Bu ifodani transformatorning MYK lari muvozanat tenglamasi
deyiladi. Bunda: IjW,— yuklama ulangan transformatorning birlamchi chulg‘amida vujudga keladigan MYK; f2w2 — ikkilamchi chulg‘amda hosil bo‘ladigan MYK; I0w( — salt ishlayotgan transformator birlamchi chulg‘amining MYK.
tenglamaning ikkala tomonini ga bo‘lamiz va I2(w2/w,) = I'2 belgilashdan keyin hosil bo‘lgan tenglamani quyidagicha yozamiz:
i,-i0 + (-r2)- - (4.2)
Bu ifoda transformatorning toklar muvozanat tenglamasidir.
dan quyidagi xulosa kelib chiqadi: transformator birlamchi chulg‘amining toki I, 2 ta tokning geometrik yig‘indisidan iborat ekan:
I0 — birlamchi chulg‘amda MYK I0Wj ni hosil qilib magnit o‘tkazgichda asosiy magnit oqimni vujudga keltiradi;
(—1'2) — yuklama tokining ta’siri tufayli birlamchi chulg‘amdagi tok shu kattalikka oshadi va uning birlamchi chulg‘amda hosil qilgan (—r2Wj) MYK, Lens qoidasiga binoan ikkilamchi chulg‘am MYK I2w2 ning ta’sirini kompensatsiya qiladi.
Natijaviy (asosiy) magnit oqimning maksimal qiymati Omajc ni aniqlashda magnit zanjirlari uchun Om qonunidan foydalanamiz:
^max^ 4i ( IlWl+ W / rm • (4-3)
Magnit oqimning bu qiymatini (3.3) formuladan ham aniqlash mumkin.
Bu holda (3.8) dagi Uj * E, ni hisobga olib quyidagiga ega bo‘lamiz:
°max * U1 / (4>44 f Wj). (4.4)
Demak, birlamchi chulg‘amga berilgan kuchlanish U} va uning chastotasi f=const bo ‘Iganda transformator magnit o ‘tkazgichidagi asosiy oqim F ikkilamchi chulg‘amga ulangan yuklamaning qiymatiga bog'liq emas ekanligi transformatorning muhim xossalaridan biridir.
Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar elektr zanjirlari uchun EYK va kuchlanishlar muvozanat tenglamalari tegishlicha ulaming ta’sir etuvchi qiymatlari orqali quyidagicha ifodalanadi:
(4.5)
u, = -E, + jilXl + I^, h U2 = -E2 + jl2x2 + I2r2. J
Kuch transformatorlarida yuklama tokining nominal va unga yaqin qiymatlarida birlamchi chulg‘amdagi kuchlanish tushishi (AU, = Ij^+IjXj) nominal kuchlanish U1N ning taxminan 2^-5 foizidan
oshmaydi. Shu sababli transformatorga yuklama ulangan rejimda ham fizik jarayonni oydinlashtirish maqsadida AUjSsO deyilganda, (3.8) dagi singari | |»| E,! ga ega bo'lamiz.
Transformatoming salt ishlashdagi MYK I0Wj uning normal yuklama bilan ishlagandagi MYK I^w, ning taxminan 0,5+3,0 (ya’ni juda kam) foizini tashkil etganligidan (4.1) tenglikdagi I0w,» 0 deb qabul qilinsa, jarayonning fizik ma’nosini oydinlashtirishga imkon yaratiladi. Bunday cheklanmada chulg‘amlardagi toklar, ular vujudga keltirgan MYK lar o‘zaro muvozanatlashadigan ravishda yo‘nalgan bo'ladi, ya'ni
I2 = -Ij (Wj/ W2),
bundan quyidagi nisbatni yozish mumkin:
|
(4.6)
|
I, / I2 * w2 / Wj .
|
(4.7)
|
dan, YKva PKchulg‘amlardagi toklar nisbati ularning o ‘ramlari soni nisbatiga teskari mutanosibda bo ‘lar ekan, degan xulosa kelib chiqadi.
Zamonaviy kuch transformatorlarining FIK katta (ri = 0,97+0,99) bo‘lganligidan, yuklama ulangan hol uchun fizik jarayonning mohiyatini ochish maqsadida birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlardagi elektr quwatlami bir-biriga tenglaganda (I^U,~ I2U2) quyidagi nisbatlar tengligi kelib chiqadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |