Buning uchun, dastawal, soatni tasvirlovchi doira chizilib, uning raqarnlari aylanaga teng taqsimlab belgilanadi. Uch fazali transformatorning ulanish guruhi YK va PK chulg'amlarning liniyaviy EYK vektorlari orqali aniqlanganligidan doiraga YK chulg‘am uchun EYK lar vektor diagrammasi chiziladi.
Buni quyidagi sxemalar uchun ko‘rib chiqamiz:
Transformatorning chulg‘amlari Y/Y sxemaga ulanganda YK chulg‘am fazaviy EYK larining vektor diagrammasi bir-biridan faza jihatdan 120° siljigan uchta bir xil vektordan iborat bo‘lib, ulaming uchlari o‘zaro to‘g‘ri chiziqlar bilan ulanganda tomonlari liniyaviy (fazalararo) kuchlanishni beradigan teng tomonli uchburchak hosil bo‘ladi.
Uchburchakning bitta (masalan, AB) tomoni YK chulg‘amning liniyaviy EYK vektoriga modul jihatdan teng (AB= EAB) va soatning “12” raqamiga doimiy ravishda yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Shu sababli YK chulg‘amining vektor diagrammasiga oid uchburchakni doiraning markazidan “12” raqamga yo‘naltirilgan AB radiusni chizishdan boshlanadi (6.2,a-rasm). Shu uchburchakka oid boshqa ikki tomonining holatini aniqlash uchun uzunligi AB radiusga teng bo‘lgan BC vatami B nuqtadan o'tkazamiz. A, B va C nuqtalarni o‘zaro to‘g‘ri chiziqlar bilan birlashtirib, teng tomonli uchburchak hosil qilinadi. Bu uchburchak medianalarining kesishgan nuqtasidan uning uchlarigacha bo‘lgan oraliq (chizmada vektor) YK chulg‘am fazaviy EYK lami beradi.
YK chulg'am uchun aniqlangan fazaviy EYK vektorlari transformatorning PK chulg‘ami uchun vektor diagrammani qurishda zarur bo'ladi. Bunda YK va PK chulg‘amlaming o‘ralish yo'nalishi hamda fazaviy chulg‘amlarning boshi va oxirlarining belgilanishi bir xil bo‘lganida bir o‘zakka joylashtirilgan chulg‘amlami bitta faza magnit oqimining kuch chiziqlari kesib o'tganligi tufayli chulg‘amlarning EYK lari fazaviy chulg‘amlarining oxiridan boshiga bir xil (musbat) yo'nalgan holati tekshiriladi.
Ikkilamchi chulg‘am liniyaviy EYK vektori Eab (bir fazali transformatorda fazaviy EYK vektori Exa) YK chulg‘amning liniyaviy EYK vektori E^, ga (bir fazali uchun fazaviy EYK vektori E^ ga) nisbatan 0 dan 360° oralig‘ida burchaklarga siljigani uchun 360° ni 12 ga bo‘lgandan chiqqan natija (30°) ulanish guruhining birligi qilib qabul qilinadi. “Yulduz” sxemasiga ulangan PK chulg‘am EYK lari vektor diagrammasini qurish uchun YK chulg‘amning A fazaviy chulg‘am EYK vektori EXA bilan mos tushadigan yo‘nalishda yordamchi MN punktir chiziq chiziladi (6.2-rasm) va uning doiradan yuqori qismida birorta nuqtani belgilab, shu nuqtadan PK chulg‘amning fazaviy EYK vektorlari (Em va Eub) ni YK chulg‘am “A” va “B” fazalarining tegishli EYK vektorlari (E^ va Eyis) ga mos ravishda yo‘naltiriladi. Ulaming uchlarini birlashtirib, liniyaviy EYK vektori Eab hosil qilinadi. Guruhni aniqlash uchun shu vektorning yo‘nalishini aniqlash kifoya bo'ladi.
PK chulg'am liniyaviy EYK vektori Eab ning YK chulg‘am liniyaviy EYK vektori E^ ga nisbatan siljishini aniqlash maqsadida PK chulg‘am uchun qurilgan vektor diagrammaning Eab vektorini o'ziga parallel ravishda doiraning ichidagi YK chulg‘am vektor diagrammasi tomon siljitishda uning “a”nuqtasi EA1S vektoming “A” nuqtasi ustiga tushishi zarur.
pacM. «Yulduz-yulduz» (b, d) va «yulduz-uchburchak» (f, g) sxemalar uchun uch fazali transformator chulg‘amlarining ulanish guruhini aniqlashga oid chizmalar (a, e).
Exa va Exa fazaviy EYK vektorlar MN chizig'i ustida yotganligidan “a” nuqtani “A” nuqta tomon surishda juda ham qulaylik yaratadi.
Chulg‘amlar Y/Y ulangan hol uchun qurilgan vektor diagrammalar shu tartibda birlashtirilganda PK chulg‘amning liniyaviy EYK vektori Eab YK chulg'amning liniyaviy EYK vektori EAB bilan ustma-ust tushadi. Ulaming orasidagi siljish burchagi 0 boigani uchun chulg‘amlarning ulanish gumhi 0 (0 : 30°= 0) boiadi (mazkur usuldagi sanoq sistemasi 0 dan boshlanishi uchun “12” ni “0” bilan almashtirish tavsiya qilinadi). Uch fazaii transformatoming ulanish guruhini soat yordamida aniqlash usulida PK chulg‘am liniyaviy EYK vektori (Eaft) soatning kichik mili bilan belgilanadi va chulg'amning ulanish gumhlariga qarab, soatning bu mili 12 (0) dan 11 gacha bo‘lgan turli butun sonlarni ko‘rsatishi mumkin (6.2-rasm).