Yosh fiziologiyasi - ontogenetik rivojlanish jarayonida inson hamda hayvon organizmi, alohida tana qismlari rivojlanish qonunyatlarini o’rganishga qaratilgan fiziologiya fanining alohida tarmog’i
Yura davri – mezozoyning ikkinchi davri. Bu davrda ayniqsa ignabargli daraxtlar ( sagovniklar ) keng tarqalgan. Hayvonot olami esa chig’anoqliklar, dumsiz amfibiyalarning ko’pligi bilan xarakterlangan. Dinozavrlar, keyinchalik esa dastlabki qushsimonlar, hashorotxo’r sut emizuvchilar paydo bo’lgan.
Yo’naltiruvchi savollar – o’quvchilar izoxlashga qiynalgan narsa yoki hodisani to’liq va to’g’ri yoritishga yo’llovchi savollar.
Zardob – odam yoki hayvon qonining shaklli elementlardan tozalangan suyuq qismi bo’lib, diagnostic yoki davolash ishlarida qo’llaniladi.
Zaruriy (almashmaydigan) aminokislotalar – inson va hayvon organizmida sintez qilinmaydigan yoki juda kamdan-kam sintez qilinadigan aminokislotalar; ular organizmga asosan oziq-ovqat bilan kiradi. 10 ga yaqin xili bo’lib, ulardan eng muhimlari: lizin, metionin, treonindir.
Zigota – onalik va otalik jinsiy hujayralari – gametalarning qo’shilishidan hosil bo’lgan hujayra.
Do'stlaringiz bilan baham: |