1-Ma’ruza: Tiristorlar Reja: Umumiy ma’lumotlar Tiristor tuzilishi va ishlash prinsipi Umumiy ma’lumotlar



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
Sana09.06.2022
Hajmi0,53 Mb.
#646576
Bog'liq
1 Ma'ruza



1-Ma’ruza: Tiristorlar 
Reja: 
1. Umumiy ma’lumotlar 
2. Tiristor tuzilishi va ishlash prinsipi 
Umumiy ma’lumotlar 
VAXida manfiy differensial qarshilik mavjud bo’lgan, uch va undan ortiq 
p-
n
o’tishlarga ega ko’p qatlamli yarimo’tkazgich asbob 
tiristor 
deb ataladi. 
Tiristorning VAXida tok ortishi bilan kuchlanish kamayadigan AB soha 
mavjud (1.1-rasm). 
1.1-rasm. Tiristorning S - simon VAXi. 
Tiristor ishlaganda ikkita muvozanat holatda bolishi mumkin. Berk holatda 
tiristor katta qarshilikka ega va undan kichik tok oqadi. Ochiq holatda tiristor 
qarshiligi kichik va undan katta tok oqadi. Shundnn yarimo’tkazgich asbobning 
nomi (tira — eshik) qo’yilgan. Tiristorlar radiolokatsiyada, radioaloqa 
qurilmalarida, avtomatikada manfiy o’tkazuvchanlikka ega yarimo’tkazgich asbob 
sifatida hamda tok boshqaruvchi kalitlar, energiya o’zgartgichlarning bo’sag’aviy 
elementlari sifatida yoki boshlang’ich holatda energiya iste’mol qilmaydigan asbob 
- triggerlar sifatida keng ishlatiladi. 
Tiristorlar chiqishlari soniga qarab diodli (
dinistor
), triodli (
trinistor) 
va 
tetrodli tiristorlarga
bo’linadi va to’rt qatlamli 
p-n-p-n
tuzilmadan mos ravishda 
chiqarilgan ikki, uch va to’rt chiqishga ega bo’ladi. Tuzilma chekkasidagi 
p
qatlam 
anod
(A), 
n
qatlam esa 
katod
(K) deb nomlanadi. Anod va katod orasidagi 
n-
va p-


sohalar 
baza
deb ataladi, ularga o’rnatilgan elektrodlar esa 
boshqaruvchi 
elektrodlar
deb ataladi 
Diodli va triodli tiristorlar tokni faqat bir tomonlama o’tkazadi. Bu o’z 
navbatida, tiristorlarning o’zgaruvchan tokni boshqarish imkoniyatini cheklaydi. 
0’zgaruvchan tok zanjirlarida ikki tomonlama kalit sifatida 
simistor
(simmetrik 
tiristor) ishlatiladi. Simistor 
triak 
deb ham ataladi. Simistor 
p-n-p-n-p
tuzilmaga va 
bir yoki ikki boshqaruvchi elektrodga ega. 
Tiristor tuzilishi va ishlash prinsipi 
Tiristor dinistorga o’xshash tuzilmaga ega bo’lib, baza sohalaridan biri 
boshqaruvchi bo’ladi. Agar bazalardan biriga boshqaruvchi tok berilsa, mos 
tranzistoming uzatish koeffitsienti ortadi va tiristor ulanadi. 
Boshqaruvchi elektrod (BE) joylashgan sohasiga mos ravishda tiristorlar 
katod bilan va anod bilan boshqaruvchilaiga ajratiladi. BE laming joylashishi va 
tiristorlarning shartli belgilanishi 1.2-rasmda keltirilgan. 
1.2-rasm. Katod (a) va anod (b) orqali boshqariluvchi tiristor 
tuzilmasi va shartli belgilanishi. 
BE ga signal berilganda yopiluvchi tiristorlar ham mavjud. Bunday 
tiristorlarning BE toki tiristor uzilayotganda asosiy kommutatsiyalanayotgan tokka 
qiymat jihatdan yaqinlashgani uchun chegaralangan hollarda qo’llaniladi. 


Tiristorning ulanish sxemasi va VAXsi 1.3-rasmda keltirilgan. Tiristorning 
dinistordan farqi shunda-ki, ulanish kuchlanishi BE zanjiridagi tokni o’zgartirib 
rostlanadi. Shunday qilib, tiristor ulanish kuchlanishi boshqariladigan dinistorga 
ekvivalent 
1.3-rasm. Tiristorning ulanish sxemasi (a) va VAXi (b). 
Tiristor ulangandan so’ng BE boshqarish xususiyatini yo’qotadi, natijada u 
yordamida tiristorni o’chirib boMmaydi. Tiristorning o’chirish sxemalari 
dinistornikidek. 
Dinistor va tiristorlarning asosiy statik parametrlari quyidagilardan iborat: 
-ruxsat etilgan teskari kuchlanish 
U
TES
,
-berilgan to’g’ri tokda ochiq holatdagi asbobdagi kuchlanish pasayishi 
U
TO’G’
;
-ruxsat etilgan to’g’ri tok 
I
YUK
Dinistor va tiristorlar asosan o’zgarmas va o’zgaruvchan toklarni qayta 
ulovchi sxemalarda elektron kalit sifatida qo’llaniladi. 
Nazorat uchun savollar 
1.
Tiristorlarning vazifalari nimadan iborat? 
2.
Tiristorning tuzilishi va ishlash asosini tushuntiring. 
3.
Tiristorning volt - amper xarakteristikasi kanday qismlardan iborat? 
4.
Tiristorning ish rejimlarini grafik usulda qanday aniqlanadi ? 
5.
Teshilish kuchlanishi nima? 


6.
O‘tish kuchlanishi nima? 
7.
Ikki yarim davrli boshqariladigan to‘g‘rilagich ishlashi qanday? 
8.
Boshqarish burchagi nima? 
9.
Aktiv iste’molchi ulangan to‘g‘rilagich chiqishidagi tok va kuchlanish 
o‘rtacha qiymatlari qanday? 
10.
Ventildagi to‘g‘ri kuchlanishning boshqarish burchagiga bog‘liqligi 
qanday? 
11.
Aktiv – induktiv xarakterli iste’molchi ulangan to‘g‘rilagich chiqishidagi 
kuchlanish qanday aniqlanadi? 
12.
Ko‘prik sxemali boshqariladigan to‘g‘rilagichning ish asosi qanday? 
13.
Uning chiqishidagi kuchlanish qanday aniqlanadi? 
14.
Boshqarish sistemasi nima? 
15.
Boshqarish sistemasining vazifalari nimalardan iborat? 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish