Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet154/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

Bu qism quyidagilarni o‘z ichiga
oladi:

Shampan va akkordeonlar — trilogiya — bir nechta sirenalar — osmon o‘g‘risi — ish bo‘yicha taklif— Daxauga uzoq safar — xotirjamlik — uzun plashli ahmoq bir necha kishi.


XLIX BOB




SHAMPAN VA AKKORDEON
1942-yilning yoz faslida Molking shahri muqarrar hujumga tayyor- garlik ko‘rayotgan edi.
Vaholanki, Myunxenning chekkasidagi kichik bir shaharchaning ham bombardimonchi samolyotlar nishoniga aylanishi mumkinligiga hanuz ishonmayotganlar ham bor edi, ammo Molking aholining aksariyati hozirda behuda savollar bilan boshlarini qotirmasdan, ehtiyot choralarini ko‘rish zaruriyatini juda yaxshi tushunar edilar.
Kech tushishi bilan derazalarga pardalar tortilib, qorong‘i holga kiritilar, boshpanalar allaqachon ko‘zga tashlanadigan qilib aniq belgilab chiqilgan, aholi o‘zlariga eng yaqin yerto‘la yoki hujra qayerda joylash- ganligini yaxshi bilar edi.
Shoshilinch amalga oshirilgan xavotirli o‘zgarishlar Hans Huber- manga ijobiy taraflama ta’sir qildi. Ishsizlikdan nima qilarini bilmay o‘tir- ganida uning bo‘yoqchilik faoliyatiga kutilmaganda ornad kirib keldi.
Uylariga jalyuzi tutganlar Hansning xizmatidan foydalanishni ma’qul ko‘rishdi.
U bu ishda dastlab duch kelgan qiyinchilik shundan iborat ediki, qora bo‘yoq odatda faqatgina boshqa bo‘yoqlami qoraytirish uchun qo‘- shimcha sifatida ishlatilar, shuning uchun ham tezda tugab qolardi, bunday rangdagi bo‘yoqni topish esa oson emas edi. Ammo Hans Huberman o‘z ishining ustasi edi, o‘z ishining ustalari esa hiyla-nayrang bobida tengsiz- dirlar.
U bo‘yoqqa ko‘mir changini aralashtirdi, bundan tashqari, xizmat haqini ham odatdagidan oshirmadi. Molkingning turli joylaridagi ko‘plab uylaming derazalari Hansning sharofati bilan dushman nazarida to‘sildi.
Ba’zan u Lizelni o‘zi bilan birga ish joyiga olib ketardi.







Ular Hansning bo‘yoq idishlari ortilgan g‘ildirakli aravada shahar bo‘ylab aylanib, ba’zi bir ko‘chalardan o‘tayotganlarida ochlik va qash- shoqlik hidini tuyishar, boshqa birlariga kelganda esa odamlaming boy yashayotganligini ko‘rib boshlarini chayqatishardi.
Ko‘pincha ishlarini tugatib, uylariga ketishayotganlarida bolalari va qashshoqligidan boshqa hech vaqosi yo‘q juldur kiyimli ayollar oldilaridan to‘sib chiqishar va Hansdan derazalarini bo‘yab berishni o‘tinib so‘rab yalinishardi.
Hans esa: “Meni ma’zur tuting, Frau Halla, qora bo‘yoq tugab qoldi”, — deb javob berar, lekin biroz yo‘l yurishgach, baribir, taslim bo‘lardi.
Bo‘yiga monand uzun ko‘chadan ketayotgan Hans: “Ertaga birinchi bo‘lib shu ayolning iltimosini bajaraman”, — deb o‘ziga va’da berar, tong g‘ira-shira yorishgan chog‘da allaqachon o‘sha uy derazalarini tekinga yoki pishiriq va bir piyola iliq choy evaziga bo‘yayotgan bo‘lardi. Undan bir necha soat oldin, oqshomda esa ko‘k, yashil yoki och jigarrang bo‘yoqlami qora rangga aylantirishning yangi usulini ixtiro qilib chiqqan bo‘lardi.
Hans hech qa-chon xonadon egalariga derazalami keraksiz ko‘rpa va choyshablar bilan to‘sib qo‘yishni maslahat bermasdi, chunki qahraton qish paytida ularga ehtiyoj sezishlarini yaxshi bilardi.
Hans hatto yarimta sigareta evaziga ham odamlaming iltimoslarini bajarar va ishni bitirgach, bo‘sag‘ada uy egasi bilan birga o‘sha “ish haqi”ni baham ko‘rardi. Ulaming samimiy suhbatlaridan tutun va kulgi osmonga o‘rlar, so‘ngra Hans o‘midan turib navbatdagi mijozining uyi tomon yo‘l olardi.
O‘sha yoz mavsumidagi voqealami qalamga olish vaqti kelganida Lizel Memingeming bu haqdagi fikrini yaxshi eslayman. O‘tgan o‘n yillar davomida ko‘plab so‘zlar o‘chib ketdi.
Bir parcha qog‘oz cho‘ntagimda buklanib yotaverib ancha titilib ketgan bo‘lsa ham unda yozilgan ko‘plab iboralami yoddan chiqarishning hech ham iloji bo‘lgani yo‘q.







Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish