J. S. Salimov, N. B. Pirmatov



Download 3,86 Mb.
bet19/172
Sana26.02.2022
Hajmi3,86 Mb.
#471207
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   172
Bog'liq
ELEKTR3

/,//2*U2/U,, (4.8)
demak, transformatorda toklar uning kuchlanishiga teskari mutanosiblikda bo‘lar ekan.

    1. Transformatorning ikkilamchi chulg‘am kattaliklarini birlamchi chulg‘amga keltirish va vektor diagrammalari

Umumiy holda transformatoming birlamchi va ikkilamchi chulg‘am toklari, kuchlanishlari, EYK va qarshiliklari bir-biridan miqdor jihatdan ancha farq qiladi. Bu holda transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘am elektr kattaliklarini vektor diagrammada bir xil masshtabda tasvirlashning imkoniyati bo‘lmaydi.
Bu o‘ng‘aysizliklarni bartaraf etish maqsadida o‘ziga xos hisobiy usuldan foydalaniladi, ya’ni birlamchi va ikkilamchi chulg‘am o‘ramlari soni har xil (w^w2) bo'lgan real transformator, ikkilamchi chulg‘am o‘ramlari soni birlamchi chulg‘am o‘ramlari soniga teng (w'2= w,) boTgan ekvivalent transformator bilan almashtiriladi. Bunday transformatorni keltirilgan transformator deyiladi. 4.2-rasmda bunday transformatorning ekvivalent («a») va almashtirish («b») sxemalari ko‘rsatilgan.
Keltirilgan elektr kattalikiaridan foydalanish transformatordagi elektromagnit jarayonlarni tahlil qilishni soddalashtiradi, vektor diagrammalar qurishni osonlashtiradi, chulg'amlar orasidagi magnit bog‘lanish o‘rniga elektr boglanish ishlatiladigan almashtirish sxemasini qurishga imkon yaratadi.
Keltirilgan transformatordagi barcha elektromagnit jarayonlar real transformatorniki bilan bir xil bo‘lishini, ya’ni MYK, magnit oqim hamda transformatsiyalash koeffitsienti «k» ga bog‘liq bo'lmagan aktiv va reaktiv quwatlarning o‘zgarmas bo‘lishini ta’minlash zarur bo‘ladi. Bundan, keltirilgan kuchlanish va toklaming faza siljishi o‘zgarmas bo‘lishi talab qilinadi. Shu maqsadda «keltirilgan» ikkilamchi chulg'am elektr parametrlarini aniqlash tartibi quyida ko‘rsatilgan.

  1. Magnit oqimi O ni o'zgarmas qilish uchun ikkilamchi chulg‘am (uch fazali transformator uchun fazaviy chulg‘am) MYK w'2= w, bo‘lgan transformatorda quyidagicha muvozanatda bo‘lishi kerak:

I'2W'2 = I2w2 . (4.9)
Mazkur shart (ya’ni muvozanat) bajarilishi uchun keltirilgan va real chulg‘amlarning shakli, demak, bo‘ylama kesimi ham bir xil bo‘lishi kerak. Bu esa keltirilgan chulg‘amdagi har bitta o‘ram kesimining « k « marta o‘zgarishiga olib keladi.
(4.9) dan «keltirilgan» chulg‘amning toki I'2 ni topamiz:
I'2 = I2 (w2 / w'2 ) = I2 / k , (4.10)
bunda k = w, / w2 — transformatsiyalash koeffitsienti; w'2 = w, .

  1. Magnit oqimi o‘zgarmas bo‘lganda chulg‘amdagi EYK chulg‘amning o‘ramlari soniga to‘g‘ri mutanosibda bo‘ladi va keltirilgan ikkilamchi chulg‘amda EYK E'2 ning qiymati «k» marta oshadi. Uning qiymati keltirilgan va real chulg‘amlar elektromagnit quwatlarini o‘zaro tenglab (E'2I'2 = E2I2) aniqlanadi:

E' =E2(I2/I' )=kE2. (4.11)

  1. Keltirilgan va real chulg‘amlarning to‘la quwatlarini taxminan o‘zaro tenglab (U'2I'2« U2I2), undan «keltirilgan» chulg‘am kuchlanishi U'2 topiladi:

U'2 = U2 (I2 / 1'2 ) = k u2. , (4.12)

  1. Keltirilgan chulg‘am o'ramlari soni va o‘ram kesimi «k» marta o‘zgarganligi sababli uning aktiv qarshiligi «k» marta katta bo‘ladi. Mazkur aktiv qarshilik (r'2)ni aniqlashda keltirilgan va real chulg‘amlardagi isroflar tengligi [(I'2)2r'2 = I22 r2 ] dan foydalaniladi [bunda (4.10)ga ko‘ra 1'2= I2 /k]\

r'2 = (I2 / I'2 )2 r2 = k2 r2 , (4.13)

  1. Keltirilgan chulg‘amning geometrik o‘lchamlari real chulg‘amniki bilan bir xil bo‘lganda keltirilgan chulg‘amning x'2 induktiv qarshiligi o‘ramlar soni kvadrati (w')2ga bog‘liq bo‘ladi. Uning qiymati keltirilgan va real chulg‘amlar reaktiv quvvatlari tengligi [(I'2)2x2=I22x2]dan foydalaniladi:

X'2 = (I2 / I'2 )2 x2 = k2 x2 . (4.14)

  1. Transformator ikkilamchi chulg‘amining keltirilgan to‘la qarshiligi quyidagicha aniqlanadi:

Z'2 = r'2 + x'2 = k2 (r2 + jx2) = k2 Z2 . (4.15)

  1. Ikkilamchi chulg‘am chiqish uchlariga ulangan yuklamaning keltirilgan to‘la qarshiligi ham (4.15) ga o‘xshash holda topiladi:

Z' =k2 Z . (4.16)
— yu —yu v 7
Keltirilgan transformator uchun kuchlanishlar va toklar tenglamalari kompleks (ya’ni vektor kattalik) ko‘rinishida quyidagicha yoziladi:



Download 3,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish