1942-YIL UCHUN QISQACHA HISOBOT
Bechora yahudiylar! Ulami qa.yg‘u tutuni burqsiyotgan mo'rilar yonida, tomda ulaming ruhlarini tizzamga o‘tkazib o‘tirdim.
Rus askarlari! Ular qolganlarini halok bo'lgan o'rtoqlaridan olishga umid qilishib, o'zlari bilan juda kam o‘q- dorilami olishgandi.
Fransiya qirg‘og‘idagi suvga bo'kkan jasadlar! Ular tosh va qum ustida qoldirib ketilgan.
—U1?,.
* * *
Yana davom etishim mumkin edi, animo hozircha shu uchta misol yetarli deb o‘ylayman. Mana shu uchtasining o‘zi ham og‘zingizda o‘sha yillarda mening mavjud bo'lganligimni isbotlovchi kul ta’mini paydo qiladi.
Juda ko‘p odamlar nobud bo‘ldi, juda ko‘p ranglar erib yo‘qoldi. Ular hanuzgacha mening ichimda buloqdek qaynab, xotiralarimni zahar- laydi. Ular bir-birining ustiga ustma-ust taxlanib baland tog‘ni hosil qil- ganini ko‘raman. U yerdagi havodan yelim hidi keladi, ufqi esa yelimning ayni o‘zi. Ilma-teshik osmonlarini ham o‘zlari yasab olishgan, jilo berish- gan va u yerda ko‘mirdek qop-qora ko‘ngillarga mos yumshoq bulutlari suzib yuradi.
U yerda O‘lim ham yashirincha kezib yuradi. Tashqaridan qara- ganda u sokin va bardam tuyuladi, ichkaridan qaraganda esa tushkunlikka tushgan, gangib qolgan va o‘lgan.
To‘g‘risini aytsam (ishimdan noliyverib haddimdan oshib ketayot- ganimni bilib turibman), Rossiyada Stalin1 boshlagan “Ikkinchi inqilob” deb nomlangan o‘z xalqini yoppasiga qirish hodisasining oqibatlarini hali tugatmasimdan burun maydonga Gitler kelib qoldi.
Urush o‘lim bilan ajralmas do‘st deyishadi, lekin bu borada o‘z nuqtayi nazarimizni ham bayon etishni vazifam deb bilaman. Men uchun urush — bu ilojsiz ishni ham do‘ndirishni talab qiladigan yangi xo‘jayin kabidir. U ustingda turib olib faqat bitta gapni (Qil! Bajar!) takrorlay- vergani uchun ham sen joningni jabborga berib o‘sha ishni bajarasan. Holbuki xo‘jayining buning uchun senga ralimat aytmaydi, aksincha, hundan ham ortig‘ini qilishingni istab erishish yanada qiyinroq bo‘lgan marra- ni belgilab boraveradi.
Men goh-gohida o‘sha paytlarda o‘zim uchratgan tilka-pora bo‘lgan go‘zallikni eslashga harakat qilaman. Hozir ham turli-tuman hayot hikoya-
1 Stalin (Jugashvili) Iosif Vissarionovich (1878-1953) — SSSRning mustabid hukmdori. 1922- 1953-yillar Kompartiya Markaziy Komitetining bosh kotibi.
lari bilan to‘lib-toshgan kutubxonamni kavlab bittasini topdim. O‘ylay- manki, siz allaqachon ushbu hikoyaning qoq yarmi bilan tanishsiz, agar men bilan birga yursangiz, qolganini ham, albatta, o‘qiysiz. Men sizga kitob o‘g‘risining ikkinchi yarmini ko‘rsataman.
U ayni damda o‘zi bilmagan holda men bir daqiqa oldin aytib o‘tgan ulkan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda, lekin bilib qo‘ying: u sizni ham kutmoqda.
U qo‘llarida bir hovuch qor ko‘tarib yerto‘laga tushib ketyapti.
Hovuch-hovuch muzlagan suv bilan istagan odamingizning yuziga tabassum ulashishingiz mumkin, biroq bu ulaming tashvishlami unutishiga yordam bermaydi.
Mana, Lizel ham keldi.
XLIIBOB
QORBOBO
Lizel Meminger uchun 1942-yil boshi qanday kechganini quyidagi qisqagina ta’rifdan bilib olsa bo‘ladi: u o‘n uch yoshga kirdi, lekin hali balog‘atga yetmagan, ko‘kraklari bo‘rtib chiqmagan edi. Yerto‘ladan chiq- qan yigit hozir uning karavotida yotardi.
Si
■4 SAVOL VA JAVOB
Do'stlaringiz bilan baham: |