329.
— Yo Iso, Bibi Maryam va Yusuf! Senga shu kitobni, chindan ham, rohiba berdimi? — Hans o‘zini ortiq tutib tura olmay o‘midan turdi va Lizelning peshonasidan o‘pib xonadan chiqib ketdi. — Xayr, Lizel, meni Knoller kutmoqda.
— Xayr, dada.
— Lizel!
Qiz javob bermadi.
— Bu yoqqa kelib ovqatingni yeb ol!
Bu gapga esa javob qaytardi:
— Ketyapman, oyijon — aslida Lizel bu so‘zlami Maksga qarata, unga yaqinlashib hozirgina mutolaasi tugagan kitobni boshqa sovg‘alar- ning yoniga, stol ustiga qo‘ygan pallada aytgandi. Maksga tepadan qarar- kan, ichidan qaynab chiqqan nidoning tashqariga chiqishiga qarshilik ko‘r- sata olmadi.
— Iltimos, Maks, ko‘zingni och, — pichirladi u va orqadan eshitil- gan onasining qadam tovushlari ham uning jim turib yig‘lashiga va nam kipriklaridan bir parcha sho‘r suvni olib, Maks Vandenburgning yuziga surishiga to‘sqinlik qila olmadi.
Roza Lizelni quchoqladi, uning zabardast qoMlari Lizelni yutib yu- bordi.
— Sening ahvolingni tushunib turibman, — dedi Roza.
U Lizelni tushungandi.
XLIVBOB
TOZA HAVO, ESKI QO‘RQINCHLI TUSH YOXUD
YAHUDIYNING MURDASINI NIMA QILISH
KERAKLIGI XUSUSIDA
Ikkalasi birga Amper daryosi qirg‘og‘ida o‘tirganlarida Lizel Rudi- ga burgomistming uyidan yana bir kitob o‘g‘rilash haqida o‘ylayotganini aytdi. “Hushtakboz” tugagach, u Maksga “Tepadan qarovchi odam”ni bir necha bor o‘qib bergan, lekin u atigi bir necha daqiqa ichida nihoyalab qolaverar edi.
Lizei, shuningdek, “Yelka qisish” va hatto “Go‘rkovlar uchun qo‘llanma” kitoblarini ham o‘qib berdi, ammo vaqt o‘tishi bilan ular harn yetarli bo‘lmay qoldi. Shu bois Lizel yangi kitob topishni ma’qul topgan edi.
— Oxirgisini ham o‘qib tugatdingmi?
— Albatta, tugatdim-da.
Rudi daryoga bitta tosh otdi.
— Xo‘sh, qiziqarli ekanmi?
— Albatta, qiziqarli.
— “Albatta, tugatdim”, “Albatta, qiziq”, — masxaraomuz gap qotdi Rudi va yerdan yana bitta toshni tortib olmoqchi bo‘ldi, lekin bexosdan barmog‘ini kesib yubordi.
— Battar bo‘l!
— Urg‘ochi cho‘chqa.
Agar biror kishi suhbatni “cho‘chqa”, “urg‘ochi cho‘chqa” yoki “eshakmiya” so'zlari bilan tugatsa, bilingki, siz unga yaxshilab zarba bergansiz.
* * *
Mart oyining ilk kunlaridan birida o‘g‘rilik qilishga juda qulay sharoit tug‘ilgan edi: ob-havo o‘ta g‘amgin, etni junjiktiradigan darajada qahraton sovuq, harorat o‘n gradusdan pastroq edi. Ko‘chalarda deyarli hech kim ko‘rinmasdi. Yomg‘ir esa tarashlangan kulrang qalam qirindisini separdi.
— Xo‘sh, boradigan bo‘ldikmi?
— Faqat velosipedda, — dedi Rudi. — Uyimdagi velosipedlardan birini olib turamiz.
* * *
Bu safar Rudining o‘zi derazadan ko‘tarilishni istab oyoq tirab turib oldi.
— Bugun mening navbatim, — dedi u muzlagan barmoqlari bilan velosiped tutqichlaridan ushlab haydab ketishayotganda.
Lizel tez mushohada qilib oldi.
— Rudi, ehtimol, sening chiqmaganing yaxshiroqdir. U yerda hamma narsa ayqash-uyqash bo‘lib yotibdi. Ustiga-ustak qop-qorong‘i. Senga o‘xshagan tentaklar qoqilib yiqilib tushishi hech gap emas.
— Katta rahmat, — Rudini bunday kayfiyatda fikridan qaytarish juda qiyin edi.
— Derazadan sakrashing kerak bo‘ladi. U sen o‘ylagandan ham baland.
— Nima, meni bunga qodir emas deb o‘ylaganing uchun shunday deyapsanmi?
Lizel tepkini bosdi.
— Yo‘q, unaqa emas.
Ular ko‘prik ustidan o‘tib Grande ko‘chasiga olib boradigan tepalik- ni aylanib o‘tishdi. Hokimning uyidagi kutubxona derazasi ochiq edi.
So‘nggi marotaba kelganlarida qilganlaridek, oldin uyni obdan ku-
zatishdi. Birinchi qavatning oshxonaga o‘xshab ketadigan xonalaridan birida chiroq yonib turar, ular shu xona derazasidan qarab ichkariga mo‘ra- lashdi.
Bitta sharpa oldinga va orqaga harakatlandi.
— Kel, chiroq o‘chguncha uy atrofíni bir necha marta aylanib chiqaylik, dedi Rudi. — Velosipedda kelganimiz yaxshi bo‘libdi-a?
— Ishqilib, ulami uyingga qaytarib olib borishni unutib qo‘y- masang bo‘ldi.
— Voy, juda kulgili gap aytding-da, urg‘ochi cho‘chqa. Bular sening badbo‘y boshmoqlaringdan kattaroq.
Ular taxminan chorak soat davomida uy atrofída velosiped uchib kelib qarashsa hamki, hokimning rafiqasi hali ham birinchi qavatda, kutub- xonaga juda yaqin joyda kuymalanib yurar edi.
Bu ayol qanday qilib oshxonada shuncha payt yurishga jur’at etdi?
Rudining eng asosiy mo‘ljali, shakshubhasiz oshxona edi.
U asta sirg‘alib kiríb, awalo ko‘targanicha oziq-ovqat va yegu- liklami o‘marmoqchi, shundan keyingina, mabodo bir-ikki soniya vaqt ortsa, yo‘l-yo‘lakay birorta kitobni olib, shimining ichiga yashirib chiqqan bo‘lardi. Qo‘liga ilgan kitobni oladi, uning qanday ekanligi esa muhim emas.
Biroq Rudida sabrsizlik atalmish bir kamchilik bor edi.
— Kech bo‘lib ketyapti, — dedi u va ortiga qayta boshladi. — Uyga ketdik, yur.
Lizel ketmadi. Boshqa o‘ylanadigan hech narsa qolmagandi. U kitobsiz ketish uchun zanglagan velosipedda tog‘dan yuqoriga shuncha yo‘l bosib kelgani yo‘q. Lizel velosipedni sekin ariq ichiga ag‘anatib yubordi-da, qo‘ni-qo‘shnilar yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun atrofga ko‘z yugurtirib olib, deraza tomonga o‘tdi. Chaqqon, animo shoshmasdan harakat qilgancha poshnalarining bir uchini bosib etiklarini yechib tash- ladi.
Bannoqlari bilan deraza romini mahkam ushlab, lip etib ichkariga kiríb ketdi.
Bu safar Lizel negadir o‘zini xotirjamroq sezdi. Bir necha soniya ichida u xonani aylanib chiqib, yuragini jiz ettiradigan sarlavhali kitobni izladi.
Uch-to‘rt marta o‘ziga yoqinqiragan kitoblarga qo‘lini cho‘zib ko‘r- di, hatto bittadan ko‘proq kitobni olib ketish haqida ham o‘yladi-yu, baribir, an’anani buzmaslik uchun bu fikridan voz kechdi. Hozircha unga faqat bitta kitob kerak edi. Lizel javonlarga qarab, biroz kutib turdi.
Uning orqasidagi derazadan zulmatning yangi to‘lqini kirib keldi. Havoda esa chang va o‘g‘rilik hidi anqib yotardi.
• Va nihoyat Lizel o‘zi olmoqchi bo‘lgan kitobni ko‘rdi. Beliga qora harflar bilan “Tush tashuvchi” (“Der Traumträger”) so‘zlari yozilgan qizil kitobga ko‘zi tushishi bilan Lizel Maks Vandenburg va uning vijdon azobi, najot, qoldirib kelgan qarindoshlari va fyurer bilan qilgan janglari haqidagi tushlarini esladi.
O‘zining poyezdda vafot etgan ukasi, uning xuddi shu uyga kira- verishdagi zinapoyada paydo boTgani haqidagi tushlari ham bir-bir ko‘zining oldidan o‘tdi.
Kitob o‘g‘risi o‘shanda ukasini zinadan o‘z qoTi bilan itarib yubor- ganida uning tizzasi qonab ketganini ko‘rgan edi.
Lizel bir nafasda kitobni javondan sug‘urib olib, qo‘ltig‘iga tiqdi-da, deraza ustiga tirmashib, pastga sakrab tushdi. Rudi uning etiklarini ko‘tarib turar, velosipedlar ham uchishga tayyor holatda edi. Lizel etiklarini kiyishi bilan ular ortlariga yeldek uchib ketdilar.
— Yo Iso, Bibi Maryam va Yusuf, Meminger! — Rudi ilgari uni hech qachon familiyasi bilan chaqirmagan edi. — Sen haqiqiy tentaksan! Shuni o‘zing bilasanmi?
Lizel shiddat bilan tepkini bosib, uning gapiga qo‘shildi.
— Ha, bilaman.
Ko‘prikda Rudi o‘zining kechki sarguzashtlarini sarhisob qildi:
— Derazasini shunday izg‘irinda ham ochib qo‘yadigan bu odamlar yo aqldan ozganlar, — dedi u, — yoki bo‘Imasa shunchaki toza havoni yaxshi ko‘rishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |