G VIKTOR HEMMELNING RUDI SHTAYNERGA KICHIK
TAHDIDI
— Sen buning uchun bir kuni, dlbatta, tovon to'laysan, oshna.
Viktor Hemmel haqida nima deb o‘ylashingizdan qat’iy nazar u, shubhasiz, sabr-toqat va kuchli xotiraga ega edi. Xullas, Viktoming o‘z hukmini ijro etishi uchun taxminan besh oy kerak boTdi.
XXXVII BOB
CHIZILGAN RASMLAR
Agar 1941-yilning yozi Rudi va Lizel singari odamlami yanada jipslashtirgan bo‘lsa, Maks Vandenburgning hayotiga harflar va ranglar bilan kirib bordi.
YertoMadagi tanholikda kechgan damlarida uning atrofida birin- ketin so‘zlar yig4ila boshlardi.
Tasawurlari quyilib kelib uning oldiga to‘kilar, o‘qtin-o‘qtin uning qo‘llari ostidan oqsoqlanib chiqib ketar edi.
Uning asbob-uskunalari maqtanarli darajada ko‘p emas, atigi bir nechta narsalardan iborat edi:
Bo‘yalgan kitob.
Bir hovuch qalam.
Cheki yo‘q o‘y-fikrlar.
Oddiy jumboq singari Maks ulaming hammasini birlashtirdi.
Dastawal Maks faqat o‘z hikoyasini yozmoqchi edi.
Uning asosiy g‘oyasi butun hayoti mobaynida ko‘rgan-kechir- ganlari, “Himmel” ko‘chasidagi yerto‘laga kelib qolishiga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirib berishdan iborat edi, ammo oxir-oqibat hikoyasi tamoman boshqacha bo‘lib chiqdi. Maksning quvg‘indagi hayoti bayoni butunlay boshqacha zaylda aks etdi — hikoya tarqoq fikrlar to‘plamidan iborat bo‘lib qoldi, Maks esa barchasini shunday uslubda davom ettirishni ma’qul topdi. Chunki shunday yozganida ulaming chin haqiqat ekanligiga hech qanday shubha qolmaydi. Hikoyasida yozgan gaplari oila a’zolari va do‘sti Valter Kuglerga yozgan, lekin hech qachon jo‘nata olmasligini yax- shi bilgan maktublaridan ko‘ra haqiqatga yaqinroq edi. “Mayn Kampf’ning tahqirlangan sahifalari birin-ketin o‘tmish hayotini boshqa- siga ayirboshlab yuborgan voqea-hodisalaming qisqacha bayonidan iborat bir qator kichik hajmli hikoyalar oshyoniga aylana bordi. Ba’zi hikoya-
larini yozishga atigi bir necha daqiqa vaqti ketgan bo‘Isa, boshqalariga soatlar ham yetmay qolardi. Maks kitobini yozib tugatgach, uni ayni dam- dagi bema’ni urush va surgunlik azobi barham topgach, Lizelga berishga qaror qildi.
Maks kitobning ilk varag‘iga qalam bilan chiziq tortgan daqi- qasidan boshlab, uni har doim yopiq tutdi, hech ham yonidan qo‘ymadi, harto uxlayotganida ham uni barmoqlaridan qo‘yib yubormas edi.
Bir kuni Maks tushdan keyin, odatdagi yotib turish va o‘tirib turish mashqlarini bajarib bo‘lib yerto4la devoriga suyangancha uxlab qoldi. Birozdan so‘ng yerto‘laga tushgan Lizel Maksning sonida o‘tirgan kitobni ko‘rib qoldi va unga bo‘lgan qiziqishi o‘z kuchini ko4rsatdi. Lizel sekin egilib kitobni qo‘liga oldi va Maksning qimirlashini kutib turdi. Boshi va yelkalarini devorga qapishtirib uxlayotgan Maks qimir etmadi. Lizel uning bir maromda nafas olib chiqarishini diqqat bilan kuzatib turgach, kitobni ochdi va duch kelgan sahifalarga ko‘z yugurtira boshladi...
\ -v« \ э кЛ :> * A A - ui A э A A à
Do'stlaringiz bilan baham: |