Taksonomik birlik – sistematikada organizmlarni o’rganish qulay bo’lishi uchun ularni ma’lum bir tartibda birlashtirish. Masalan, tur, turkum ( urug’ ), oila, qabila, sinf, tip va boshqalar.
Tanlash – evolutsion jarayonga xos uchta asosiy omillardan biri. Organizmlarning yashash uchun kurashda faqat chiniqqanlarining tanlanishi.
Telom nazariyasi – yuksak o’simliklar, jumladan, urug’li o’simliklar barcha a’zolarining mustaqil ravishda telomdan rivojlanishini va ularning kelib chiqishi umumiyligini tushuntiruvchi nazariya.
Temir daraxt – yog’ochi juda qattiq va vazni og’ir daraxt. Tropik o’rmonlarda o’sadi.
Teriologiya, mammaliologiya – zoologiyaning sutemizuvchi hayvonlarni o’rganadigan bo’limi.
Do'stlaringiz bilan baham: |