1. Gitler fyurer emas, и — dirijyor!
2. Qandayyaxshi кип-a bugun!
Lizel ko‘rgan chizmalaridan dahshatga tushib kitobni darrov yopdi va boyagi oigan joyiga, Maksning oyoqlari ustiga qaytarib qo‘ydi. “Danke schön!” degan ovoz qulog‘iga chalinishi bilan Lizelning esxonasi chiqib ketdi. Va nihoyat tinchlanib nigohini ovoz kelgan tomonga burganida ya- hudiyning lablarida o‘ynayotgan baxtiyor tabassumga guvoh boTdi.
— Voy xudoyim, — dedi Lizel. — Maks, o‘takamni yorib yubording-ku.
U yana uxlab qoldi va qiz xuddi shu fikmi o‘zi bilan zinapoyaga sudrab chiqdi.
— Ey Xudo! O‘takamni yorib yubording-ku, Maks!!
Maks yana mudrashda davom etdi, Lizel esa o‘sha gapni xayolan takrorlab zinapoyalardan hatlagancha yuqoriga chiqib ketdi.
— O‘takamni yorib yubording-ku!
XXXVIII BOB
“HUSHTAKBOZ” VA BOSHMOQLAR
To yoz faslining oxirigacha va kuz qadam qo‘yganda ham hamma narsa xuddi shu maromda davom etdi. Rudi “Gitleryugend” tashkilotida qolish uchun jon-jahdi bilan kurashdi. Maks o‘zining jismoniy mashqlarini bajardi va rasmli hikoyalarini yozdi. Lizel gazetalami qidirib topib, yer- to‘la devoriga notanish so‘zlami yozib o‘rgandi.
Ammo shuni ham ta’kidlash joizki, har qanday maromda ham kami- da bitta og‘ish nuqtasi bo‘ladi va bir kunmas bir kun u bo‘y ko‘rsatib, hamma narsani ag‘dar-to‘ntar qilib yuboradi yoki voqealar rivojini bir sahifadan ikkinchisiga siljitadi. Ushbu holatda Rudi, aniqrog‘i, Rudi va yangi o‘g‘itlangan parad maydonchasi asosiy omil bo‘Idi.
Oktyabr oyi oyoqlagan kunlaming birida hamma narsa odatdagidek ketayotgandek edi. Loyga bulg‘angan irkit bir bola “Himmel” ko‘chasi
—
bo‘ylab yurib ketar edi. Bir necha daqiqadan so‘ng uni uyda oilasi kutib oladi va u “Gitleryugend” tashkilotining o‘zi mansub bo‘lgan bo‘Iin- masidagi barcha bolalarga: “Parad maydonida qo‘shimcha mashg‘ulotlar berildi”, — deb yolg‘on gapiradi. Ota-onasi uning sharaqlab kulib yubo- rishini kutishadi. Ammo ular kutgan narsa ro‘y bermadi. Rudi endi na kular va na yolg‘on gapirar edi.
O‘sha chorshanba kuni Lizel Rudiga yaxshiroq tiki lib qarab, uning egnida ko‘ylagi yo‘qligini, o‘zi g‘azabnok kayfiyatda kelayotganligini payqadi.
— Senga nima bo‘ldi? — Lizel eshigining oldidan o‘tib borayotgan bolani so‘roqqa tutdi.
Rudi uning yoniga qaytib keldi va qo‘lida ushlab turgan ko‘ylagini uzatdi.
— Hidla.
— Nima?
— Nima balo, karmisan? Mana buni hidlab ko‘r, deyapman.
Lizel istar-istamay egilib, jigarrang ko‘ylakdan anqiyotgan jirkanch hidni tuydi.
— Yo Iso, Bibi Maryam va Yusuf! Axir, bu...
Rudi tasdiqlab, bosh irg‘adi.
— lyagimga ham shu hid o‘tirib qolgan. Tasawur qilyapsanmi? lyagimda. Yaxshi hamki, omadim kelib yutib yubormabman.
— Yo Iso, Bibi Maryam va Yusuf!
— “Gitleryugend” tashkilotiga tegishli parad maydoniga hozirgina go‘ng sochib chiqishdi, — u shunday deb g‘ijimlangan ko‘ylagiga yana bir bor jirkanib qarab qo‘ydi. — Sigir go‘ngiga o‘xshaydi.
— Buning... ismi nima edi-ya, ha, Doycher degan boshliqlaring bilmagan ekanmi?
— Bilmas edim deb aytdi. Lekin u tiijayib turgandi.
— Yo Iso, Bibi Maryam va...
— Shundan boshqa so‘z aytasanmi o‘zi?
O‘sha paytda Rudi qanday qilib bo‘lsa ham g‘alaba nashidasini su-
rishga ehtiyoj sezayotgandi. U o‘g‘riboshi Viktor Hemmelga mag‘lub bo‘ldi, “Gitleryugend” tashkilotida muammo ketidan muammoga duch kelyapti. Uning ayni lahzadagi yolg‘iz istagi kichkina bo‘lsa ham g‘alaba qozonish edi va u bunga erishishga qat’iy qaror qildi.
Rudi uyiga qarab keta boshladi, lekin betón zinapoyaga yetib kel- ganida uyga kirish fikridan qaytdi va sekin, o‘ychan ravishda Lizelning o 1 diga qaytdi.
— Bilasanmi, hozir nima ko‘nglimni ko‘tarishi mumkin? — u sokin ovozda, bosiqlik bilan gapirdi.
Lizel g‘azab otiga mindi:
— Meni bunga rozi bo‘ladi deb o‘ylasang...
Lizelga Rudining ko‘ngli battar cho‘kkanday tuyulib ketdi.
— Yo‘q, uni aytayotganim yo‘q, — Rudi xo‘rsinib, qizga yaqin- lashdi. — Boshqa narsani nazarda tutdim, — bir soniya o‘ylanib turgach, bola boshini xiyol ko‘tarib Lizelga tikildi. — Menga qara. Hamma yog‘im sasib yotibdi. Ustimdan sigimingmi yoki itningmi, ishqilib, qaysidir hay- von go‘ngining sassiq hidi anqib yotibdi. Ustiga-ustak o‘larday qomim och, — Rudi biroz tin olib yana davom etdi. — Men g‘alaba qozonishim zarur, Lizel. Rost aytyapman.
Lizel uni tushundi.
Ustidan chidab bo‘linas darajadagi qo‘lansa hid taralmaganda unga yaqinlasharmidi?
O‘g‘rilik.
Ular biror narsani o‘g‘irlashlari kerak.
Yo‘q, yo‘q. Ular o‘zlaridan tortib olingan narsani o‘g‘irlashlari kerak. Nima bo‘lishining ahamiyati yo‘q. Iloji boricha tezroq o‘g‘irlashlari lozim.
— Bu safar faqat sen va menmiz, — taklif qildi Rudi. — Hech qanday Hemmelsiz, Shmeykellarsiz. Faqat sen va men amalga oshiramiz.
Lizel o‘zini tutib tura olmadi — qo‘llari qichidi, yurak urishi tez- lashdi va lablarida tabassum o‘ynadi — barchasi bir vaqtning o‘zida yuz berdi.
— Yaxshi fikr.
— Xo‘sh, unda kelishdik, — Rudi harchand urinmasin, go‘ng bilan sayqal berilgan yuzidagi tiijayishni yashira olmadi. — Ertagami?
Lizel bosh irg‘adi.
— Ha, ertaga.
Reja mukammal bo‘lsa ham faqat bitta muammo bor edi: ular ishni nimadan va qayerdan boshlashlarini bilmasdilar.
Mevani ro‘yxatdan chiqarib tashlashdi, Rudi piyoz va kartoshkani o‘g‘irlash taklifíga bumini jiyirdi. Velosipediga oziq-ovqat mahsulotlarini ortgan Orto Shturmga ikkinchi bor hujum qilish ikkalasiga ham yoqin- qiramadi. Birinchi martasida o‘zlarini vijdon azobidan zo‘rg‘a qutqarish- gandi, ikkinchi marta takrorlashda batamom hayvoniylik qilgan bo‘lishadi.
— Xo‘sh, unda qay go‘rga boramiz? — so‘radi Rudi.
— Men qayerdan bilaman? Bu fikr sendan chiqdi-ku, shunday emasmi?
— Fikming mendan chiqqanligi sen urnuman o‘ylamasliging kerak degani emas-ku. Men bir vaqtning o‘zida hamma narsa haqida o‘ylay olmayman.
— O‘zing ham deyarli o‘ylamagansan-ku...
Ular shahar bo‘ylab bir-biri bilan tortishib ketishdi. Shahardan chek- karoqqa chiqqanlarida bog‘-rog‘lami, dalalami va ulami o‘rab turgan char- chagan haykallardek qiyshaygan daraxtlami ko‘rishdi. Daraxtlaming shoxlari kulrang tusga kirgan, boshlarini yuqoriga ko‘targanlarida faqat qo‘poldan qo‘pol novdalar va bo‘m-bo‘sh osmonga ko‘zlari tushdi.
Rudi g‘ijinib tupurdi.
Ular taklif va imkoniyatlami ko‘rib chiqib yana Molkingga qayta boshlashdi.
— Frau Dilleming do‘konini o‘marsak-chi?
— Qanday qilib?
— Balki, “Hayl Gitler” desak, biron narsani o‘g‘irlashimizga qo‘yib berar?
Bir soat yoki undan ham ko‘proq vaqt davomida ular Myunxen ko‘-
chasi atrofida izg‘ib yurishdi. Kunduzgi yorug‘lik asta-sekin so‘nib borar ekan, ular deyarli taslim bo‘lish ostonasiga kelib qolishdi.
— Hech qanday foyda yo‘q, — dedi Rudi, — hozir har qachongidan ham kuchli ochqadim. Ey Xudo, ochlikdan o‘lib boryapman, — u yana o‘n qadamcha yurgach, birdan to‘xtadi va ortiga qaradi. — Senga nima bo‘ldi?
Lizel boyagi joyidan jilmay qotib qolgan, yuzida hozirgina biror kashfiyot qilgan odamnikidek ifoda zohir edi.
Nima uchun u ilgari bu haqda o‘ylab ko‘rmagan ekan-a?
— Nima bo‘ldi senga? — Rudi allaqachon sabrsizlana boshlagan edi. —Nima bo‘ldi, hoy urg‘ochi cho‘chqa?
O‘sha lahzada Lizel qat’iy to‘xtamga keldi. Lekin u, haqiqatan ham, o‘ylagan narsani amalga oshira oladimi? Unday odamdan qasos olish mumkinmi? Bir odamni shunchalik darajada xo‘rlash mumkinmi?
Lizel o‘girilib qarama-qarshi tomonga yura boshladi. Rudi unga yetib olganida, Lizel fikriga birmuncha oydinlik kiritib olish umidida qa- damini biroz sekinlatdi. Baribir, u allaqachon bir talay gunohlarga botgan- ku. Nam tuproqda urug‘ allaqachon nish urib chiqib quyuq qora bargli gulga aylanayotgandi. Lizel bu ishni, chindan ham, qila olishini va qo‘r- qoqlik qilib voz kechishini taroziga sola boshladi. Chorrahaga yetib kelishganida Lizel to‘xtadi va: “Men bitta joyni bilaman”, — dedi.
Ular daryo ustidan kesib o‘tib, tepalikka qarab o‘rmalab ketishdi.
Grande ko‘chasidagi uylaming hashamati-yu dabdabasidan esan- kirab qolishdi: eshiklarda yorqin chiroqlar porlab turar, tomga chiroyli qilib yopilgan cherepitsalar uyga xuddi ulama sochdek mos tushgandi. De- vorlar va derazalarga obdan ishlov berilib did bilan tarashlangan, mo‘ridan chiqayotgan tutun ham o‘z halqasini buzmasdi.
Rudi turgan joyida oyoq ildi.
— Burgomistming uyiga boramizmi?
Lizel jiddiy bosh irg‘adi, bir necha soniyalik sukutdan so‘ng “Ular onamni ishdan bo‘shatishdi” dedi.
Mo‘ljaldagi xonadonga yetib kelishganida, Rudi qanday qilib bunday mustahkam qasr ichkarisiga kirish mumkinligini so‘radi, lekin Lizel
—
buni juda yaxshi bilar edi.
— Joyni bilish, — deb ming‘irladi Lizel. — Bilish...
Lizel uyning orqa tomonidagi kutubxona derazasining yopiqligini ko‘rib hayratga tushdi.
— Xo‘sh? — so‘radi Rudi.
Lizel asta orqasiga o‘girilib, tez-tez odimlashga tushdi.
— Bugun kira olmaymiz, — dedi yo‘l-yo‘lakay.
Rudi kulib yubordi va ikki hatlab Lizelga yetib oldi.
— Shunday bo‘lishini bilgandim. Hoy irkit cho‘chqa, men bilardim shunday qilishingni. Qo‘lingda kalit bo‘lgan taqdirda ham u yerga kira olmas eding.
— Qadamimni tezlatsam, xafa bo‘lmaysanmi? — Lizel uning so‘z- larini eshitmaganlikka olib, yanada tezroq yurdi. — Biz shunchaki qulay fursatni kutishimiz kerak.
Lizel derazaning yopiqligidan ich-ichidan sevinib ketgan bo‘lsa ham buni tashiga chiqarmay yo‘l bo‘yi o‘zini koyib keldi.
—Xo‘sh, nega unday qilmoqchi bo‘lding, Lizel? — o‘zini so‘roqqa tutdi u. — O‘gay onangdan ishini tortib olishgan bo‘lsa senga nima? Nima uchun behudaga g‘azablanishing kerak? Uzun tilingni tishlaring orasida ushlab turish shunchalar qiyin bo‘ldimi? Sening achchiq gaplaringdan, baqirib-chaqirishlaringdan keyin burgomistming rafiqasi butunlay bosh- qacha bo‘lib qolgan bo‘lsa kerak. Ehtimol, u o‘zini o‘nglab olib, hayotga qayta boshlagandir. Balki, u endi uyida muzlab o‘lib qolmaslik uchun derazalami abadiy qulflab tashlagandir... Ey ahmoq cho‘chqa!
Vaholanki, oradan bir hafta o‘tgach, ular beshinchi marta Molking- ning eng yuqori qismiga kelishganlarida, orziqib kutgan narsalarini ko‘- rishga muvaffaq bo‘ lishdi.
Kutubxonaning ochiq derazasidan toza havo ichkariga sizib kirardi.
Ularga aynan shu kerak edi.
Dastlab Rudi yurishdan to‘xtab qo‘lining orqa tomoni bilan Lizel- ning yelkasiga sekin urdi.
— Bu o‘sha derazami? Ochib qo‘yilganmi? — pichirladi u. Uning
ovozidan o‘g‘rilik qilishga bo‘lgan ishtiyoq otilib chiqib, qizning yelkasiga qo‘l qo‘ygandek edi go‘yo.
— Jawohl, — deb javob berdi Lizel, uning yuragi birdan qizib ketgandi.
* * *
Bundan awalgi kelishlarida derazaning taqa-taq yopib qo‘yilgan- ligini ko‘rishganida Lizelning namoyishkorona g‘azabga minishi ichidagi yengil tortishni niqoblab ko‘rsatardi. Uyga kirishga uning asablari dosh beradimi? Umuman olganda, u o‘zi kim va nima uchun u yerga kirishi kerak? Rudi uchunmi? Birorta yegulik topib chiqish uchunmi?
Yo‘q, achchiq haqiqat aslida mana bunday edi:
U ovqat haqida qayg‘urmayotgandi. Bu mantiqqa qanchalik qarshi chiqmasin, Rudi uning rejasida ikkinchi darajali ahamiyat kasb etar edi. Lizelga faqat o‘sha kitob — “Hushtakboz” kerak edi. Lizel uni ma’yus va ayanchli ko‘rinishdagi kampirdan qabul qilib olishga dosh berolmasdi. O‘g‘irlash unga nisbatan ma’qulroq edi. Kitobni bilintirmasdan o‘g‘irlash uni pulga sotib olish bilan deyarli barobar edi.
Soyalar uzra tushayotgan yorug‘lik yo‘nalishi dam-badam o‘zgarib turardi.
Ulkan va salobatli uy bolalarda qiziqish uyg‘otdi. Sekin shivirlab fikr almashishdi.
— Sen ham ochmisan? — so‘radi Rudi.
— Ochlikdan o‘lar holatdaman! — javob berdi Lizel. Holbuki uning ochligiga davo ovqat emas, qo‘lga kiritilajak kitob edi.
— Qara, yuqori qavatdagi chiroq yondi.
— Ha, ko‘ryapman.
— Hali ham ochmisan, urg‘ochi cho‘chqa?
Bir-ikki soniya davomida ular asabiy kulishdi va derazadan qaysi biri oshib tushib ichkariga kirishi va qaysinisi qorovullik qilib turishini muhokama qila boshlashdi. Añidan, Rudi o‘g‘rilik operatsiyasidagi ya-
gona erkak kishi bo‘lganligi uchun o‘zini bosh rolda ko‘rdi shekilli. Biroq uyning tuzilishini faqatgina Lizel aniq bilar, shuning uchun ham uning o‘zi tushmoqchi edi. Derazaning narigi tomonida nimalar bor ekanligini cha- malab tasawurida jonlantirdi va shunday dedi:
— Men tushaman o‘g‘rilikka.
Lizel ko‘zlarini qattiq yumib burgomistr va uning rafiqasining qiyo- falarini eslashga urindi. U asta-sekin liza Hermán bilan do‘stlashganini bo‘yoqlar vositasida ko‘z o‘ngida qayta tikladi, ulaming do‘stligi oyoqosti bo‘lib yo‘l bo‘yida yotganligini his qildi. Bular naf berdi — Lizel ulami yomon ko‘rib ketdi.
Ular ko‘chaga ko‘z yugurtirib, indamay hovlini kesib o‘tishdi va birinchi qavatdagi derazaning ravog'i ostida o‘tirishdi. Ikkovlonning nafas olishlari baralla eshitilardi.
— Qani, menga boshmoqlaringni yechib ber-chi. Ortiqcha shovqin chiqarmasliging kerak, — dedi Rudi.
Lizel u bilan bahslashmasdan sharti ketib partí qolgan boshmoq- larining qora bog‘ichlarini yechib, Rudining yonida qoldirdi. Lizel nihoyat o‘midan turganida Rudi uning bemalol o‘tib ketishi uchun derazani sekin- lik bilan kattaroq ochdi. Deraza g‘iyqillab, boshlari ustidan pastlab uchib ketayotgan samolyotning shovqiniga o‘xshash tovush chiqardi.
Lizel bir urinishda derazadan oshib, xonaga kirdi. Oyoq kiyimlarini yechgani yaxshi bo‘lgan ekan, tovoni polga o‘zining kutganidan ham og‘irroq urildi. Qattiq polga zarb bilan urilgan oyoq panjalari bir necha so- niya zirillab og‘riq bergach, o‘ tib ketdi. Xona ichida hamma narsa odatdagi joyida turar edi.
Lizel chang bosgan g‘ira-shira xonada o‘tgan damlarini, xotiralarini bir chekkaga qo‘yib, olg‘a yurdi va ko‘zlarimni zulmatga moslashtirishga harakat qildi.
— Xo‘sh, nima bo‘ldi? — betoqat Rudi tashqaridan boshini suqib baland ovozda shivirladi, lekin Lizel shunchaki unga qo‘lini silkitdi va “Halt’s Maul”1 ishorasini qildi.
1 Halt s Maul (nemischa) — ovozingni o‘chir.
Do'stlaringiz bilan baham: |