Atrof tabiiy muhit jinoyathuquqiy muhofaza ob’ekti sifatidaham alohida, ham butunligicha ekotizimni tashkil etuYChI biologik (o’simlik va hayvonot olami) va nobiologik (er, er osti, suv va atmosfera) elementlarga avaylab, oqilona munosabatda bo’lish va ularning saqlab qolinishini ta’minlash yuzasidan va shunga bog’liq ijtimoiy munosabatlar guruxidan iboratdir.Shuningdek, Jinoyat kodeksi tomonidan muhofaza qiliiadigan ob’ektlar sirasiga insoniyat tinchligi va xavfsizligi ham kiradi, bu esa O’zbekistonning BMT Nizomi1, Fuqaroviy va siyosiy hukuqlar to’g’risidagi xalqaro pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to’g’risidagi xalqaro pakt va boshqa hujjatlarda aks etgan xalqaro xuquqning umume’tirof etilgan me’yorlar garafdori ekanligi bilan bog’liq.
Tinchlik va insoniyat xavfsizligi — davlatlar, millatlar va xalqlarning birgalikda tinchtotuv hayot kechirishi, xalqaro kelishmovchiliklarning oldini olish, nizoli vaziyatlarni bartaraf etishning yagona mavjud usuli sifatida bahslarni tinchlik yo’li bilan hal qmlish, bashariyatning barqaror va progressiv rivojlanishini ta’minlash va jami er yuzi aholisining manfaatlarini himoyalashga qaratilgan ijtimoiy munosabatlardir.JKning tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari uning Maxsus qismidagi mustaqil bobda jamlangan.
Jinoyatlarning oldini olish, ya’ni alohida me’yor sifatida xuquqiy xulqatvorni belgilovchi huquqiy ong darajasini shakllantirish orqali ijtimoiy xavfli harakatlar sodir etilmasligini ta’minlash JKning muhim vazifasidir. Jinoyatlarning oldini olish umumiy va maxsus preventsiya yo’li bilan amalga oshiriladi.
Umumiy preventsiya — umuman aholi tomonidan jinoyat sodir etilishining oldini olish, bu esa, u yoki bu xattiharakatning sodir etilishiga huquqiy taqiqni belgilash bilan ham, jinoyat sodir etgan shaxslarni jazolash bilan ham ta’minlanadi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, keyingi holatda umumiy preventsiya, jinoiy jazolanadigan xattiharakatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishning muqarrarligini namoyish etish orqali aholiga ta’sir etadi.
Umumiy preventsiyadan farqli ravishda maxsus preventsiya faqat aybdor shaxsga taalluqli bo’lishi bilan birgalikda, mazkur shaxsning jinoiy javobgarlikka tortilishi umumogohlantirish ahamiyatiga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |