Rezistentlik ( o’simlikda ) – O’simlikning chidamliligi – o’simlikning patogen omil, biron-bir qo’zg’atuvchi ta’siriga qarshilik ko’rsatish xususiyati.
Rivojlanish davri – rivojlanayotgan organizmning biron-bir sifatiy o’zgarishini ifodalovchi davr. Masalan, g’o’zaning beshta rivojlanish davri mavjud; unib chiqish, haqiqiy burglar hosil bo’lishi, shonlash, gullash, pishib yetilish yoki ko’saklar ochilishi.
Saprofag – Chirindixo’rlar – organik modda ( o’limtik, chirindi, go’ng kabilar ) qoldiqlari bilan oziqlanadigan organizmlar.
Saprofitlar – tayyor organic moddalar ( hayvon yoki o’simlik qoldiqlari, chirindilar ) bilan oziqlanadigan organizmlar. Bularga ko’pchilik zamburug’lar, bakteriyalar va ayrim o’simliklar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |