TUNGI HAYOTDAN PARCHA
Koep o'tmay, o‘sha kunlarda men, haqiqatan ham, “Himmel” ko'chasidagi 33-uyda bo'lganimni angladim. O'shanda Lizel odatiga xilof ravishda uning yonida yo‘q edi, xonadafaqat bir odamning to'shakda yotganini ko'rdim. Uning oldiga borib tiz cho'kdim. Qo‘llarimni sekin-asta ko‘rpa ostiga tiqishga tayyorlayotganimda birdan unda harakat sezildi, qandaydir tushunarsiz kuch meni orqaga itarib yubordi. Men darhol orqaga chekindim, o‘zi shundoq ham bajarishim kerak bo^gan ishlar talaygina edi. Zim-ziyo va torgina xonada y oígan odamning menga bo‘sh kelmaganidan juda xursand bo'ldim. Hatto ketishimdan oldin ko‘zimni bir lahzaga yumib, xotirjamlik hissini tuyishga ham muvaffaq bo‘ldim.
Beshinchi kuni hammaning ko‘zlarida hayajon va quvonch barq urardi, chunki Maks bir necha soniya bo‘lsa ham ko‘zlarini ochgan edi. U ko‘zini ochib, og‘ziga qoshiqni to‘ldirib sho‘rva tutayotgan Rozadan boshqa odamni ko‘rmadi.
— O‘ylama, shunchaki yutib yubor, — Roza sho‘rvani ichirib, bo'shagan kosani Lizelga berganida, qiz Maksning yuzini yana bir bor ko'rishga urindi, ammo sho‘rva beruvchining gavdasi manzarani to‘sib qo‘ygandi.
— U hali ham uyg‘oqmi?
Roza o‘girilib unga qaraganida javob berishiga hojat ham qolmagan edi.
Gradan bir haftacha vaqt o‘tganidan so‘ng Maks yana bu safar Hans va Lizelning ko‘z oldida uyg‘ondi. Kuchsiz ingrash eshitilgan paytda ulaming ikkalasi ham to‘shakda yotgan yigitga tikilib o‘tirishgan edi. Hans Maksning ovozini eshitishi bilan stuldan yiqilib tushayozdi.
— Qaranglar! — Lizel sevinganidan qichqirib yubordi. — Ko‘zing- ni yumma, Maks, iltimos. Bizga qara.
Maks qizga bir lahzagina o‘z nigohini qaratdi, lekin uni tanimadi. Toliqqan ko‘zlar uni boshqotirma singari teran o‘rganib chiqdi, keyin yana qovoqlari ostiga g‘oyib bo‘ldi.
— Dada, unga nima bo‘ldi?
Hans o‘zini stulga tashladi. Keyinchalik u Lizelga Maks uchun kitob o‘qish berishini taklif qildi.
— Qani, Lizel, o‘zingga ishon. Hozir juda ko‘p kitob o‘qiydigan bo‘lib qolgansan-ku. O‘sha yangi kitobingning qayerdan paydo bo‘lib qol- ganini hanuzgacha hech kirn bilmaydi.
— Sizga necha martalab aytdim-ku, dada, maktabimizdagi bitta rohiba berdi deb.
Hans ayyorona norozilik bilan qo‘llarini yuqoriga ko‘tardi.
— Bilaman, bilaman, — xo‘rsindi u. — Faqat... — Hans so‘zlarini shoshilmay tanlayotgan edi. — Qo‘lga tushib qolma, — bu yahudiyni o‘g‘irlab uyiga yashirgan odamning gapi edi.
O‘sha kundan boshlab, Lizel o‘z to‘shagini egallab olgan Maksga “Xushtakboz”ni ovoz chiqarib o‘qib berishni boshladi. Lekin uni bir narsa xafa qilardi — ko‘plab sahifalar bir-biriga yopishib qolganligi sababli uning butun boshli boblami o‘qimasdan tashlab o‘tishiga to‘g‘ri kelar edi. Kitob yaxshi qurimagandi. Shunga qaramay Lizel g‘ayrat bilan o‘qishda davom etdi va kitobning deyarli to‘rtdan uch qismini tugatib qo‘ydi. “Hushtakboz” jami 396 sahifadan iborat edi.
Tashqi olamda esa Lizel har kuni Maksning sog‘ayib qolganini eshitish umidida maktabdan uyiga tomon yelib kelardi.
— Maks ko‘zlarini ochdimi? Ovqat yedimi?
— Ko‘chaga chiqib boshqalarga qo‘shilib yursang bo‘lmaydimi sen? — yalingudek bo‘lardi Roza. — Xudoning bergan kuni bitta narsani so‘rayverib rosa jonimga tegding. Bor, tashqariga chiqib fiitbol o‘ynab kel.
— Xo‘p bo‘ladi, oyijon, — Lizel itoatkorlik bilan eshik tutqichiga qo‘l uzatdi. — Mabodo Maks uyg‘onib qolsa, chiqib menga ham aytasiz-
a, to‘g‘rimi? Biron bahona o‘ylab toping. Masalan, men biron bir nojo‘ya ish qilib qochib ketgan bo‘laman, siz esa meni urishib qattiq baqirasiz, so‘ksangiz ham roziman. Bunga hamma ishonadi, xavotirlanmang.
Uning bolalarcha beg‘ubor gaplaridan hatto Rozaning ham yuziga tabassum yoyildi, qo‘llarini beliga qo‘yib, bunday gaplami aytganligi uchun kaltakdan qutulib qolmasligini yolg‘ondakam po‘pisa qildi.
— Gol urib kel! — Roza hazilomuz tahdid qildi. — Aks holda, uyga kiritmayman.
— Xo‘p bo‘ladi, oyijon.
— Ikkita gol ur, urg‘ochi cho‘chqa!
— Xo‘p bo‘ladi, oyijon.
— Gap qaytarishni bas qilasanmi yo yo‘qmi?!
Lizel bir soniya o‘ylanib qoldi va loyga botgan sirpanchiq yo‘lda Rudi bilan bellashish uchun ko‘chaga otildi.
— Ayni vaqtida kelding, ahmoqvoy! — Rudi koptok uchun kurash- ga tushishganlarida uni odatdagi so‘zlari bilan kutib oldi. — Qayerlarda yuribsan?
Yarim soatdan so‘ng koptok “Himmel” ko‘chasi uchun deyarli no- yob holat bo‘lgan mashina qatnovi paytida g‘ildiraklar ostida tekislangan kezda Lizel o‘zining Maks Vandenburg uchun atalgan birinchi sovg‘asini topdi. Koptok tamoman yaroqsiz holga kelganini aniqlashgach, bolalar norozi kayfiyatda birin-sirin uylariga tarqalishdi, koptok esa sovuqdan diydirab yo‘l chetida qoldi. Lizel va Rudi koptokning murdasi ustida turib qolishdi. Uning yon tomonida og‘izga o‘xshash teshik bor edi.
— Sen buni uyingga olib ketmoqchimisan? — so‘radi Lizel.
Rudi yelkasini qisdi.
— Menga iflos g‘ildirak ostida ezilgan koptokning nima kerak? Baribir, endi unga dam berib bo‘lmaydi, shunday emasmi?
— Olasanmi yoki yo‘qmi?
— Yo‘q, rahmat.
Rudi koptokni xuddi o‘lik hayvonni tepganday beparvolik bilan te- pib yubordi. Yoki u hali o‘lishga ulgurmagan hayvonmidi?
Rudi uyiga tomon keta boshlagach, Lizel koptokni oldi va darrov qo‘ltig‘ining ostiga yashirdi. Shu payt Rudining uni chaqirayotganini eshitdi: — Hoy, urg‘ochi cho‘chqa!
Lizel indamadi.
— Urg‘ochi cho‘chqa!
Lizel ortiq chiday olmadi.
— Nima deysan?
— Agar istasang, menda g‘ildiraksiz velosiped harn bor.
— Boshingda qolsin o‘sha velosipeding!
Ko‘chaning narigi yuzida turgan Lizelga “cho‘chqa” Rudi Shtayner- ning xoxolab kulgani eshitildi.
Lizel uyga kirib to‘ppa-to‘g‘ri o'zining xonasiga yo‘l oldi va koptokni Maksning karavoti etagiga qo‘ydi.
— Meni kechir, — dedi u. — Bu unchalik zo‘r sovg‘a emas, ammo ko‘zingni ochganingda men u bilan bog‘liq qiziq voqeani so‘zlab beraman, bugungi kun sen tasawur ham qila olmaydigan darajada kulrang bo‘lga- nini, chiroqlari o‘chirilgan mashina koptokni qanday bosib o‘tib ketganini aytib beraman. O‘sha mashinadan bir odam tushib, awal bizga baqirib, ke- yin esa yo‘l so‘raganini ham qoldirmayman. Uning qanday asabiy bo‘lga- nini ko‘rganingda edi...
Lizel: “Uyg‘onsang-chi!” — deb qichqirib yuborishdan yo bo‘lmasa kuchi boricha uni silkitishdan o‘zini arang tiyib turardi. Biroq hech narsa qilmadi, obdan ezg‘ilanib so‘ljayib qolgan koptokka tikilib o‘tirish bilan cheklandi. Bu sovg‘a hali birinchisi edi, u to Maks uyg‘onmaguncha yana va yana sovg‘a olib kelaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |