deb vishilladi va Lizelga qarab yana qo4- shib qo4ydi: “Mana bu kichkina manjalaqini ham o‘zing bilan birga olib ket”.


Hech kirn joyidan qilt etmadi.
— Xo‘sh, nimani kutib turibsizlar?
Lizel Rudining qoTidan ushlab olgach, birga u yerdan keta bosh- lashdi, biroq Rudi so4nggi marotaba ortiga o4girilib, Viktor Hemmelning oyoqlariga qarata qonli tupugini yo‘lladi. Bu esa yakuniy hukmning yangrashiga olib keldi.



Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish