Sekretor hujayralar, ajratuvchi hujayralar - har xil suyuqlik va efir moddalar ishlab chiqaruvchi bezlarning hujayralari.
Sangvinik – serharakat, tez ta’sirlanuvchan, biror faoliyatiga g’ayrat bilan kirishib, tez sovub ketadigan xarakter egasi.
Sezgirlik – narsa va hodisalarning o’zaro munosabatlarini tez faxmlab, payqab olishdan iborat aqliy sifat.
Seleksiya – odam uchun foydali belgilari bo’lgan o’simliklarning yangi navlari va duragaylarini, hayvonlarning yangi zotlarini va mikroorganizmlarning yangi shtammlarini yetishtirish, yaratish usullari ( geterozis, poliploidiya, mutagenez ) haqidagi fan. Seleksiyaning nazariy asosi genetikadir.
Senogenez – organizm embrional rivojlanish yoki qurt davridagi o’ziga xos sharoitlarga moslashishi. Bu xususiyat katta yoshdagi individlarda saqlanmaydi. Atamani fanga L.N.Seversov kiritgan ( 1912 ).
Do'stlaringiz bilan baham: |