Alternativ (muqobil) sanktsiyada ikki yoki undan ortiq jazo turlari nazarda tutilib, sudga qilmish va uni sodir etgan shaxsping xususiyatlarini inobatga olgan xrlda jazoni individuallashtirish imkonini beradi. Masalan, Jinoyat kodeksi 110moddasi 1qismida (Qiynash) uch turdagi jazodan birini qo’llash mumkinligi nazarda tutilgan: axloqtuzatish ishlari, qamoqyoxud ozodlikdan mahrum qilish jazo turlari belgilangan. Alternativ sanktsiyaning belgilanishi sudyalarga shaxsning ijtimoiy xavfliligiga, qilmishning xususiyatiga qarab jazolardan birini tayinlash imkonini beradi.
Zaruriy mudofaa — bu ijtimoiy xavfli bo’lgan tajovuzdan qonuniy himoya qilish bo’lib, tajovuzchiga noilojlikdan zarar etkazish orqali amalga oshiriladi hamda tajovuzning xarakteriga va ijtimoiy xavfliligi darajasiga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |