Yashirin kurtak – tinimdagi, uyqudagi kurtak; o’zidan yuqoridagi kurtaklar shikastlanganda yoki nobud bo’lganda uyg’onib, ko’karadi.
Yog’ to’qimasi – biriktiruvchi to’qima turi; hujayralari yog’ tomchilari bilan to’la. Asosiy energiya manbai.
Yosh davri – shaxs va organizm shakllanishiga xos maxsus qonuniyatlar yig’indisi bilan izohlanuvchi inson rivojlanishining muayyan bosqichi.
Yosh psixologiyasi – turli yoshdagi odamlar xususyatlarini, bir yosh davridan boshqa yosh davriga o’tishda ularning psixik rivojlanishini o’rganuvchi psixologiya fani sohasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |