Ziravor o’simliklar – tarkibida xushbo’y, ziravor moddalari bor o’simliklar. Masalan, zira, murch, rayhon.
Zoo… - hayvonot olamiga taaluqlikni bildiruvchi murakkab so’zlar qo’shimchasi.
Zoologiya (zoo – hayvon va logiya - fan)- hayfonlar to’g’risidagi fan, biologiyaning bir qismi
Zoologiya o’quv predmeti – hayvonot olamining xilma-xilligi va tarixiy taraqqiyotini, hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, rivojlanishi, shuningdek ularning yashash muhiti bilan munosabatlarni o’rgatadigan o’quv predmeti.
Zoofag – Go’shtxo’r – hayvonlar bilan oziqlanuvchi organizmlar.
Zoofiliya – o’simliklarning hayvonlar yordamida changlanish jarayoni.
Zootsenozlar – ma’lum sharoitlarda birgalikda yashayotgan hayvonlar majmui. Biotsenozning tarkibiy qismi.
Zooxoriya – o’simlik mevalari va urug’larining hayvonlar yordamida changlanishi.
O’q ildiz, bosh ildiz – o’simlikning asosiy ildizi.
Do'stlaringiz bilan baham: |