'A MAKS VANDENBURGDAN “ROJDESTVO” TABRIKLARI
— Ba’zan shulaming hammasi iloji boricha tezroq tugashini xohlab qolaman, Lizel, lekin sen doim bugun yerto'laga qor olib tushganingdek bir ish qilasan-da, xayolimni chalg‘itasan.
Afsuski, o‘sha oqshom Maksning sog‘lig‘i keskin yomonlash-
ganidan darak berdi. Dastlabki alomatlar unchalikjiddiy emas, balki odatiy edi. Doimiy sovuq qotish, qo‘llar qaltirashi, fyurer bilan boks musobaqa-
sini xayolan ko‘rishning ko‘payishi. Odatdagi o‘tirib turish va yotib turish
mashqlarini bajarganidan keyin ham tanasi qiziyvermagach, Maks salo- matligidan jiddiy xavotirga tushdi. Olovga qanchalik yaqin o‘tirmasin, bu,
baribir, sog‘lig‘ini tiklashda hech qanaqa naf bermadi. Maksning vazni kundan kunga kamayib ketdi, jismoniy mashqlar qilayotganida holdan toyib qulab tushdi va yonog‘i g‘amgin polga qapishib qoldi.
Yanvar oyining oxirigacha o‘zini oyoqqa turg‘azishga zo‘r berib urindi, ammo fevral oyining boshiga kelib ahvol o‘nglab bo‘lmas darajaga yetdi. U kechalari olov yonida yotib qolganida qiyinchilik bilan uyg‘onar, keyin yana tushgacha uxlar, og‘zi quruqshab, yonoqlari shisha boshladi. Kimdir unga nima bo‘layotganligini so‘raganida u har safar hammasi yaxshi ekanligini aytishdan charchamasdi.
Fevral oyining o‘rtalarida, Lizelning o‘n uch yoshga to‘lishiga bir necha kun qolganida Maks qulab ketgudek alpozda oxirgi kuchiga tayanib olov yoniga bordi. Sal qolsa olov ustiga ag‘anab ketardi. Yuzi g‘alati tirishib qolgan yigit: “Hans”, — deb bazo‘r pichirladi va oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmasdan akkordeon g‘ilofiga boshi “tars” etib urildi.
Yog‘och qoshiq taraqlab kosaga tushib ketdi va Maksning oldida
Roza Huberman paydo bo‘ldi.
U darrov Maksning boshini qo‘llari orasiga oldi va xona o‘rtasidan turib Lizelga baqirdi:
— Sen nimaga baqrayib turibsan, taxmondan bir nechta ko‘rpani olib to‘shagingning ustiga qo‘y. Sen esa (navbat eriga kelgan edi) uni ko‘tarib Lizeining xonasiga olib borishimga yordam ber. Schnell!
Xavotirdan Hansning yuzi qisilib qoldi, kulrang ko‘zlari chaqnab ketdi va bitta o‘zi Maksni ko‘tarib oldi. U yosh boladek yep-yengil bo‘lib qolgandi.
— Shu yerdagi karavotga yotqizganimiz yaxshiroq emasmi?
Ammo uddaburon Roza bu haqda allaqachon o‘ylab ko‘rgan edi.
-— Yo‘q, bo‘lmaydi. Bu xonaning pardalari kunduzi ochiq turishi kerak, aks holda shubhalanib qolishadi.
— Ha, to‘g‘ri aytasan, — Hans xotinining gapini ma’qul topib, Maksni xonadan olib chiqib ketdi.
Qo‘lida ko‘rpa turgan Lizel ko‘z uzmay ulaming kelishini kuzatib turdi.
Yo‘lakda shalviragan oyoqlar va osilgan sochlar ko‘rindi. Uning bitta etigi oyog‘idan pastga tushib ketdi.
— Qoch.
Roza o‘rdak singari qadam tashlab eng oxirgi bo‘lib xonaga kirib keldi.
Maksni to‘shakka yotqizishgach, ustini ko‘rpa bilan yaxshilab o‘rab-chirmab tashlashdi.
— Oyijon?
Lizel gapining davomini aytishga jur’at etolmadi.
— Nima deysan? — Rozaning sochlari shu qadar mahkam qilib tugilgan ediki, orqasidan qaragan odam dovdirab qolishi aniq edi. U Lizelga bergan savolini takrorlaganda, sochlari yanada taranglashgandek tuyul- di. — Nima deysan, Lizel?
Qiz muqarrar javobdan qoYqib, unga yaqinroq keldi.
— U tirikmi?
Sochi tugilgan ayol boshini irg‘ab qo‘ydi va shart o‘girilib, qat’iyat bilan qizga gapira ketdi:
— Ikkala qulog‘ingga ham quyib ol, Lizel. Men bu odamni o‘Iishini ko‘rish uchun uyimga olib kirmadim. Tushundingmi?
Lizel tasdiqlagach, “Endi ketaver” degan buyruqni oldi.
Yo‘lakka chiqqanida otasi uni bag‘riga bosdi. Lizel, chindan ham, kimningdir quchoqlashiga juda muhtoj edi.
Keyinchalik Lizel Hans va Roza orasida kechgan tungi suhbatini eshitib qoldi.
Roza uni kechasi o‘zlarining xonasida, karavotlari yonidagi polga yerto‘ladan olib kelingan to‘shakni to‘shab yotishga majbur qildi. (To4shakning yuqumíi bo‘lishi mumkinligi haqida ozgina shubhalanish- gach, oxir-oqibat ortiqcha xavotirga sabab yo‘q degan xulosaga kelishdi. Maks hech qanday yuqumli kasallik bilan aziyat chekmayotgan edi, shu- ning uchun to‘shakni olib kelib, yangi choyshab bilan ustini yopib qo‘yish- di).
Qiz allaqachon uxlab yotganiga ishongan Roza o‘z fikrlarini tashiga chiqara boshladi:
— Hammasi o‘sha jin urgur qorbobodan boshlandi, — pichirladi u. — Bunga shubham yo‘q. Shunday sovuq havoda qor va muz bilan o‘ynash g‘irt tentaklik-ku.
Hans falsafiyroq fikr bildirdi:
— Roza, bular hammasi Adolfdan boshlandi. Yigitning holidan xabar olib kelay-chi, — Hans o‘midan turib Lizelning xonasiga yo‘l oldi. Butun kecha davomida Maksning yoniga yetti marta borib kelishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |