Jinoyat belgilari -
Ijtimoiy xavfliligi-
Jinoyatning ob’ektiv xususiyatini belgilaydi. U jinoyat-huquqiy muhofaza ob’ektlarga zarar keltiruvchi yoki haqiqiy zarar etkazish xavfini tug’diruvchi qilmishlarnigina jinoyatlar toifasiga kiritishni ifodalaydi
Huquqqa xilofligi -
Jinoyat qonunida ijtimoiy xavflilikning yuridik ifodasi bo’lib, u Jinoyat kodeksi da taqiqlangan muayyan ijtimoiy qilmishnigina jinoyat deb tan olinishini bildiradi
Aybning mavjudligi-
Shaxsning sodir etgan jinoyatiga qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidagi sub’ektiv munosabati tushuniladi
Jazoga sazovorligi-
Jinoyat qonuni u yoki bu qilmishni jinoyat deb tan olar ekan, uni sodir etganlik uchun tegishli jazo chorasini o’rnatadi
Shaxs erkinligi — bu insonning Konstitutsiyada yoki boshqa qonun xujjatlarida (qonunlar va qonunosti hujjatlari) aks ettirilgan muayyan xulqatvori imkoniyati.
Shaxsning har qanday shaxsiy erkipliklari, upimg tansifi dan qati nazar, JKning muxrfaza ob’ekti xisoblanadi. Jumla dan, so’z erkinligi, vijdon erkinligi, ilmiy va texiik ijodist erkinligi va boshqalar.
Jamiyat deganda, o’zining ma’lum bir umumiy manfaatlari, o’zaro munosabat va madaniyati bilan o’zgalardan farqlanuvchi kishilar guruhi tushuniladi.
JKning 2moddasi mazmuniga ko’ra, jamiyat deganda, biron davlatning fuqaroligiga mansubligi yoki boshqa shartlar bilan (jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy ahvoli va boshq.) bog’liqligidan qat’i nazar, respublikaning butun aholisi tushuniladi.
Jamiyat manfaatlari sifatida axloq, ma’naviyat, iqtisodiyijtimoiy asoslar, jamiyatda xulqatvor qoidalari va boshqalar qaralishi mumkin.
Davlat manfaatlari butun jamiyatning emas, balki uning ma’lum tarzda siyosiy uyushgan qismini ifodalovchi manfaachdir.
Davlat — butun jamiyatga tatbiq etiladigan, uning rasmiy vakili sifatida chiqadigan va majbur qilish vositalari va tadbirlariga tayanadigan ommaviy hokimiyat tashkiloti.
JKning 2moddasi mazmuniga muvofiq, davlat deganda, uni tashkil etuvchi organlarini emas, balki O’zbekiston Respublikasini yaxlit tushunish kerak.
Davlat manfaatlari deganda, unga jamiyat tomonidan yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni ijro etish uchun mavjud bo’lishi zarur hayotiy faoliyatning o’ta muhim elementlari, jumladan, huquqtartibot, boshqaruv tartibi, siyosiy barqarorlik, hokimiyat organlarining faoliyat yuritishi, suverenitet va boshqalar tan olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |