Qontomir tizimi – qon yoki gemolimfa harakatlanadigan tomirlar va bo’shliqlar tizimi. Ikki xil qon – tomir tizimi aniqlangan: ochiq yoki lakunar va yopiq tizim. Yopiq qon – tomir tizimi asosan umurtqali hayvonlar va odamga xos.
Qovoqcha – oshqovoqlarning mevasi, yosh tuguncha holida ovqatga ishlatiladigan bir turi.
Qubba – ignabargli o’simliklarning jinsiy ko’payish a’zosi; unda megastrobilalar to’plangan.
Qurg’oqchilik – havo haroratining yuqori bo’lishi, yog’ingarchilikning esa juda kam bo’lishi yoki umuman bo’lmasligi natijasida tuproq namligini keskin kamaytirib yuboruvchi uzoq davom etadigan quruq ob-havo sharoiti.
Qushlar bozori – qushlarning ommaviy uyalash joylari. Bunday hodisani ko’pincha dengiz bo’yi qoyalarida ( ayniqsa shimoliy rayonlarda ) kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |